1-mavzu: O’zbekiston tarixi fanining predmeti, uni o’rganishning nazariy-metodologik asoslari


Download 4.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet84/163
Sana20.11.2023
Hajmi4.8 Kb.
#1789355
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   163
Bog'liq
7vwar-04dm8

1916 yildagi qo’zg’olonning eng kuchli nuqtasi Jizzax qo’zg’oloni bo’ldi.
Jizzax shahri aholisi 13 iyul kuni safarbarlikka chaqirilgan ro’yxatni talab qilib
oqsoqol va mingboshi mahkamasiga to’plandilar. Oqsoqolni o’ldirib, mingboshi
mahkamasini vayron qildilar, ro’yxatni topib olib yondirib tashladilar. Qo’zg’olonni
bostirishga yetib kelgan jazo otryadi katta zarbaga uchradi. Qo’zg’olonchilar safi
kengayib bordi. 18 iyul kuni Nazirxo’ja Eshon boshchiligida yangi shaharga tomon
yurdilar. Jazo otryadi bilan qo’zg’olonchilar o’rtasida bo’lgan to’qnashuvda ikkala
tomondan ham qurbonlar bo’ldi. 
1916 yilgi Qo’zg’olon butun Turkistonga yoyildi, dehqonlar va kambag’allar
qo’zg’olonni harakatga keltiruvchi asosiy kuch bo’ldi Qo’zg’olon bostirilgan
bo’lsada, mustamlakachilar ham anchagina kuchlaridan ajraldilar. Shuning uchun
ham, 1916 yil 13 dekabrda IV Davlat Dumasida so’zga chiqqan noib A.F.Kerenskiy
“Urush frontlariga yangi bir front - Turkiston fronti qo’shildi”, - deb vaziyatga jiddiy
va xolis baho bergan edi. 
-IV-
1) Turkistonda jadidlar harakatining vujudga kelishi. XIX asr oxiri-XX
asrning boshlarida siyosiy, madaniy, iqtisodiy jihatdan inqiroz holatiga tushib
qolgan mustamlaka tufayli rivojlanish past darajada bo’lgan o’lkada Turkiston
ziyolilari chor Rossiyasining mustamlakachilik zulmidan qutulish, o’z milliy
davlatchiligini tuzish, iqtisodiy va madaniy taraqqiyotga yo’l ochish, xalqqa ziyo
tarqatish choralarini ko’rdi. Bu borada jadidchilik harakati katta rol o’ynadi.
Jadidchilik rus mustamlakachiligiga qarshi milliy demokratik harakat bo’lib, u
o’sha davr Turkistondagi qoloq iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy sharoitda yashayotgan
xalqlarni ma’rifatlashtirish, jamiyat hayotida ijtimoiy va madaniy islohotlar o’tkazish,
pirovardida milliy mustaqillik g’oyalarini hayotga tadbiq etish maqsadini o’z oldiga
qo’ygan edi.
Turkistonda jadidchilik g’oyalari XIX asrning 90-yillaridan yoyila boshladi.
Bu harakat XX asrning 30-yillari oxirlarigacha o’lka ijtimoiy-siyosiy hayotida


muhim rol o’ynadi. Jadidchilik harakatini quyidagi uchta bosqichga bo’lish mumkin:
1) XIX asr oxirlaridan 1915 yilgacha - ma’rifatchilik; 2) 1915 yildan - 1918 yil
fevraligacha - muxtoriyatchilik; 3) 1918 yil fevralidan - 20-yillar oxirlarigacha

Download 4.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling