1-mavzu: O’zbekiston tarixi fanining predmeti, uni o’rganishning nazariy-metodologik asoslari


Download 4.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet81/163
Sana20.11.2023
Hajmi4.8 Kb.
#1789355
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   163
Bog'liq
7vwar-04dm8

yildan 1910 yilgacha) 440 mingdan 613 ming kishiga ko’paydi. 
Aholining ko’payib borishi ayniqsa, Farg’ona vodiysida yaqqol sezila boshladi.
Yersiz qolgan dehqonlar mardikorlikka yollandi. Mardikorlar 7–8 oylab uylaridan ish
izlab chiqib ketishar, 10–12 soatlab qilgan mehnatlariga har kuni o’rtacha 70 tiyindan
haq olishgan. Agar o’sha vaqtda bitta qo’y 2 so’m, 1 kg un – 4, guruch – 5 tiyin
turganini hisobga olsak, mardikorlik ish kuni ancha barakali bo’lgan. 
Agrar munosabatlarinin kesiknlashuvi qishloq aholisini tobora ikki tabaqa:
boylar va kambag’allarga ajrata boshladi. 
Kambag’al dehqonlar ahvoli juda og’ir bo’lib, ularning ish hayvonlari yo’q,
barcha ishlar ketmon bilan bajarilgan. Mehnat nihoyatda og’ir bo’lsada, ish haqi past
edi. birinchi jahon urushidan Farg’ona vodiysi dehqonlarning 50% i qarzga botgan
edi. 500 ga yaqin dehqon bo’z yerlarini tekinga sotishga majbur bo’lgan. 
Paxta rus kapitalini O’rta Osiyoga ko’plab jalb qildi. 1913 yili “Besh-Bosh”
savdo–ishlab chiqarish tashkiloti tuzilib, u 30 foiz paxtani sotib ola boshladi. Uning
ixtiyorida 29 ta paxta tozalash zavodi bor edi. savdogar Vad’yayevlar ixtiyorida esa
30 ta zavod bo’lgan. Rossiyaning yirik banklari: rus Osiyobanki, Moskva savdogarlik
banki va davlat banki asosiy sudxo’rlarga aylandi. 
Turkistonning paxtasi, pillasi, qorako’l terisi, g’allasi gaz va nefti Rossiya
sanoatini boyitishi, Turkiston rus sanoati uchun xom ashyo bazasi bo’lishi kerak edi.
O’lkani bosib olishdan maqsad ham shu edi. 
Sanoat korxonalarini qurish rejasi bir tomondan o’lkada paxta yakka
hokimligini kuchaytirsa, ikkinchi tomondan, yersizlar kuchidan ununmli foydalanish
mumkin bo’lardi, chunki aholiga yer yetishmasdi. Masalan, birgina 1890 yilning
o’zidagina Marg’ilon uyezdida hammasi bo’lib 13 ming 963 xo’jalik yersiz edi. 
Shunday qilib, o’lkada korxonalar qurish keng yo’lga qo’yildi. 1914 yilning 1
yanvarigacha olingan ma’lumotlarning guvohlik berishicha, o’lkada 706 ta korxona
bo’lgan va ularda 20 ming 925 kishi mehnat qilgan. Bu korxonalarda asosaan xom
ashyo tayyorlanar va to’g’ri Rossiyaga tashib ketilar edi. O’sha paytda asosiy
korxonalarni sanaydigan bo’lsak, bular 46 ta sovun zavodi, 40 ta mineral suv


tayyorlaydigan korxonalar, 20 ta g’isht zavodi, 197 ta paxta tozalash zavodi va
hokazolar edi. Ana shu zavod va fabrikalardagi qora ishchilarning 13,2 foizi ruslar,
86,8 foizi esa mahalliy aholi edi. 
Rus hukumati Turkistonning tub aholisi vakillarini oliy va o’rta boshqaruv
idoralariga yaqinlashtirmasdan, faqat quyi mansablargagina tayinlar edi. O’zbeklar
siyosiy huquqlaridan mahrum etilib, xokimiyat butunlay rus amaldorlari qo’lida edi.
Turkiston general gubernatori juda katta huquq va imtiyozlarga ega bo’lib, uni hatto
yarim podsho deb atardilar. Rus istibdodi barcha xalqlarni zulm iskanjasida ushlab
turardi. Ayniqsa O’rta Osiyo xalqlari hayoti g’oyat mushkul edi. Natijada o’lka
xalqlari o’rtasida norozilik kuchaya boshladi, sinfiy ziddiyatlar vujudga keldi.
Turkiston xalqlari endi nafaqat bosqinchilarga qarshi, balki mahalliy hukmdorlarga
ham qarshi chiqa boshladilar.

Download 4.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling