General-gubernator katta huquqlarga ega bo’lib,
xorijiy mamlakatlar bilan
diplomatik aloqalar olib borishi, soliq siyosatini belgilashi, rus fuqaroligi huquqini
berishi, mahalliy aholi ustidan chiqarilgan turli hukmlarni ijro etishga ruxsat berishi
mumkin edi. Bu «Vaqtli Nizom» qonuni chor ma’muriyatining
mustamlakachilik
siyosati manfaatlariga mos
kelmasligi sezila boshlangach,
Kaufman Rossiya
imperatoriga
1873 yilda Turkiston o’lkasini boshqarishning yangi nizom loyihasini
taqdim etdi. Nizom
1886 yilda podsho Aleksandr II tomonidan tasdiqlandi.
Nizomning asosiy g’oyasiga ko’ra, o’lkada
Rossiya hukmronligi yanada
mustahkamlanishi, o’lka yerlari avvalgidek harbiy vazirga bo’ysundirilishi nazarda
tutilgan. Markaziy o’lka boshqaruvi general-gubernator hamda uning Kengashi va
mahkamasidan iborat edi.
XIX asrning 90-yillariga kelib, Turkiston general-gubernatorligi beshta —
Sirdaryo, Farg’ona, Samarqand, Yettisuv, Kaspiyorti viloyatlariga, viloyatlar uyezdlarga,
uyezdlar bo’lislarga, bo’lislar uchastkalarga bo’linib boshqariladigan bo’ldi.
Turkistonning barcha viloyatlarida harbiy gubernatorlik boshqarmalari ta’sis
etildi. Harbiy gubernatorlar bevosita podsho tomonidan tayinlanadigan bo’ldi. Viloyat
boshliqlari esa doimo harbiy gubernatorlarning nazorati ostida bo’ldi.
O’lkada mustamlakachilik tartiblari o’rnatilishiga
qadar hakamlik vazifasini
bajarib kelgan qozilar mahalliy aholi o’rtasidagi huquqiy muammolarni shariat va
odat normalariga tayanib hal qiluvchi organ sifatida saqlanib qolindi. Bu, albatta,
mahalliy xalq ommasining noroziligini kuchaytirmaslik maqsadida ko’rilgan tadbirlar
edi. Ular general-gubernator tomonidan tasdiqlanib, uyezd boshliqlari nazorati ostida
ish olib bordi.
Turkiston general-gubernatorligining markazi — Toshkentni boshqaruvi
1870
Do'stlaringiz bilan baham: