1-mavzu: O’zbekiston tarixi fanining predmeti, uni o’rganishning nazariy-metodologik asoslari


-MAVZU: O’ZBEK XONLIKLARINING ROSSIYA IMPERIYASI


Download 4.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet76/163
Sana20.11.2023
Hajmi4.8 Kb.
#1789355
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   163
Bog'liq
7vwar-04dm8

10-MAVZU: O’ZBEK XONLIKLARINING ROSSIYA IMPERIYASI
TOMONIDAN BOSIB OLINISHI. MUSTAMLAKACHILIK ZULMIGA
QARSHI MILLIY OZODLIK HARAKATI. JADIDCHILIK
Reja:
1.
Rossiya imperiyasining Turkistonni bosib olishi.
2.
Turkistonni boshqarishning mustamlaka tizimi.
3.
Imperiya istibdodiga qarshi Turkiston xalqlarining milliy-ozodlik
kurashi.
4.
Turkistonda jadidchilik harakatining vujudga kelishi va jadidlarning
faoliyati.
Tayanch so’z va iboralar: Rossiya harbiy ekspedisiyalari. Angliya-Rossiya
raqobati. Harbiy istehkomlar. Oqmasjid qal’asi. Toshkentga hujum. Mulla Alimqul.
Turkiston general-gubernatorligi. Fon Kaufman. Zirabuloq jangi. Samarqand
qo’zg’oloni. Vassal. Xivaga yurish. Gandimiyon shartnomasi. Qo’qon xonligining
tugatilishi. Po’latxon qo’zg’oloni. Mustamlaka boshqaruv tizimi. Toshkent qo’zg’oloni.
Dukchi eshon. 1916-yilgi qo’zg’olon. Jadidchilik harakati. Yangi usul maktablari.
Jadidchilik harakatining yetuk siymolari.
-I- 
1) Rossiya imperiyasining Turkistonni bosib olishi sabablari. Rossiya
podsholari Turkiston yerlarini bosib olish borasidagi maqsadlarini hali o’lkada
shayboniylar hukmronlik qilgan davrlardan boshlagan. Xususan, Kavkaz, Volgabo’yi,
Sibir va O’rta Osiyo ustidan hukmronlik qilish rus podsholarining azaliy va asriy orzusi
bo’lgan. Bu orzuni amalga oshirishni “Grozniy” (“Dahshatli”) laqabi bilan atalgan Ivan
IV (1530-1584)ning o’zi boshlab beradi. Biroq Turkistonni Rossiyaga qaram qilish
uchun to’g’ridan to’g’ri amaliy ochiq harakat Pyotr I (1672-1725) davridan boshlanadi.
O’rta Osiyoni bosib olishda Rossiya uchun Qozog’iston hududlarini egallash va
unda harbiy qal’alar va istehkomlar qurish muhim strategik ahamiyatga ega edi. Bu ishlar


Pyotr I davridan boshlangan edi. Faqat XVIII asrning o’zida hozirgi Qozog’iston
hududlarida o’zbek xonliklariga bostirib borishda foydalanish uchun 46 ta katta va 96 ta
kichikroq harbiy qal’a va istehkomlar qurdiradi, ularga qo’shinlarini joylashtiradi. Bu esa
podsho Rossiyasi ma’murlarining Turkiston yerlarini egallash borasidagi bosqinchilik
harakatlariga qulay shart-sharoitlar yaratadi.
Rossiya imperiyasi hukumati XIX asrning o’rtalaridan boshlab o’zbek
xonliklarining yerlarini bosib olishga astoydil kirishadi. Buning sabablari:
Birinchidan, o’zbek xonliklari o’zaro mol-dunyo, davlat va yer talashib bir-
birlarining tinka-madorlarini shu darajada quritgan edilarki, ular tashqi dushmanga qarshi
birlashib kurashish u yoqda tursin, hatto o’zlarini biror bir darajada himoya qilishga ham
qodir emas edilar. Bu hol Rossiya imperiyasi ma’murlariga juda qo’l kelar edi.
Ikkinchidan, Rossiya imperiyasining harbiy-siyosiy va iqtisodiy ahvoli shuni
talab qilar ediki, rivojlanayotgan rus kapitalistlari uchun yangi-yangi bozorlar, foyda
manbalari kerak edi. Ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotish uchun O’rta Osiyo
bozorlarini egallash zarur edi. Shuningdek, Rossiya sanoat korxonalariga (ayniqsa uning
yengil sanoati uchun) O`rta Osiyoning tabiiy yerosti boyliklari, xomashyo bazalari,
paxta, ipak, qorako’l teri va boshqalar zarur edi.

Download 4.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling