1-mavzu: O’zbekiston tarixi fanining predmeti, uni o’rganishning nazariy-metodologik asoslari


Download 4.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet77/163
Sana20.11.2023
Hajmi4.8 Kb.
#1789355
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   163
Bog'liq
7vwar-04dm8

Uchinchidan, Rossiyada o’tkazilgan yer islohotlari tufayli qashshoq qolgan
aholini ko’chirib keltirish va ularni yer bilan ta’minlash.
To’rtinchidan,
 Qrim urushi
(1853-1856) 
natijasida Qora dengiz
bandargohlarining qo’ldan ketishi va uning o’rnini O’rta Osiyoni egallash orqali
to’ldirish. Shu orqali janubdagi muzlamaydigan dengizlarga chiqish, O’rta Osiyo orqali
Eron, Afg’oniston, Xitoy, Hindiston kabi davlatlarda Angliyaning ta’sirini yo’qotib, bu
davlatlar bilan savdo va diplomatik aloqalar o’rnatish. Turkiston bu bosqinchilik
yurishlarida plasdarm vazifasini o’tashi.
Beshinchidan, O’rta Osiyo masalasida ingliz-rus munosabatlarining keskinlashib
borishi Rossiya bosqinining tezlashishiga sabab bo’ldi.
2) Rossiya imperiyasining Turkiston yerlarini bosib olishi bosqichlari. Rossiya
imperiyasi qo’shinlari XIX asrning 40-yillari oxiridan boshlab aniq reja asosida shiddat
bilan Turkiston yerlariga bostirib kela boshladi.
Turkistonni bosib olish podsho Aleksandr II (1818-1881) hukmronligi davrida
nihoyatda tezlashdi. Rossiya imperiyasining Turkistonni bosib olishi to’rt bosqichga
bo’linadi. Birinchi bosqich – 1847 yildan boshlanib 1863 yilga qadar davom etadi. Bu
bosqichda Qo’qon xonligiga qarashli hududlar bosib olinadi. Ikkinchi bosqich 1865
yildan boshlanib 1868 yilga qadar davom etadi. Bu davrda Toshkent va Buxoro amirligi
hududlari bosib olinadi. Uchinchi bosqich 1873-1879 yillarni o’z ichiga olib, bu


davrda Xiva va Qo’qon xonligi hududlari Rossiya qo’shinlari tomonidan zabt etiladi.
To’rtinchi bosqich 1880-1885 yillar bu davrda hozirgi Turkmaniston yerlari bosib
olinadi.
Rossiya imperiyasi Turkistonga yurishini dastlab 1853 y. general Perovskiy 2500
kishilik qo’shin va 17 ta to’p bilan Oqmachit qal’asiga hujum qilishdan boshladi.
Qal’ani 400 ga yaqin kishi qariyb bir oy himoyadan keyin, mag’lubiyatga uchrab,
qal’ani ruslarga topshirishdi. Qo’qon xonligining Yoqubbek boshchiligidagi 13000
kishilik qo’shinlari ham ruslar bilan to’qnashib, mag’lubiyatga uchradi. 
Rossiya qo’shinlari 10 yildan ortiq vaqt mobaynida Qo’qon xonligiga qarashli
Avliyoota, To’qmoq, Pishkek, Turkiston, Chimkent va b. bir qator shaharlarni egallab,

Download 4.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling