1-mavzu: O’zbekiston tarixi fanining predmeti, uni o’rganishning nazariy-metodologik asoslari


yilgi shahar boshqaruvi qoidasiga ko’ra to’lig’i bilan podsho ma’muriyati qo’liga o’tdi. 1877 yilgacha


Download 4.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet80/163
Sana20.11.2023
Hajmi4.8 Kb.
#1789355
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   163
Bog'liq
7vwar-04dm8

yilgi shahar boshqaruvi qoidasiga ko’ra to’lig’i bilan podsho ma’muriyati qo’liga
o’tdi. 1877 yilgacha eski shahar va yangi shahar alohida boshqarilsa-da, lekin eski
shaharda hokimiyat general Geyns qo’lida edi. O’sha yili shahar Davlat dumasiga
saylovlar bo’ldi. Saylangan 71 deputatning atigi 21 nafari mahalliy aholi vakillari edi.
Shunday qilib, XIX asrning oxirlarida O’rta Osiyoning katta qismi Turkiston
general-gubernatorligi nomi bilan Rossiya tasarrufiga o’tdi. Qo’qon xonligi tugatilib,
Xiva xonligi va Buxoro amirligi Rossiya imperiyasiga qarashli kichik, yarim
mustamlaka davlatga aylanib qoldilar. Xiva xonining Amudaryo bo’limi boshlig’i,
Buxoro amirining «Rus siyosiy agentligi» nazorati ostida ekanligi va uchastka
pristavlarigacha harbiylardan bo’lganligini inobatga olib, o’lkada to’la harbiy-
ma’muriy boshqaruvi, harbiy polisiya rejimi o’rnatilganligini yana bir bor qayd
qilamiz. Bunday boshqaruv tez vaqt ichida o’lkani ruslashtirish va iqtisodiy qaram


hududga aylantirish imkonini berdi. Rossiya imperiyasi Turkiston o’lkasini egallagan
kunlaridan boshlab o’zining iqtisodiy mustamlakachilik niyatlarini amalga oshirishga
kirishdi.
2) Rossiya imperiyasi davrida Turkiston iqtisodining mustamlakachilik
mohiyati. Rossiya O’rta Osiyoda mustamlakachilik siyosatini avj oldirish uchun
avvalo temir yo’l qurilishiga kirishildi. U Qizil–Arvot va Ashxobod orqali 1888 y. 15
mayda Samarqandga yetib keldi. 1889 y. Maridan Kushkagacha, 1899 yili Toshkent
va Andijongacha temir yo’l o’tdi. 1900–1905 yillarda Toshkent–Orenburg temir yo’li
qurildi. Natijada o’lkadan ko’plab xom–ashyo, tabiiy boyliklarni tashib ketish
imkoniyati kengaydi.
Masalan, Buxorodan chetga sotilgan paxta 1850–1860 yillarda qariyb 50000
pudni tashkil qilgan bo’lsa, 1915 yilga kelib 2 mln pudga, qora ko’l teri 30–40 ming
donadan, 1,5 mln donaga yetdi. 
Qishloq xo’jaligida ham katta o’zgarishlar yuz berdi. Sug’oriladigan maydonlar
kengaydi, qishloq xo’jalik mahsulotlari ko’paydi. Ayniqsa paxtachilikning
rivojlanishiga katta ahamiyat berildi. Amerikadan paxtaning yangi navlari keltirilib
katta maydonlarga ekila boshlandi va u boshqa qishloq xo’jalik ekinlarini tobora siqib
chiqara boshladi. Natijada Rossiya Turkistonda paxtachilikni rivojlanishi xisobiga
chet el paxtasiga to’layotgan bojidan qutildi. 1879–1898 yillarda 203 mln so’m
davlat xazinasida qoldi. Shu yillar Turkistondan Rossiyaga 26 mln pud tola olib
ketildi. Amerikadan keltirilayotgan paxtaga nisbatan Turkiston paxtasining 60 mln
so’m foyda olindi. Rossiyaga paxta tashib ketish 5 mln puddan 18 ming pudga yetdi.
Agar 1900 yilda Rossiyaning paxtaga bo’lgan ehtiyojining 32,6 foizi Turkiston
hisobiga qoplangan bo’lsa, 1918 yilda bu ko’rsatgich 55 foizni tashkil qildi. 
Turkiston xalqlari risqini ham enidan, ham bo’yidan qirqish rejasining yana bir
bosqichi ularga Rossiya aholisini ko’chirish orqali amalga oshirildi. 1910 y.
Turkistonda (Sirdaryo, Samarqand va Farg’ona viloyatlarida) dastlabki 124 ta rus
posyolkalari vujudga kelib, ularda 70 ming kishi yashagan (shaharlardagi ruslar bilan
200 ming kishi). 
Ko’chib kelganlarning 3667 foizi mol–mulksiz, 61 foizi esa mutlaqo pulsiz
bo’lib, mahalliy aholidan unumdor yerlarni tortib olib berilgach, asta–sekin boyib
ketishdi. Turkiston viloyatlarining taraqiyot darajasi o’sha vaqtda har xil edi.
Farg’ona sinfiy ziddiyatlarning keskinligi bilan ajralib turar edi. bu yerda dehqonlar
ko’proq tabaqalanib milliy burjuaziya shakllanayotgan edi. Farg’onada 16000
boyning 312000 desyatina, 233000 kambag’al dehqonning atigi 98000 desyatina yeri
bor edi. Bu yerda ekin maydonining yarmidan ko’piga paxta ekilar edi. 


Turkistonda paxta zavodlari bilan birga vino, pivo zavodlari, tamaki fabrikasi
paydo bo’ldi. 1908 yili o’lkada 234 paxta tozalash zavodi bo’lib, ularning ayrimlari
bug’ va kerosin bilan ishlagan, elektr nuri bilan yoritilgan. Ularda 7000 ishchi
ishlagan. Paxta zavodlaridan tashqari 20 ta yog’ zavodi, 9 ta vino zavodi, 9 ta un
zavodi, 7 tamaki fabrikasi va boshqalar bor edi. Shaharlarda sanoatning rivojlanishi
Turkiston xalqlarining ijtimoiy–iqtisodiy o’sishiga ta’sir ko’rsatdi. Yirik shaharlar
(Toshkent, Qo’qon, Andijon, Samarqand, Xo’jand, Verniy) aholisi 13 yil ichida (1897

Download 4.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling