1-mavzu: O’zbekiston tarixi fanining predmeti, uni o’rganishning nazariy-metodologik asoslari


Download 4.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet83/163
Sana20.11.2023
Hajmi4.8 Kb.
#1789355
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   163
Bog'liq
7vwar-04dm8

2) Andijon qo’zg’oloni. Turkistonda ko’tarilgan ozodlik harakatining eng
yirigi 1898 yilgi Andijon qo’zg’olonidir. Qo’zg’olonga Andijon yaqinidagi Mingtepa
qishlog’ida yashovchi Muhammad Ali Eshon boshchilik qildi. 1898 yil 17 may kuni
bir guruh kishilar Muhammad Ali Eshonni oq kigizga o’tqazib, xon deb ko’tardilar,
xaloyiqni qo’zg’olonga da’vat qildilar. Shu kuni xufton paytida har kim qo’liga
tushgan narsani olib Andijon shahriga jo’nadilar. 
Qo’zg’olonchilar Andijondagi mustamlakachilarning harbiy garnizoniga
bostirib kiradi va kazarmaning piramidalarida turgan 30 ga yaqin miltiqni o’lja qilib
olib, birinchi qatordagi soldatlar ustiga tashlanishadi. Ularga ichkaridagi soldatlar
qarshilik ko’rsatadilar. Chorak soat davom etgan otishmadan so’ng qo’zg’olonchilar
to’rt o’lgan sheriklarini tashlab chekinadilar. Harbiy garnizondagilardan 23 kishi
halok bo’ladi, 24 tasi yarador bo’ladi. 
Harbiy qo’shinlar shaharni o’rab olib, qo’zg’olonni harbiy kuch bilan
shafqatsizlarcha bostiradi. 
Mustamlakachilar Muhammad Ali Eshonni tutish uchun Mingtepaga yurdilar,
yo’lda duch kelgan kishini otib o’ldirib Mingtepaga bostirib kirdilar, uch soatcha
otishma va tintuv o’tkazdilar. Nihoyat, Eshon Arslonbob yaqinidagi Toshko’prikda
qo’lga tushirildi. Eshon va uning muridlari, tanish-bilishlari, maslakdoshlariga
nisbatan dahshatli qatag’on uyushtirildi. Dukchi Eshon osib o’ldirildi, uning 45 nafar
yordamchilari qatl etildi, 208 kishi Sibirga surgun qilindi. 


3) Jizzax qo’zg’oloni. Birinchi jahon urushi unda ishtirok etayotgan Rossiya
imperiyasini tobora holdan toydirmoqda edi. O’n minglab askarlari jangda qurbon
bo’ldilar. Talvasaga tushgan Rossiya Oliy Bosh qo’mondon shtabi harbiy vazirlikdan
“armiya ehtiyojlari uchun salmoqli miqdorda kuch ajratishni” zudlik bilan talab qildi.
Bu kuchni harbiy vazirlik mustamlakalardan to’plashga umid bog’ladi. Natijada,
Rossiya imperatori Nikolay II 1916 yil 25 iyunda Turkiston, Sibir va Kavkazdagi 19
yoshdan 43 yoshgacha bo’lgan erkaklarni front orqasidagi xizmatlar uchun safarbar
qilish to’g’risida farmon chiqardi. 

Download 4.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling