-I-
20-yillar tariximizga o’ta murakkab va ziddiyatli,
turli ijtimoiy guruh va
kuchlar siyosiy qarama-qarshiligi avj olgan, Turkistonda
Markazning imperiyacha
munosabatlar mustahkamlanayotgan, o’lkadagi ochlik, iqtisodiy tanglik, vayronaga
aylangan sanoat, transport, qishloq xo’jaligini tiklash, ya’ni sho’rolarning "tinch
sosialistik qurilish" yo’liga o’tish davri bo’lib kiradi. Ushbu davrdagi eng dolzarb
masalalardan biri bu - hokimiyat masalasi edi. Milliy muxolif kuchlar esa hokimiyat
masalasini birinchi navbatda xalqning o’z taqdirini o’zi belgilashda ko’rishar edi.
Kommunistik partiya o’zining siyosiy pozisiyalari hamda sovet davlat tuzumini
mustahkamlash bilan birga sovetlarning ijroiya qo’mitalarini
qaytadan tiklash
ishlarini olib bordi. Ushbu tartib joylarda o’lkaning ijtimoiy-siyosiy hayotida
demokratik jarayonlarni kengaytirish, xalq hokimiyatini tiklash shiorlari ostida o’tdi.
Ammo, tarix ko’rsatib turganidek, aslida bu jarayon tashviqot-mafkuraviy xarakterda
bo’lib, jamiyat va davlat boshqaruvida keng
xalq ommasining ishtirokini
ko’rsatishdek tuyulardi. Lekin haqiqatda bunday emas edi. Ko’p joylarda mahalliy
aholi saylash huquqidan mahrum edi.Sovet hukumati mahalliy aholiga nisbatan
bepisand bo’lib, aksariyat tarzda ham unga ishonmas edi. Shuning uchun ham u o’z
siyosiy tuzilmalariga milliy xodimlarni nihoyatda kam jalb qilgan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: