1-mavzu: O’zbekiston tarixi fanining predmeti, uni o’rganishning nazariy-metodologik asoslari


Partiyaning ushbu mustabidlik yo’nalishi Turkiston xalqi hayotiga salbiy ta’sir


Download 4.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet91/163
Sana20.11.2023
Hajmi4.8 Kb.
#1789355
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   163
Bog'liq
7vwar-04dm8


Partiyaning ushbu mustabidlik yo’nalishi Turkiston xalqi hayotiga salbiy ta’sir
qildi, mahalliy aholi mustaqil huquqlarga ega emas, o’z manfaatlarini himoya qilishga
bo’lgan urinishlar esa "millatchilik" deb baholanib, qatag’ongacha olib kelingan.
1921 yilning bahoriga kelib sovet hokimiyati oldida vayron
bo’lgan qishloq xo’jaligini tiklash vazifasi ko’ndalang bo’lib turdi. O’zbekistonda
qishloq xo’jaligi respublika milliy daromadining asosiy qismini berganligi, dehqonlar
esa aholinining 80 foizini tashkil etganligi tufayli sovet hokimiyatining dastlabki
yillarida agrar masala markaziy o’rinni egallardi.Markazdan farqli o’laroq, O’rta
Osiyo respublikalarining 20-yillardagi agrar siyosatida nisbatan keskin choralar
ko’rilgan. 1920-1921 yillardagi yer-suv islohotining amalga oshirilishi Yangi
Iqtisodiy Siyosat (NEP) bilan birga olib borildi. Yangi iqtisodiy siyosatdan
ko’zlangan maqsad - mahsulot ishlab chiqaruvchi yakka dehqonlarning manfaatini
oshirish, uning yerga egalik qilishini ta’minlash, imtiyozli soliq olish va bozor
iqtisodiyoti, tovar-pul munosabatlariga o’tish edi.
Yer-suv islohotini amalga
oshirishdan ko’zlangan asosiy maqsad - mahalliy hamda Turkistondagi boy rus
dehqonlarining yer va suvga bo’lgan huquqlarini tenglashtirish edi. Chunki o’z
vaqtida mustamlakachi ma’murlari tomonidan rus dehqonlariga eng yaxshi va
hosildor yerlar ajratilgan edi.
Yer va suvni taqsimlash


jarayoni bir tomondan yersiz va kam yerli dehqonlarni yer bilan ta’minlagan bo’lsa,
ikkinchi tomondan qishloqdagi siyosiy vaziyatni o’ta keskinlashtirib, sinfiy
ziddiyatlarni kuchaytirdi. Islohotni o’tkazishning inqilobiy-zo’ravonlik usullari
Turkiston qishloqlarida ijtimoiy va millatlararo tanglikni vujudga keltirdi. Yer-suv
islohoti 1922 yil kuzida o’z poyoniga yetdi.
Markaz
Turkiston o’lkasiga asosiy xom-ashyo bazasi sifatida qarab kelganligi bois, o’lka
qishloq xo’jaligining bosh sohasi hisoblangan paxtachilikni rivojlantirishga alohida
e’tiborini qaratgan. Xususan, RKP(b) MKning 1922 yil 11 yanvaridagi "Turkiston
Kompartiyasiga" deb nomlangan xatida, Turkiston Kompartiyasining qishloq xo’jaligi
sohasidagi faoliyatida birinchi o’ringa sug’oriladigan yerlarda ekin maydonlarini
tiklash, paxtachilikni rivojlantirish hamda mavjud sug’orish tizimini tuzatish
masalalari hal etilishi lozimligi ta’kidlangan edi. Turkiston respublikasida
paxtachilikni rivojlantirish ishlarini, sug’orish inshootlarini tiklamasdan amalga
oshirib bo’lmasdi. Sug’orish ishlarini tiklashni tezroq amalga oshirish, dehqonchilik
uchun yaroqli yerlarni suv bilan ta’minlash va qishloq xo’jaligini, birinchi navbatda
esa paxtachlikni rivojlantirish uchun suvdan to’g’ri foydalanishni yo’lga qo’yish
maqsadida, 1921 yilning fevralida TASSRdagi barcha suvlarni respublika mulki deb
e’lon qilgan suv to’g’risida qonun qabul qilindi.Ittifoq hukumati avval boshdanoq
yosh O’zbekiston respublikasi rahbariyati oldiga "Sovet O’zbekiston"ning SSSR ning
asosiy paxta bazasiga aylantirish strategik vazifasini qo’ydi. "Oq oltin"ning aksariyat
qismi, ya’ni 90%dan ko’prog’i "Sovetlar mamlakati"ning to’qimachilik markazlariga
yuborildi.O’zbek paxtakorlarining mashaqqatli mehnati evaziga esa sovet davlati
paxtani chetdan sotib olmay, paxta yetishtirish bo’yicha jahonda ikkinchi o’ringa
chiqdi. Mana shu tariqa sobiq SSSR paxta mustaqilligiga erishdi.
Paxta yakkahokimligini ta’minlash maqsadini amalga oshirish oqibatida qishloq
o’jaligining boshqa tarmoqlari, xususan, chorvachilik inqirozga uchradi, g’alla
tayyorlash keskin kamayib ketdi. Hosildor yerlar miqdori kamaydi. Don, poliz
ekinlarining hosildorligi qisqardi.20-yillar boshlaridagi Turkistonning ijtimoiy-
siyosiy hayotining alohida xususiyati - bu o’lka mahalliy aholisining milliy o’z-o’zini
anglashining o’sganligi deyish mumkin. Mahalliy aholinining keskin noroziligiga
birinchi navbatda Markazning uning milliy manfaatlarini hisobga olmaslik siyosati
sabab bo’ldi. Turkiston tub aholisining kuchayib borayotgan noroziligi turli
shakllarda namoyon bo’ldi. Shunday norozilik shakllaridan yana biri hokimiyat
pog’onalaridagi milliy rahbar kadrlardan iborat milliy muxolifat bo’ldi. Ular mustabid
tuzumga, uning siyosatiga ochiqdan-ochiq qarshi fikr bildirib, mahalliy aholinining
manfaatlarini himoya qildilar, markazning shovinistik va imperiyacha siyosatiga


qarshi faol kurash olib bordilar. Mana shunday milliy rahbarlardan davlat va siyosat
arbobi, olim va diplomat Nazir To’raqulov (1892-1939) bo’lgan. Nazir To’raqulov
sovet hokimiyatining turli lavozimlarida ishlab keldi. 
Markazning
siyosiy
rahbariyati o’zining siyosiy mavqyeini saqlab qolish maqsadida o’lkadagi vakillariga

Download 4.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling