1-mavzu: O’zbekiston tarixi fanining predmeti, uni o’rganishning nazariy-metodologik asoslari


yili inqilobchi Yosh buxoroliklar Turkiston markaziy byurosi raisi, 1920-24 yillarda


Download 4.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet94/163
Sana20.11.2023
Hajmi4.8 Kb.
#1789355
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   163
Bog'liq
7vwar-04dm8

yili inqilobchi Yosh buxoroliklar Turkiston markaziy byurosi raisi, 1920-24 yillarda
Buxoro Xalq Sovet Respublikasi Nozirlar Kengashining raisi (shuningdek, Tashqi
ishlar, Harbiy ishlar noziri) bo’lib ishlagan. Fayzulla Xo’jayevning faoliyati
nihoyatda murakkab siyosiy vaziyatda o’tgan. O’zbekistonda yuz berayotgan
o’zgarishlardan qoniqmaganligini u o’zining bir qancha tanqidiy chiqishlarida
bildiradi. Masalan, 1924 yildagi bolsheviklarning milliy-hududiy chegaralanishiga
qarshi o’z fikrlarini ilgari surgan, "Buxoro inqilobi tarixiga doir" asarida Fayzulla
Xo’jayev jadidchilikka xolis baho berishga harakat qilgan. Ushbu asardagi
jadidchilikning ijtimoiy mohiyatiga ijobiy munosabati va jadidchilikni ijtimoiy-


inqilobiy harakat sifatidagi qarashlari xato deb baholandi.
Fayzulla Xo’jayev
ham mustabid tuzumning qatag’on qurbonlaridandir. U 1937 yil Moskvada "xalq
dushmani" sifatida qamoqqa olinib, 1938 yilda otib tashlangan.
20-30 yillarda ko’zga ko’ringan milliy
yetakchi - Abdulla Rahimboyevdir (1896-1938). Abdulla Rahimboyevning siyosiy
faoliyati nihoyatda serqirra bo’lib, mustabid tuzum siyosatiga qarshi dadil chiqishlari
buning yorqin ifodasidir. Masalan, u 1921 yilning dekabrida bo’lib o’tgan RSFSR
Sovetlarining IX qurultoyi minbaridan turib, Rossiya hukumatiga ochiqdan-ochiq
"Turkistondagi sovetlarning jazolash siyosati har qanday chegaralardan o’tib tushdi.
Farg’ona viloyatidagi jazo otryadlari esa mutlaqo muxtor holatda, hyech kim bilan,
partiya organlari bilan ham, sovet organlari bilan ham hisoblashmasdan, turli shubhali
shaxslarni xizmatga olib harakat qilmoqdalar" degan bayonot bilan chiqdi. Lekin
bunday tarzda sovetlar siyosatini tanqid qilish kechirilmas edi va 1922 yilda ishda
yo’l qo’yilgan "qo’pol xatolari" uchun TASSR MIQ raisi A.Rahimboyev lavozimidan
chetlashtirildi. Biroq vaqt o’tishi bilan Markaz unga "o’z xatolarini tuzatish”
imkonini beradi va yana rahbarlik ishiga jalb qiladi.
A.Rahimboyev RKP(b) MQ
O’rta Osiyo byurosining a’zosi hamda TKP MQning ma’sul kotibi sifatida milliy-
hududiy chegaralanishni o’tkazishning tepasida turdi. 1924 yilning fevralida u
Buxoroga yuboriladi va bu yerdagi BXSR rahbar xodimlarining kengashida milliy-
hududiy chegaralanishi to’g’risida ma’ruza qildi. 1924 yilning 10 martida Turkiston
Kompartiyasi MQsi va Turkiston MIQ rahbar xodimlarining kengashida ham ma’ruza
qilib, Rahimboyev milliy-hududiy chegaralanishni "...nisbatan ma’qul tarzda,
og’riqsiz usullar" bilan o’tkazish kerakligini uqtirdi. Abdulla Rahimboyevning
qismati ham milliy yetakchilarniki kabi qatag’on to’lqinlari avj olgan paytda hal
qilindi. U 1938 yilda qurbon bo’ldi.
-II-
"Turkiston xalqlarining ildizi bir” - degan g’oya avloddan-avlodga o’tib, milliy
yetakchilar, jamoat arboblari va milliy ziyolilar qarashlari hamda faoliyatlarida o’z
aksini topib kelgan. Tarixan tarkib topgan uchta davlatni tugatib, o’rniga yangi
tuzilmalarni vujudga keltirish markaz va ulkadagi bolshevistik rahbarlar tashabbusi
bo’ldi. 1920 yil boshidayoq, Turkkomissiya Turkiston ASSRni bo’lib tashlab,
milliy til belgisiga qarab muxtor respublikalar tashkil qilish masalasini qo’ygan edi.
Bu o’sha yili iyun oyida RKP (b) ning Turkistonga oid qabul qilgan hujjatlarida o’z
aksini topdi. Lenin Turkistonning "O’zbekiya, Qirg’iziya, Turkmaniya"ga bo’lingan
xaritasini tuzish kerakligini uqtirdi. Bu rejaning amalga oshishi qarshilik harakati
tufayli bir oz kechikdi. Turkistonni milliy jihatdan qayta chegaralash markaz va


RKP(b) O’rta Osiyo byurosi tomonidan ishlab chiqildi va 1924 yilda qat’iylik bilan
amalga oshirildi.

Download 4.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling