Qoriyev, Ziyo Saidlardir. Mannon Uyg’ur vatanparvarlik va ma’rifatparvarlik
g’oyalari bilan sug’orilgan Fitrat, G’ulom Zafariy, Cho’lpon. Qodiriy, Ozarbayjon
dramaturgi Husayn Jovid asarlarini sahnalashtirdi. Shu yillarda Qori Yoqubov
tomonidan birinchi bo’lib o’zbek xalq musiqa ansambli tashkil etildi.
1926 yilda esa
yuzaga kelgan birinchi o’zbek davlat konsert etnografik ansambliga atoqli o’zbek
xonanda, aktyor, sozandalari jalb etilib,
1929 yilda uning safida Samarqandda O’zbek
davlat musiqali teatri tashkil topdi.
Oktyabr
to’ntarishidan
so’ng,
respublikamizda bir qancha ilmiy va o’quv muassalari tashkil etildi. Xususan,
1918
yilda tashkil etilgan Turkiston Xalq Universiteti qoshida bir qancha ilmiy-tadqiqot
institutlari faoliyat ko’rsata boshladilar.
30-yillarda
respublikamiz hamda
mintaqada ilm-fan ravnaqiga munosib hissa qo’shgan
mahallliy millatga mansub
olimlar yetishib chiqdilar. Ular: T.Qori-Niyoziy, T.Sarimsoqov, S.Sirojiddinov,
O.Sodiqov, N.Dolimov, T.Zohidov, U.Oripov, S.Umarov va boshqalardir.
1943
yilda O’zFAN asosida O’zbekiston Fanlar Akademiyasi (O’zFA) tashkil etildi, uning
birinchi prezidenti etib akademik Toshmuhammad Niyozovich Qori-Niyoziy
saylandi.
Siyosiy qatag’onlik. 1922 yil 30-dekabrda tashkil topgan SSSR, qudratli
unitar (qo’shina) davlat bo’lib, unda rasmiy federasiya subyektlari suveren huquqlar
va real mustaqillikdan mahrum edilar, imperiya tarkibidan chiqib keta olmasdilar.
O’zbekiston ham faqat nomigagina SSSR tarkibidagi suveren respublika hisoblangan,
aslida esa ittifoqqa har tomonlama qaragan edi. SSSRda qaror topgan boshqaruvning
ma’muriy-buyruqbozlik tizimi jamiyatning barcha sohalarini o’z
maqsad va
vazifalariga bo’ysundirgan, ijtimoiy-siyosiy hayot o’ta siyosiylashtirilib, o’zgacha
fikrlashlarga qarshi shafqatsiz kurash olib borilar edi.
20-30-yillarda mustabid
tuzumga qarshilik bildirganlarni ta’qib ostiga olish avj oldi. Ayni shu paytda
"18 lar
Do'stlaringiz bilan baham: