1-mavzu: O’zbekiston tarixi fanining predmeti, uni o’rganishning nazariy-metodologik asoslari


Download 4.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet100/163
Sana20.11.2023
Hajmi4.8 Kb.
#1789355
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   163
Bog'liq
7vwar-04dm8

yilning kuzigacha, bor yo’g’i 100 kun faoliyat ko’rsatgan bo’lsa ham, Turkiston
musulmonlarining savodini chiqarish, ilm-ma’rifatli qilish, oliy malakali milliy


ziyolilar yetishtirish kabi ijobiy va himmatli, o’sha davr uchun nihoyatda muhim
ishlarni amalga oshirishga, yurtimizda maorif sohasini rivojlantirishga erishdi.
O’lkada milliy ziyolilarni yetishtirishda muhim ahamiyat kasb etgan Musulmon Xalq
Dorilfununi faoliyati sho’rolar davri adabiyotida mutlaqo yoritilmagan, u yerda dars
bergan 300 ga yaqin o’qituvchilarning nomlari hozirgi kunga kelib aniqlandi.
Kommunistik mustamlaka hukumati mahalliy xalqni ruslashtirish maqsadida
ruscha Turkiston Universitetini rivojlantirdi. Musulmon Xalq Dorilfununi faoliyati
sovet hukumati tomonidan to’xtalib qo’yilgandan so’ng, faqat rus tilini bilgan
mahalliy millat vakillari mana shu dargohda oliy tahsilga ega bo’lishlari mumkin edi.
Oktyabr to’ntarishidan so’ng sho’rolar sharq ayollarini
"ozodlik"ka chiqarish uchun kurash, ularning siyosiy faolligini oshirish hamda yangi
hayot qurilishiga jalb qilish kampaniyasini avj oldirib yubordilar. Ushbu jarayonning
eng cho’qqisi 1927 yil bo’lib, u tarixga "Hujum" harakati nomi bilan kirdi. Ya’ni
sho’rolar talqinida bu eski turmush tarziga hujum qilish ma’nosini anglatar edi.
Sharq ayollarining asrlar davomida muayyan urf-odatlar va shariat mezonlari bilan
shakllangan ijtimoiy mavqyeini ularni ozodlikka chiqarish va erkaklar bilan teng
huquqli qilish shiori ostida favqulodda va shiddat bilan o’zgartirilishi ko’p
to’qnashuvlar va qurbonlar bo’lishiga sabab bo’ldi.Kompartiyaning madaniy merosni
inkor etish siyosati arab yozuvini lotin grafikasiga almashtirish haqidagi qarorida
(1929 y.) ham o’z aksini topdi. 1940-yilda esa lotin grafikasining kirillcha bilan
shoshilinch almashtirilishi, O’zbekiston aholisining bilim darajasining o’sishiga,
o’zbek tilining rivojiga salbiy ta’sir ko’rsatdi. Ushbu holat savodsizlar sonining sun’iy
o’sishini keltirib chiqardi. Lekin eng achinarlisi, ma’naviy hayot to’la ruslashtirilib,
hamma joylarda o’zbek tili imkoniyatlarining cheklanishiga olib keldi.Mustabid
tuzum sovetlarcha savodli shaxslarni shakllantirish, "savodsizlik"ni tugatish
borasida shiddatli kurashni avj oldirib yubordi va 1920 yilning 17 sentyabrida
TASSR Maorif xalq komissarligi tomonidan aholi orasida savodsizlikni tugatish
to’g’risida dekret qabul qilinidi. Unga muvofiq, 8 yoshdan 40 yoshgacha bo’lgan
barcha fuqarolar o’qish va yozishni o’rganishlari shart bo’lgan. Rasmiy statistik
ma’lumotlarga ko’ra, 1937 yilga kelib, respublikamizda savodsizlik tugatilib,
kamsavodli kishilar soni 2 mlndan ziyod bo’lgan. Aholinining sovetlar idrokidagi
umumiy savodxonligi 67,8% ga yetgan edi. Sho’ro hokimiyati yillarida, ayniqsa, 20-

Download 4.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling