1-mavzu: O’zbekiston tarixi fanining predmeti, uni o’rganishning nazariy-metodologik asoslari
guruhi", "inog’omovchilik", "qosimovchilik"
Download 4.8 Kb. Pdf ko'rish
|
7vwar-04dm8
- Bu sahifa navigatsiya:
- 20-30-yillardagi
guruhi", "inog’omovchilik", "qosimovchilik" kabi siyosiy ishlar to’qib chiqarilgan
edi. Bu jarayonning asl mohiyati ko’zga ko’ringan mahalliy arboblarni tugatishga qaratilgan edi.Minglab ziyolilar yo’q qilinishining cho’qqisi 1937-39-yillarga to’g’ri keldi. 1937 yil dekabr - 1938 yil yanvarida XKS va O’Z KP (b) MQning "O’zSSR Xalq Maorif Komissarligi tizimida ziyonchilik oqibatlarini bartaraf etish bo’yicha chora-tadbirlar to’g’risida"gi qarori e’lon qilingandan so’ng, xalq ta’limining barcha sohalarida, ayniqsa mahalliy tilda dars beriladigan maktablar, pedagogik bilim yurtlari va institutlarida o’qituvchi kadrlar va talabalarni "tozalash" ishlari avj oldirib yuborildi. Xalq ta’limi tizimidagi maorifparvar ziyolilarga qarshi olib borilgan quvg’in va qatag’onlarga "xalq dushmanlari, chet el josuslari" - A.Ikromov, F.Xojayev va boshqalar o’zlarining Maorif komissarligidagi "odamlari" - Usmonov, Ro’ziyev, Sorokin, Kojuxovlar orqali xalq maorifiga katta ziyon yetkazishgan, degan bo’xtonlar "asos" qilib olinib otib tashlanadilar.Ayni paytda istiqlol va erk kuychilari, o’zbek xalqining mashhur yozuvchilaridan Fitrat, Cho’lpon, Abdulla Qodiriy, Usmon Nosir Stalin istibdodining begunoh qurboni bo’ldilar. Millatning ilg’or taraqqiyparvar ziyolilari qatag’on qilinishi oqibatida xalqimiz ularning noyob asarlarini o’qishdan uzoq vaqt mahrum bo’ldi. Ma’lumki, sovet hukmronligi davrida din davlatdan ajratilgan, deb e’tirof etilgan, nomigagina vijdon erkinligi e’lon qilingan bo’lsa-da, aslida diniy e’tiqod goh oshkora, goh pinhona tarzda ta’qibu tazyiqqa olinar edi. Holbuki jamiyatsiz din, dinsiz jamiyat bo’lishi mumkin emas. Sovet tuzumida bunga mutlaqo e’tibor berilmas edi. Balki, iloji boricha, dinga, diniy tarbiyaga to’sqinlik ko’p bo’lib, jamiyatdan ularni siqib chiqarishga harakat qilingan.Ushbu siyosat oqibatida ko’plab qo’hna masjidlar uzoq vaqtgacha qarovsiz qolib ketdi, yangi masjidlar qurish to’g’risida esa hatto so’z bo’ltshi mumkin emas edi. Bu davrda O’zbekistondagi diniy ulamolarning asosiy qismi qamoq lagerlariga jo’natildi. Inson huquqlari amalda poymol etildi. Qamoqxonalarda mahbuslar shafqatsiz jismoniy jazolarga mahkum etildilar.20-30-yillardagi mustabid tuzumning qatag’onlik siyosati jiddiy va fojeali oqibatlarga olib keldi. Milliy ziyolilarning jismonan yo’q qilinishi oqibatida milliy madaniyat to’la-to’kis rivojlana olmadi. Millatning aql-idrokli kishilari mahv etilgach, hamma "yo’lboshchilarning” itoatkor quliga aylantirildi. Shunday qilib, har qanday o’zgacha fikrni kuch bilan bo’g’adigan, ommaviy o’zboshimchalik va zo’rlik bilan Vatanga sodiq necha o’n minglab kishilarni qirib tashlagan mustabid tartibib qaror topdi va kuchaya bordi. Download 4.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling