1-mavzu: O’zbekiston tarixi fanining predmeti, uni o’rganishning nazariy-metodologik asoslari


fevral) "O’zbekiston SSRning tashkil topishi haqidagi Deklaratsiyasini tasdiqlagach, Ittifoq sovetlarining 3-qurultoyida (1925 yil, 13 may)


Download 4.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet96/163
Sana20.11.2023
Hajmi4.8 Kb.
#1789355
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   163
Bog'liq
7vwar-04dm8

fevral) "O’zbekiston SSRning tashkil topishi haqidagi Deklaratsiyasini tasdiqlagach,
Ittifoq sovetlarining 3-qurultoyida (1925 yil, 13 may) esa, O’zbekiston Respublikasi
SSSR tarkibiga kiritildi. Shu tariqa, O’zbekiston SSRning qonunan rasmiylashtirish
jarayoni tugallandi.Turkiston o’lkasini bo’lib tashlash bilan sho’rolar milliy
davlatchiligimizning ming yillik rivojlanish tarixiga putur yetkazdilar. Millatning bir
qismi o’z ota-bobolari yerida yashab, mehnat qilsa-da, rasmiy ta’rifga ko’ra, "oz sonli
millat"ga aylanib qolgan edi. Bolsheviklar andozasidagi milliy-hududiy chegaralanish


O’rta Osiyo xalqlari o’rtasidagi bo’lajak millatlaro munosabatlarni keskinlashtirib
turishi, favqulodda vaziyatlarda portlab, turli nizolarga sabab bo’lishi muqarrar edi.
Yangi sovet respublikalarini "milliy davlatchilikning tashkil etilganligi", deb
baholash xato bo’lsa kerak. Zero, SSSR tarkibidagi ushbu tuzilmalar Markaz
ixtiyorida bo’lib, ilgarigidek unga arzon xom ashyo yetkazib berishga
ixtisoslashtirilgan mustamlakalar bo’lib qolaverdi. 1924 yilda milliy-hududiy
chegaralanishi natijasida O’rta Osiyo xaritasida ittifoqchi respublikalar bilan birga
muxtor tuzilmalar ham paydo bo’ldi. Shular orasida Qoraqalpog’iston muxtor viloyati
ham bor edi. Ushbu viloyat Qirg’iziston (Qozog’iston) ASSR tarkibida bo’lib, unga
volostlardan iborat To’rtko’l, Chimboy, Xo’jayil va Qo’ng’irot okruglari kirdi. 1925
yil 12-19 fevralda viloyat markazi To’rtko’l shahrida bo’lib o’tgan Qoraqalpog’iston
avtonom viloyati Sovetlarining birinchi qurultoyi "Qoraqalpog’iston avtonom viloyati
tashkil topganligi to’g’risida Deklaratsiya" qabul qildi va "qoraqalpoq milliy
davlatchiligi" tashkil etilganligini qonuniy rasmiylashtirdi.Qoraqalpog’iston Muxtor
viloyati tashkil etilgandan so’ng, sovetlar bu yerda ham sosialistik qurilishni avj
oldirib yubordilar. Jumladan ovul va qishloqlarni sovetlashtirish keng miqyosda olib
borildi. Qoraqalpog’iston iqtisodiyotining taraqqiyoti bir tomonlama xususiyatga ega
bo’lib, SSSRning markaziy mintaqalari sanoatini rivojlantirish ehtiyojlarini
ta’minlashga qaratilgan edi. Muxtor viloyat sanoatining yetakchi tarmoqlarini paxta
tozalash va baliq-konserva zavodlari tashkil etar edi. Sanoatni yuksaltirish bilan bir
qatorda qishloq xo’jaligining barcha sohalarini rivojlantirishga ham katta e’tibor
qaratildi va bu yerga ko’p miqdorda qishloq xo’jalik anjomlari keltirila boshlanib, boy
va ruhoniylardan tortib olingan yerlar hisobiga yersiz va kam yerli dehqonlar yer bilan
ta’minlandi. 

Download 4.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling