1-mavzu: O’zbekiston tarixi fanining predmeti, uni o’rganishning nazariy-metodologik asoslari


Download 4.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet110/163
Sana20.11.2023
Hajmi4.8 Kb.
#1789355
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   163
Bog'liq
7vwar-04dm8

yillarga mo’ljallangan rejada belgilandi. Bunga ko’ra, xalq xo’jaligining barcha
sohalariga 3 mlrd. 900 mln. so’m kapital mablag’ ajratildi. Sanoatni rivojlantirish
ishlari jumhuriyat iqtisodiyotining yetakchi sohasi paxtachilikni rivojlantirishga
qaratildi. Elektr quvvati ishlab chiqarishga alohida e’tibor berildi. 5 yilda 8 ta yirik va
o’rta hajmdagi elektrostansiyalar, shu jumladan 300 000 kv. soat kuchga ega bo’lgan
Farhod suv elektr stansiyasi ishga tushirildi. 
Besh yilda sanoat
mahsulotining yalpi hajmi 71 foizga ko’paydi, bu urushdan oldingi darajadan 1,9
barobar ko’p edi. Sanoatning xalq xo’jaligidagi salmog’i 47,7 foizni tashkil qilgan
edi. Shu yillarda Farhod, Oqqovoq-2, Bo’zsuv-2 elektrostansiyalari, jami 150 ta yangi
sanoat korxonalari ishga tushirildi. 
O’zbekistonning kelajakdagi taraqqiyoti rejalari ittifoq markazida ishlab
chiqarilib, aksariyat hollarda mahalliy sharoit, ijtimoiy ahvol hisobga olinmasdan
iqtisodni bir tomonlama, ya’ni o’lkani xom-ashyo bazasi sifatida saqlab qolishga
qaratildi. Sanoat, xalq xo’jaligining deyarli barcha tarmoqlari paxtachilikni
rivojlantirishga bo’ysundirildi. Sovet hukumatining 1946 yil 2 fevraldagi
O’zbekistonda paxtachilikni tiklash va yanada rivojlantirish choralari to’g’risidagi
qarori O’zbekistonda paxta yakkahokimligini kuchaytirish uchun asos bo’ldi.
Iqtisodni rejali ravishda rivojlantirish bilan bir qatorda ba’zi ijtimoiy
masalalarga ham e’tibor qilindi. Jumladan, ish haqi oshirildi, harbiy soliq, kartochka
tizimi bekor qilindi. Pul islohoti o’tkazildi, qisqartirilgan ish soati joriy etildi,
kundalik iste’mol mahsulotlarining narxi arzonlashtirildi. Bu tadbirlar pulning xarid
quvvatini oshirish imkonini tug’dirdi. Lekin shunga qaramasdan narx navo hali ancha
yuqori edi. 1950 yili O’zbekistonda oziq-ovqat mahsulotlari 1940 yilga nisbatan
deyarlik ikki barobar qimmat edi. 
Keng iste’mol mollarini ishlab chiqarish tobora kamaydi. Ular asosan chetdan
keltiriladigan bo’ldi natijada Respublika aholisining yengil sanoat, oziq-ovqat
mollariga ehtiyoji kuchaydi.
Jumhuriyat aholisining uchdan ikki qismini tashkil qilgan qishloq aholisining
moddiy ahvoli achinarli edi. Ularning oylik daromadi o’rtacha 20 so’mni tashkil
qilgan holda, bu ko’rsatkich ishchilarda 64 so’m edi. Vaholanki, urushdan keyingi
xo’jalikni tiklash va rivojlantirishning asosiy og’irligi qishloq mehnatkashlari
zimmasiga tushdi. O’zining bog’ va mevalari bilan mashhur bo’lgan O’zbekiston
aholisi haddan tashqari ko’p olinadigan soliq tufayli bog’laridan voz kechdi.
Chorvadorlar shu sababga ko’ra mol boqib foyda ko’rmadi. Ahvol shu darajaga
yetdiki, aholinining shaxsiy mollari soliq hisobiga davlat va jamoa xo’jaliklari
foydasiga olindi.


50-60 yillarda qo’riq va bo’z yerlarni o’zlashtirishga va shu asosda paxta va
g’alla yetishtirishni ko’paytirish choralari ko’rildi. O’zbekistonda uch yil ichida

Download 4.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling