Yevropa mamlakatlariga ozod qiluvchi sifatida kirib bordi. Polsha, Ruminiya,
Bolgariya, Yugoslaviya, Vengriya, Chexoslovakiya, Avstriyani ozod qilib, Berlinni
egallashda sovet qo’shinlari tarkibida o’zbekistonlik jangchilar ham o’zlarining
baynalminallik tuyg’ularini namoyon qilib, Yevropa xalqlarining fashistlar asoratidan
ozod bo’lishlariga o’z hissalarini qo’shdilar. Bu mamlakatlarni
ozod qilishdagi
jasoratlari uchun B.Boboyev, P. Nurpeksov, T. Nazarov, A.Rahimov, M.Fayozov va
boshqalar Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni,
2430 nafar hamyurtimiz "Budapeshtni
ozod qilish uchun" medali,
1706 kishi "Berlin olingani uchun",
109208 kishi
"Germaniya ustidan g’alaba qozonganligi uchun» medali bilan taqdirlanganlar.
O’zbekistonlik jangchilar Yevropadagi qarshilik ko’rsatish harakatlarida faol
ishtirok etib, nemis-fashistlari ustidan qozonilajak g’alabaga va Yevropa xalqlarining
ozod bo’lishlariga o’zlarining munosib hissalarini qo’shdilar.Polsha, Yugoslaviya,
Italiya, Fransiya, Norvegiya, Avstriya, Germaniya davlatlarida tashkil topgan ozodlik
armiyalari safida, partizanlar
tuzilmalarida ishtirok etgan, 40 mingdan ortiq sovet
fuqarolarining orasida O’zbekistonliklar ham ko’pchilikni tashkil qilar edi. Masalan,
Yugoslaviya xalq ozodlik armiyasida
260 dan ko’proq O’zbekistonlik bo’lgan.
L.Kolantarov, A.Mamajonov, O.Berbiyev, R.Rahimov, H.Jabborov, H.Ismoilovlar
qarshilik ko’rsatish harakatida faol ishtirok etgan hamyurtlarimizdir. Sobiq
Ittifoq
xalqlarining fidokorona mehnatlari, jangchilarning qahramona jasoratlari sabab,
nemis-fashist bosqinchilariga qarshi olib borilgan,
43 kuni kam 4 yil (1941 yil 22
Do'stlaringiz bilan baham: