1-mavzu: O’zbekiston tarixi fanining predmeti, uni o’rganishning nazariy-metodologik asoslari


-yillarning ikkinchi yarmidan 1959


Download 4.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet115/163
Sana20.11.2023
Hajmi4.8 Kb.
#1789355
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   163
Bog'liq
7vwar-04dm8

30-yillarning ikkinchi yarmidan 1959
yilgacha Sovetlarga Markazdan kelgan rahbar partiya va sovet xodimlarini saylash
yo’lga qo’yildi. IV chaqiriq Oliy Kengashning 294 deputatidan 16 tasi markaz
vakillari edi. Bunday ish yuritish 70 yillardan qaytadan yo’lga qo’yildi.
Urushdan keyingi yillarda dunyo xalqlari o’rtasida tinchlik va hamkorlikni
mustahkamlashga O’zbekiston o’z hissasini qo’shdi, uning xorijiy mamlakatlar bilan
savdo va madaniy aloqalari kengaydi. 1958 yili O’zbekiston dunyoning 32
mamlakatiga sanoat va qishloq xo’jalik mahsulotlarini chiqargan bo’lsa, 1970 yil 76
mamlakat bilan savdo aloqalarini o’rnatdi. Chet davlatlarga mahsulot chiqarishda
O’zbekiston sobiq Ittifoqda RSFSR va Ukrainadan keyingi uchinchi o’rinda turdi.
Qorako’l teri va paxta tolasidan boshlab, mashinasozlik mahsulotlarining 250 turi
to’rt qit’aning deyarli hamma mamlakatlariga chiqarildi. 
Andijon mashinasozlik zavodining mahsulotlari 44 mamlakatga, Toshkent
kabel zavodining mahsuloti 27, Chirchiq elektroximkombinati 20, Samarqanddagi
"Kinap" zavodi 30 mamlakatga o’z mahsulotini chiqardi. Ko’p yillar davomida paxta
tashqi bozorga chiqarilgan asosiy mahsulot bo’lib, 1953 yildan boshlab O’zbekiston
paxtasi Amerika Qo’shma Shtatlari, Meksika, Suriya kabi paxta yetishtiruvchi


mamlakatlarning raqobatini yengib yirik kapitalistik davlatlar bozoriga chiqdi va jami
35 davlatning bozorini egalladi.
1960-70 yildan O’zbekiston Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlari
uchun minglab Oliy va o’rta ma’lumotli mutaxassislar va malakali ishchi kadrlar
tayyorlab berdi. 1961 yili Toshkent Davlat Universiteti (hozirgi O’zbekiston Milliy
Universiteti) qoshida chet elliklar uchun tayyorlov bo’limi ochildi. O’zbekistonning
minglab mutaxassislari ko’pgina mustaqillikka erishgan mamlakatlarning
iqtisodiyotini rivojlantirishga o’z hissalarini qo’shdi. O’zbekistonlik mashinasozlar,
paxtakorlar, suv xo’jaligi inshootlari va ipakchilik mutaxassislari ko’p mamlakatlarda
o’zlarining boy tajribalarini tashviqot 
qildilar. Misrdagi Asvon va Xelvonn suv inshootlari, Afg’onistondagi Jalolobod
kanali va Kubadagi sanoat qurilmalarida O’zbekiston mutaxassislari ham ishtirok
qildilar.

Download 4.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling