1-mavzu: O’zbekiston tarixi fanining predmeti, uni o’rganishning nazariy-metodologik asoslari


Download 4.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet114/163
Sana20.11.2023
Hajmi4.8 Kb.
#1789355
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   163
Bog'liq
7vwar-04dm8

yillarga qadar O’zbekiston xalq xo’jaligida ishchi va xizmatchilar soni 2641,5
mingdan 4833,5 ming nafarga ko’paydi. Biroq, bu o’sish sun’iy ravishda, ya’ni
respublikamizga tashqaridan ko’plab kishilarni ko’chirib keltirish hisobiga ro’y berdi.
Aholi tarkibida ishchilar soni anchagina o’sganiga qaramay, respublikamiz bu
ko’rsatkich bo’yicha sobiq ittifoq respublikalari ichida 1979 yilgi ma’lumotga ko’ra,
13 o’rinda turar edi. 
Toshkent shahrida 1985-1986 yillarda mehnat resurslari ortiqchaligi 200 ming
kishi bo’lishiga qaramay, respublikaga tashqaridan 125 mingga yaqin ishchi va
mutaxassislar jalb qilindi. 
Shu bilan birgalikda ishlab chiqarishda band bo’lmagan aholi soni ortib bordi.
Ularning soni 1983yilda 836 ming nafarni tashkil qildi.
Sanoatning zamonaviy tarmoqlarida "o’zbek xalqi go’yo ishlashga qodir
emasligi" va shu munosabat bilan ko’p yoshlar ishsiz yurganligi haqida asossiz turli
mulohazalar keng tarqaldi. Darhaqiqat respublikamizda 80-yillar oxirida bir mln.ga
yaqin ishsizlar bor edi. Biroq, buning boisi ularning ishlash ishtiyoqi yo’qligidan
emas, balki yuqorida ta’kidlanganidek, asosan markazning maxsus yo’naltirilgan
siyosati tufayli va qolaversa ba’zi mahalliy mutasaddi rahbarlar tomonidan ishlab
chiqarish va mehnatni tashkil etishning zamonaviy usullari yaxshi yo’lga


qo’yilmaganligi, ularning ish joylari, turar joy, bolalar bog’chalari, hunar-texnika
bilim yurtlari bilan ta’minlash imkonini yetarlicha yarata olmaganidandir. 
Urushdan keyingi yillari partiya va hukumat
rahbarligiga nazariy jihatdan kam tayyorlangan, ish tajribasi yetarli bo’lmagan
xodimlar keldi. Davlatni boshqaruv tizimida mahalliy xalq vakillari faqat 47 foizni
tashkil qildi. Partiyaga qabul qilishga yuzaki, to’ralarcha yondashuv natijasida qabul
qilinganlarning ko’pchiligini ishchi va dehqonlar tashkil qilib, ilg’or ziyolilar,
malakali mutaxassislar rahbarlik ishlaridan chetlashtirildi. O’zbekiston SSR Oliy va
mahalliy kengashlariga saylovlar yuzakilashib, oldindan tuzilgan ro’yxat va reja
asosida deputatlikka nomzodlar ko’rsatildi. Saylovchilarning 99,9 foizi ovoz berishda
qatnashib, "yakdillik" bilan kommunistlarning vakillariga ovoz berdi. Bu qanchalik
haqiqatga to’g’ri keladi, tushunish qiyin emas. Sovetlar faoliyatida yuzakichilik,
qog’ozbozlik kuchaydi. Oliy Sovetning, ayniqsa mahalliy sovetlarning sessiyalari
vaqtida chaqirilmasdan undagi masalalar ko’pincha muhokama qilinmay yoki
hurfikrliliksiz qabul qilinardi. Saylangan sovetlar vazifasini uning ijroiya qo’mitalari
bajaradigan bo’ldi. Sovetlarga deputat bo’lib saylanganlarning aksariyat qismi jamiyat
taraqqiyotining qonunlaridan xabarsiz, umuman hokimiyatni boshqarish masalalari
bilan qiziqmaydigan shaxslar edi. Ayniqsa oliy sovetlarga saylangan deputatlar rus
tilida olib borilgan sessiya majlislarida respublika manfaatlarini himoya qiladigan
darajada faoliyat ko’rsata olmasdi. 

Download 4.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling