1-mavzu. O‘zbekiston tarixini davrlashtirish masalalari. (2 soat) Reja


Download 67.11 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana03.12.2023
Hajmi67.11 Kb.
#1800201
  1   2   3
Bog'liq
1-maruza



1-mavzu. O‘zbekiston tarixini davrlashtirish masalalari. (2 soat) 
Reja: 
1. O‘zbekiston – ilk insoniyat sivilizatsiyasi beshigi. 
2. Tarixni o‘rganishda davrlashtirishning ahamiyati. 
3. O‘zbekiston tarixini davrlashtirish masalalari
O‘zbekiston – insoniyat taraqqiyoti o‘choqlaridan biri, jahon 
sivilizatsiyasining ajralmas qismi ekanligi olimlar tomonidan e’tirof etilgan. 
Dastlabki sivilizatsiyalar, ularning paydo bo‘lishi va taraqqiy etishi, 
sivilizatsiyaning ilmiy-nazariy tahlili, sivilizatsiyalarga tarixiy-falsafiy yondashuv, 
umuman Sharq va G‘arb sivilizatsiyalarining qiyosiy tahlili tarixshunosligiga nazar 
tashlaydigan bo‘lsak, bu yo‘nalishda A.Toynbi, O.Shpengler, K.Yaspers, 
I.M.Dyakonov, V.Masson, A.Vasilev, M.Barg, M.Albedil, A.Koptev, Yu.Yakoves 
kabi olimlar tadqiqot ishlari olib borganlar. So‘nggi yillarda A.Asqarov, 
R.Sulaymonov, 
E.Rtveladze, 
A.Sagdullaev, 
O‘.Mavlonov, 
T.Shirinov, 
Sh.Shaydullaev, B.Eshovlarning tarixiy tadqiqotlarida “Turon sivilizatsiyasi”, 
“O‘rta Osiyo sivilizatsiyasi”, “O‘zbekiston sivilizatsiyasi” kabilar qiyosiy tahlillar 
asosida e’tirof etilgan.
Dunyo tarixidagi turli hududlarda ijtimoiy-iqtisodiy va tabiiy sharoitlardan 
kelib chiqib turli davrlarda o‘ziga xos sivilizatsiyalar taraqqiy etganligini kuzatish 
mumkin. O‘zbekiston hududlarida ham sivilizatsiya jarayonlari o‘ziga xos 
yo‘nalishda taraqqiy etib borgan bo‘lsa-da, bu yo‘nalishdagi o‘zaro ta’sir inkor 
etilmaydi. Zero, Yurtboshimiz ta’kidlaganidek, “tariximiz kabi, qadimgi 
madaniyatning yaratilishida ham ko‘plab etnik guruhlar, el-elatlar o‘z ulushini 
qo‘shgan. Bu tabiiy hol, chunki, hech qachon, hech qaerda faqat bitta millatga 
mansub madaniyat bo‘lmaydi. Har qanday sivilizatsiya ko‘pdan-ko‘p xalqlar, 
millatlar, elatlar faoliyatining va samarali ta’sirining mahsulidir”.
“Sivilizatsiya”- lotincha so‘z bo‘lib (“civilis”), aynan tarjimasi “grajdanlar”, 
“jamiyatning erkin, ozod a’zolaridan tashkil topgan tuzum, davlatchilik” degan 


ma’noni anglatadi. Ijtimoiy fanlarda sivilizatsiya tushunchasi asosan madaniyat va 
madaniy taraqqiyotining barcha qirralarini ifodalovchi tushuncha sifatidagi mazmun 
kasb etadi. Ushbu mazmunni qisqacha ta’riflaydigan bo‘lsak, sivilizatsiya 
tushunchasi – muayyan hududlarda yashaydigan odamlarning turmush tarzi va 
xo‘jalik yuritish faoliyati, ushbu odamlar hamda hududlar o‘rtasidagi o‘zaro 
munosabatlar, ma’lum davrlarda yaratilgan ma’naviy va moddiy madaniyat
jamiyatning taraqqiy etish jarayonida odamlarning ijodiy imkoniyatlari va 
qobiliyatining samarasini anglatadi. Shu nuqtai nazardan ham sivilizatsiya insoniyat 
taraqqiyotining asosiy mezoni sifatida talqin etiladi. Binobarin, O‘zbekiston 
hududlarida taraqqiy etgan sivilizatsiya ham jahon sivilizatsiyasining ajralmas 
qismi hisoblanadi.
Dunyoning turli burchaklarida yashaydigan xalqlarning tarixning turli 
davrlarida ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy jarayonlarda erishgan yutuqlari hamda 
taraqqiyot bosqichiga ko‘tarilishini sivilizatsiya tushunchasi o‘zida aks ettiradi. Bu 
taraqqiyot bosqichi insoniyatning paydo bo‘lishi va rivojlanishi, jamiyatning 
rivojlanish darajasi, moddiy va ma’naviy madaniyatning yuksalishi, kabilalar va 
xalqlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar bilan izohlanadi.
So‘nggi yillarda O‘rta Osiyo va unga qo‘shni hududlarda olib borilgan 
ko‘plab tarixiy-arxeologik tadqiqotlar bu mintaqa qadimgi Sharq sivilizatsiyasining 
shakllanishi va rivojlanishida o‘ziga xos o‘rin tutganligini asoslab beruvchi ko‘plab 
ma’lumotlar – ashyoviy dalillarni yuzaga chiqardi. Ularning natijasi o‘laroq, 
yuqorida eslatganimizdek, “O‘rta Osiyo sivilizatsiyasi”, “Turon sivilizatsiyasi”, 
“O‘zbekiston sivilizatsiyasi” kabi atamalar ilmiy tadqiqotlar va nashrlarda keng 
ishlatila boshlandi.
Hozirgi O‘zbekiston hududlarining ulkan Yevroosiyo mintaqasi markazida, 
muhim savdo-madaniy yo‘llar kesishgan chorrahasida joylashganligi tarixan 
belgilangan bo‘lib, bu holat mamlakatimizni kishilik tarixining ilk bosqichlaridayoq 
Sharq va G‘arb duyosi o‘zaro muloqotga kirishadigan joy sifatidagi ahamiyatini 
belgilab berdi. Shuning uchun, ham tarix fanining hozirgi taraqqiyot bosqichida 


Vatanimiz tarixini jahon sivilizatsiyasining ajralmas muhim tarkibiy qismi sifatida 
o‘rganish talabalar uchun o‘ta ahamiyatli hisoblanadi.
O‘quvchilar shunga alohida e’tibor berishlari lozimki, O‘rta Osiyo 
sivilizatsiyasi turli hududlarda turli davrlarda shakllandi va rivojlandi. Misol uchun, 
mintaqaning janubiy 
hududlarida yashagan qadimgi kabilalar mil.avv.VI ming 
yillikdayoq dehqonchilikka o‘tib, unumdor xo‘jalikni rivojlantirgan bo‘lsalar, bu 
davrda shimoliy hududlardagi kabilalar asosan ovchilik, baliqchilik va 
chorvachilikning ilk shakllari bilan shugullanganlar. Bu notekislik jarayonini tabiiy-
geografik sharoitlar va o‘zaro aloqalar bilan izohlash mumkin. Bu o‘rinda, O‘rta 
Osiyoning cho‘l va dasht hududlaridagi hamda daryo vohalari hududlarining 
rivojlanish darajasidagi madaniy notekislikni qiyosiy taqqoslab ko‘rish (Kopetdog‘, 
Hisor, Zarafshon tog‘ oldi hududlari hamda Qizilqum, Qashqadaryo va Zarafshon 
vohasining dasht hududlari) muhimdir.
Undan tashqari, O‘rta Osiyoda turli-tuman madaniyat yaratgan qadimgi 
aholining neolit davridayoq, ya’ni, mil.avv.VI-IV ming yilliklardagi o‘zaro 
munosabatlari va bu aholining Sharqdagi, dastlavval Old Osiyodagi boshqa qadimgi 
sivilizatsiya o‘chog‘lari bilan uzviy aloqada bo‘lishi ham mahalliy sivilizatsiyaning 
rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatgan.
Talabalar yana shunga e’tibor berishlari lozimki, O‘zbekiston 
sivilizatsiyasining shakllanishi va bosqichma-bosqich rivojlanib borishida 
mintaqaviy va transmintaqaviy iqtisodiy-madaniy aloqalar tizimi jarayoni asosiy 
o‘rin egallaydi. Chunochi, mahalliy sivilizatsiyaning shakllanishi va rivojlanishi 
murakkab tarixiy jarayon bo‘lib, u iqtisodiy va ishlab chiqaruvchi xo‘jalik 
turlarining paydo bo‘lishi, yoyilishi va evolyusiyasi, ilk boshqaruv shakllarining 
paydo bo‘lishi va taraqqiyoti, qadimgi aholi joylashuvi, migratsiyasi hamda 
etnogenez jarayonlari, davlatchilik, urbanizatsiya va shahar madaniyati rivoji, o‘zaro 
mahsulot almashuvi, savdo-sotiqning vujudga kelishi va taraqqiy etishi, ilk ulov va 
transport vositalaridan foydalanishiga o‘tilishi kabi ko‘plab ijtimoiy-siyosiy, harbiy, 
iqtisodiy hamda madaniy jarayonlar bilan bevosita bog‘liq holda kechgan.


Yuqorida ta’kidlaganimizdek, uzoq asrlar davomida xalqaro savdo va aloqa 
yo‘llari chorrahasida joylashgan, hunarmandchilikda, dehkonchilikda va savdo-
sotiqda qadim an’analarga ega bo‘lgan O‘zbekiston va umuman, O‘rta Osiyoda 
o‘tgan asr va asrimiz boshlarida olib borilgan tadqiqotlar mahalliy sivilizatsiyalar 
taraqqiyoti masalalariga ko‘plab aniqliklar kiritish imkonini berdi. Xususan, 
tadqiqotlar natijasida topilgan ko‘pdan-ko‘p moddiy madaniyat buyumlari O‘rta 
Osiyo xalqlari ilk yozma manbalar – Ossuriya hujjatlari, Avesto, ahomoniylar 
podsholarining mixxat yozuvlari, qadimgi Yunon, Rim, Xitoy tarixchi hamda 
geograflarining asarlarida tilga olinishidan ancha ilgari davrlardayoq rivojlangan 
madaniyat yaratganliklaridan dalolat beradi. Bu esa zamonaviy talabalar bilishi 
muhim bo‘lgan holatdir.
Zamonaviy adabiyotlarda sivilizatsiya taraqqiyoti shartli ravishda ikki davrga 
bo‘linadi. Birinchi davr – bu dastlabki dehqonchilik o‘choqlarida yoki ularga yaqin 
joylarda vujudga kelgan birlamchi sivilizatsiyalar – qadimgi Misr, Mesopotamiya, 
Hind, Xitoy, Mesoamerika, And sivizatsiyalaridir. sivilizatsiyalarning o‘zini o‘rab 
turgan olam bilan aloqalari ularning yutuqlarini qo‘shni hududlarga tarqatish uchun 
shart-sharoitlar yaratishi natijasida ikkilamchi sivilizatsiyalar – Suriya, Baktriya, 
Marg‘iyona, Anatoliya, Minoy, Krit-Miken, Yapon va boshqa sivilizatsiyalar paydo 
bo‘lgan. Ularning madaniyati birlamchi sivilizatsiyalar madaniyatiga o‘xshash 
bo‘lishi bilan birga qaysidir jihatlari bilan farqlanadi. Ayrim holatlarda bu jarayon 
o‘zini vujudga keltirgan sivilizatsiyadan ajralib, mustaqil sivilizatsiyaga aylanishga 
imkoniyat yaratganki, antik davr sivilizatsiyasi bunga misol bo‘lishi mumkin. 
Ikkinchi davr. Ikkilamchi sivilizatsiyalar muttasil kengayishga intilib o‘z 
atrofida juda ko‘p aholini, ba’zan bir nechta mahalliy sivilizatsiyalarni birlashtirgan. 
Natijada jamiyat dinlari shaklidagi mafkura paydo bo‘lgan. Shu tariqa 
sivilizatsiyalarning taraqqiyotida ikkinchi davr boshlanadi. Bu jarayon O‘rta 
Osiyoda mil.avv.VIII-VI asrlar davomida, Hindistonda mil.avv.VI-III asrlarda, 
Xitoyda mil.avv.III-II asrlarda, Yevropada milodga yaqin davrlarda, Janubiy 
Amerikada XV asrda pishib yetilgan edi.


Xullas, birlamchi yoki ikkilamchi bo‘lishidan qat’iy nazar, sivilizatsiya – bu 
dehqonchilik bilan shug‘ullanuvchi, shaharlar barpo etuvchi, o‘z yozuviga ega va 
ma’lum qadriyatlar bilan birlashtirilgan ijtimoiy organizmlarning muayyan tarixiy 
taraqqiyot bosqichidir. 
Eng qadimgi odamlar o‘zlarining rivojlanish bosqichlarida mehnat 
qurollarining turlarini ko‘paytirib va sifatini yaxshilab borganlar. Natijada ularning 
turmush tarzida, jismoniy ko‘rinishida o‘zgarishlar bo‘lib borgan. Shuningdek, miya 
hajmi ham o‘zgarib borgan. O‘rta tosh asridagi turli sabablarga ko‘ra, birinchi 
navbatda tinimsiz mehnat jarayonida inson tafakkurining rivojlanishi natijasida 
neandertal qiyofasidagi odamlar hozirgi qiyofali odamlarga aylana bordilar. Ular 
jismoniy va aqliy jihatdan kamol topib, hozirgi qiyofadagi kishilar vujudga keldi va 
shu bilan antropogenez jarayoni nihoyasiga yetdi. Odamning paydo bo‘lishi yerdagi 
eng buyuk hodisalardan biri bo‘lib, u dastlab toshdan oddiy to‘qmoq yasagan bo‘lsa, 
uzluksiz mehnat, tinimsiz intilish natijasida yuksak madaniyat yaratish daajasiga 
yetib keldi. 
Antropogenez jarayonida mehnatning o‘zgartiruvchanlik mohiyatini 
arxeologiyaga oid turli-tuman manbalar tasdiqlaydi. Turli davrlarga oid moddiy 
madaniyatning almashishi hamda yangi asoslarda rivojlanishi moddiy manbalarning 
tashqi ko‘rinishidan ham aniqlanadi. Ko‘p ming yillar davomida rivojlangan tarixiy 
jarayonlar - odam va jamiyat taraqqiyotida asosiy, bosh mezon mehnat ekanligidan 
dalolat beradi. 

Download 67.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling