1-mavzu. O‘zbekistonda farmatsevtika rivojlanishining qisqacha tarixi
Inventarizatsiya bo‘yicha solishtirish qaydnomalarini tuzish
Download 497.44 Kb.
|
1-mavzu. O‘zbekistonda farmatsevtika rivojlanishining qisqacha t-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Inventarizatsiyadagi farqlarni tartibga solish va inventarizatsiya natijalarini rasmiylashtirish tartibi
Inventarizatsiya bo‘yicha solishtirish qaydnomalarini tuzish
Solishtirish qaydnomalari inventarizatsiya paytida hisob ma’lumotlarida tafovutlar aniqlangan boyliklar bo‘yicha tuziladi. Solishtirish qaydnomalarida inventarizatsiya natijalari, ya’ni buxgalteriya hisobi ma’lumotlari bo‘yicha ko‘rsatkichlar va inven- tarizatsiya ro‘yxatlari ma’lumotlari o‘rtasidagi tafovutlar aks ettiriladi. Ortiqcha va kam chiqqan tovar-moddiy boyliklammg qiymati solishtirish qaydnomalarida ularning buxgalteriya hisobidagi baho- siga muvofiq keltiriladi. Inventarizatsiya natijalarini rasmiylashtirish uchun yagona registrlar qo‘llanishi mumkin, ularda inventarizatsiya ro‘y- xatlari va solishtirish qaydnomalarining ko‘rsatkichlari birlash- tiriladi. Korxonaga tegishli bo‘lmagan, lekin buxgalteriya hiso- bida qayd etilgan boyliklarga alohida solishtirish qaydnomalari tuziladi. Solishtirish qaydnomalari hisoblash va boshqa texnika vositalaridan foydalanib, shuningdek, qo‘lda tuzilishi mumkin. Inventarizatsiyadagi farqlarni tartibga solish va inventarizatsiya natijalarini rasmiylashtirish tartibi Inventarizatsiya paytida aniqlangan boyliklarning haqiqatda mavjudligi buxgalteriya hisobi ma’lumotlaridan farqlari quyida- gicha tartibga solinadi: ortiqcha chiqqan asosiy vositalar, moddiy boyliklar, pul mablag‘lari va boshqa mol-mulk kirim qilinishi va tegishlicha xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy natijalariga yoki budjet tashkilotini moliyalashni ko‘paytirishga qayd etilishi, keyinchalik ortiqcha chiqish sabablari va aybdor shaxslar aniqlanishi kerak; belgilangan me’yorlar doirasida boyliklarning yo‘qolishi xo‘jalik yurituvchi subyektlar rahbarlarining farmoyishiga ko‘ra, ishlab chiqarish va muomala chiqimlariga yoki budjet tashkilotini moliyalashni kamaytirishga hisobdan o‘chiriladi. Tabiiy yo‘qolish me’yorlari haqiqatda kamomad aniqlangan taqdirdagina qo‘lla- nishi mumkin. Bunda belgilangan me’yorlar doirasida boyliklarning yo‘qo- lishi, boyliklar kamomadi qayta asosiy vositalarga ajratishdagi ortiqcha mol bilan hisobga olgach belgilanishiga e’tibor beriladi. Agar belgilangan tartibda o‘tkazilgan qayta asosiy vositalarga ajratish bo‘yicha hisobga olingandan keyin ham boyliklar kamomadi mavjud bo‘lsa, tabiiy yo‘qolish me’yorlari kamomad aniqlangan boyliklar nomi bo‘yichagina qo‘hanishi mumkin. Tasdiqlangan me’yorlar bo‘lmagan taqdirda: tabiiy yo‘qolish me’yorlaridan ortiqcha kamomad sifatida qaraladi; yo‘qolish me’yorlaridan ortiqcha boyliklar kamomadi, shu- ningdek, boyliklar buzilishidan ko‘rilgan talafotlar aybdor shaxslarga yuklanadi; suiiste’mohiklar oqibati bo‘lgan kamomad va talafotlar aniqlanganda, tegishli materiallar kamomad va talafotlar aniq- langandan so‘ng 5 kun davomida tergov organlariga berilishi kerak, aniqlangan kamomad va talafotlar summasiga esa, fuqa-rolik da’vosi taqdim etiladi; boyliklarning yo‘qolishi va boyliklar buzilishi tufaylitalofotlar me’yorlaridan ortiqcha kamomadi, kamomad va buzilishlarning aniq aybdorlari aniqlanmagan hollarda «Tovar ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi to‘g‘risida»gi nizomga muvofiq, xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan ishlab chiqarish va muomala chiqimlariga hisobdan chiqarilishi yoki budjet tashkilotida moliyalashni kamaytirishga qayd etilishi mumkin. Bunda boyliklarning yo‘qolishi va buzilishi tufayli talafotlar me’yorlaridan ortiqcha kamomadini hisobdan o‘chirishni rasmiy- lashtirish uchun taqdim etiladigan hujjatlarda, ana shunday kamomad va talafotlarning oldini olish bo‘yicha qabul qilingan choralar ko‘rsatilishi kerak. Boyliklar buzilishi fakti to‘g‘risidagi xulosalar texnik nazorat bo‘limi yoki sifat bo‘yicha tegishli inspeksiyalardan olinishi kerak. Tabiiy yo‘qolish me’yorlaridan ortiqcha boyliklar kamomadi va buzilishini hisobdan o‘chirishni rasmiylashtirish uchun taqdim etiladigan hujjatlarda tergov-sud organlarining aybdor shaxslar yo‘qligini tasdiqlaydigan yoki aybdor shaxslardan zarar undirilishi rad etiigan qarorlari hamda texnik nazorat bo‘limi va tegishli ixtisoslashtirilgan tashkilotlardan (sifat bo‘yicha inspeksiyalar va h.k.) olingan boyliklar buzilishi lakti to‘g‘risida xulosa bo‘lishi kerak. Qayta asosiy vositalarga ajratish natijasida ortiqcha chiqish va kamomadlarning o‘zaro hisobga olinishiga birginatekshirilayotgan davr uchun, birgina tekshirilayotgan shaxsda, birgina nomdagi tovar-moddiy boyliklarga nisbatan va ishonchli shaxs ruxsatiga ko‘ra, aynan bir xil miqdorlarda istisno tarzida yo‘l qo‘yilishi mumkin. Yo‘l qo‘yilgan qayta asosiy vositalarga ajratish to‘g‘risida moddiy javobgar shaxslar ishonchli shaxsga batafsil tushun- tirish taqdim etadilar. Moddiyjavobgar shaxslar aybi bo‘lmagan holda qayta asosiy vositalarga ajratishda hosil bo‘lgan qiymatdagi kamo- mad farqiga inventarizatsiya bayonnomalarida bunday farq aybdor shaxslarga kiritilmasligi xususida mufassal tushun- tirish berilishi kerak. Inventarizatsiya natijalari inventarizatsiya tugagan oydagi hisob va hisobotda, yillik inventarizatsiyada esa yillik moliyaviy hisobotda aks ettirilishi kerak. Hisobot yilida o‘tkazilgan inventarizatsiyalar natijalari ma’lumotlari inventarizatsiyada aniqlangan natijalar qayd- nomasida umumlashtiriladi. Inventarizatsiya vaqtida aniqlangan boyliklar haqiqatda mavjudligi bilan buxgalteriya hisobi ma’lumotlari o‘rtasidagi tafovutlarni tartibga solish to‘g‘risidagi takliflar ko‘rib chiqish uchun xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbariga taqdim etiladi.
Moddiy boyliklar inventarizatsiyasi o‘tkazilishining to‘g‘riligini tekshirish Download 497.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling