1-mavzu. O‘zbekistonda farmatsevtika rivojlanishining qisqacha tarixi
Download 497.44 Kb.
|
1-mavzu. O‘zbekistonda farmatsevtika rivojlanishining qisqacha t-fayllar.org
14-mavzu.HISOBOT. INVENTARIZASIYA
Inventarizatsiyaning vazifasi, turlari va o‘tkazish vaqti Inventarizatsiya — xo‘jalik vositalarining qanchaligini aniqlash, ularni buxgalteriya hisobi ko‘rsatkichlari bilan solishtirishdir. Inventarizatsiyani xo‘jalik yurituvchi subyektlarda o‘tkazish tartibi O‘zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisoboti to‘g‘risida»gi Qonuni 1-moddasiga muvofiq ishlab chiqilgan. Uni o‘tkazishni tashkil qilish O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 1999-yildagi 833-yo‘riqnomasi bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan va O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobi milliy andozasi 19-BHMA bo‘yicha olib boriladi. Dorixonalarda inventarizatsiya tovarlar, tara, yordamchi mate- riallar, xomashyo, yarimtayyor tovarlar, dorivor o‘simlik xomashyosi, qurilish materiallari, yoqilg‘i va yonilg‘i, asosiy vositalar, tez eskiruvchi buyumlar, pul mablag‘lari, qimmatli qog‘ozlar, xaridor ta’minotchilar bilan, hisobdor shaxslar bilan, davlat budjeti va bank bilan hisob-kitoblar, ishlab chiqarish zaxiralari va qaysidir sabablar bilan hisobga olinmay qolingan mulklar uchun o‘tkaziladi. Quyidagi hollarda inventarizatsiya o‘tkazish shart: mol-mulk ijaraga berilganda, sotib olinganda, sotilganda, shuningdek, davlat korxonasi davlat tasarrufidan chiqarilgan chog‘da qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda; yillik moliyaviy hisobotni tuzish oldidan, inventarizatsiya hisobot yilining 1-oktabridan kechiktirmay. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 1998-yil 28-av- gustda 486-raqam bilan ro‘yxatga olingan «Tovar-moddiy zaxi- ralar» deb nomlangan 4-BHMAga binoan, tovar-moddiy zaxi- ralar bir yilda kamida bir marta inventarizatsiya qilinadi. O‘zbe- kiston Respublikasi Adliya vazirligida 1998-yil 23-sentabrda 491-raqam bilan ro‘yxatga olingan «Asosiy vositalar» deb nom- langan 5-BHMAga muvofiq, asosiy vositalar ikki yilda kamida bir marta inventarizatsiyadan o‘tkaziladi. Pul mablag‘lari, pul hujjatlari, boyliklar va qat’iy hisobdagiblanklar yoqilg‘i-moylash materiallari oyda bir marta inven- tarizatsiya qilinadi. Ayrimjoylar va mavsumiy tusda ishlaydigan korxonalarda ishlab chiqarish zaxiralari kam miqdorda qolganda, quyidagi hollarda inventarizatsiya qilinadi: asosiy vositalar va tovar-moddiy boyliklari qayta baho- langanda; moddiy javobgar shaxslar almashganda; o‘g‘irlik sodir bo‘lganda; tabiiy ofatlar, yong‘inlar yuz berganda; xo‘jalik yurituvchi subyekt tugatilganda. Jamoaviy moddiyjavobgarlik sharoitida inventarizatsiya jamoa rahbari o‘zgarganda,jamoadan uning ellik foizdan ortiq a’zolari chiqib ketganda, shuningdek,jamoaning bitta yoki bir nechta a’zosi talabi bilan o‘tkaziladi. Download 497.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling