1-mavzu. O‘zbekistonda farmatsevtika rivojlanishining qisqacha tarixi
Dorixona kassasidagi naqd pullar harakati
Download 497.44 Kb.
|
1-mavzu. O‘zbekistonda farmatsevtika rivojlanishining qisqacha t-fayllar.org
Dorixona kassasidagi naqd pullar harakati
Naqd pullar tushishining turlari va hisobi Dorixona kassasiga kelib tushadigan naqd pullarning asosiy manbayi — bu aholidan, xarid qilingan dori-darmon va boshqa mollar uchun to‘langan pullardir.Dorixonalarda naqd pullar nazorat-kassa mashinasi orqali qabul qilinadi. Kassirning kassa mashinasida ishlash tartibi yo‘riq- nomada belgilangan. Har bir nazorat-kassa mashinasining ishlab chiqargan korxona tomonidan berilgan raqami bo‘lib, u hamma hujjatlarda aks ettiriladi. Nazorat-kassa mashinasining pasportiga, uni ishga tushirish, o‘rta va to‘liq ta’mirlanishi haqidagi ma’lumotlar kiritiladi.Kassa mashinasini ishlatishga berishdan oldin, ta’mirlash bo‘yicha mexanik, uning ishga yaroqliligini, to‘g‘ri ishlashini tekshiradi, bu asosida mashinani tamg‘alaydi va pasportiga uni ishga tushirilganligi haqidagi tegishli ma’lumotlarni kiritadi. Tamg‘aning butunligiga dorixona rahbari javobgar hisoblanadi.O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining qaroriga binoan, 1995-yil 1-yanvardan boshlab, har bir savdo tarmoqlarining kassa apparatisiz ishlashlari man qilingan. Chunki, soliq to‘lashda uning ko‘rsatkichi asos bo‘ladi.Har bir kassa mashinasiga kassir-operator daftari tutiladi. Daftar varaqlari raqamlangan, tikilgan, dorixona mudiri va bosh buxgalter imzosi bilan tasdiqlangan, dorixonaning muhri bilan muhrlangan bo‘lishi kerak. Kassir mashinasining pasporti, kassir operator daftari, kassa bo‘yicha dalolatnoma va boshqa hujjatlar dorixona mudiri, uning o‘rinbosari yoki hisobchida saqlanadi. Kassir-operator daftaridagi jami yozuvlar bir tartibda, siyohli ruchkada, xatosiz yozib boriladi. Daftarga kiritilgan hamma Aholidan pul qabul qilayotganda, kassir quyidagi tartibga rioya qilishi kerak: xaridordan sanab olingan pullarni alohida ko‘rinadigan joyga qo‘yishi; chekdagi sana, bo‘lim pul miqdorining aniq va to‘g‘ri o‘ralganini tekshirishi; xaridor bilan to‘liq hisob- kitob qilib bo‘lgandan keyingina, unga chekni berishi, shundan keyingina olingan pullarni kassa qutisiga solishi kerak. Kassa mashinasidan chek qog‘ozi chiqmay qolgan holda kassir darhol dorixona mudirini yoki hisobchini chaqirishi, ular bilan birgalikda muammoni bartaraf etish choralarini qidirishi kerak. Nazorat-kassa qog‘ozisiz ishlash qat’iyan man etiladi. Shuni ta’kidlash lozimki, dorixonalarning kassa apparatisiz ishlashi, chek bermaslik va boshqa holatdagi qo‘yilgan xatoliklar uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 26-avgustdagi 370-qaroriga binoan ma’lum jazolar belgilangan. Xaridorlar tomonidan qaytarilgan cheklar bilan kassadan beriladigan pul dorixona mudiri yoki muovini tomonidan imzo- lanadi. Kunning oxirida qaytarib berilgan pulga kassir ma’muriyat bilan birga dalolatnoma tuzadi. Dalolatnomada chekning raqami, qiymati va berilgan kuni ko‘rsatiladi, undan so‘ng chekni, qog‘ozga yopishtiriladi va kassa hujjatlari bilan buxgalteriyaga saqlash uchun topshiriladi. Foydalanilgan kassa-nazorat tasmasi hamda kassa cheklari dorixonada joylashtirilgan va muhrlangan holda moddiy boyliklarni taftish qilingunga qadar saqlanadi va uning natijalari ma’lum bo‘lishi bilan bir oydan so‘ng yo‘q qilinadi. Kassa mashinasi hisoblagich ko‘rsatkichlarining kun oxiridagi va kun boshidagi qiymatlari farqi bilan kundalik savdo puli miqdori hisoblanadi. Kassa mashinasining yig‘ma pul hisoblagichlari ortib boorish tartibida ishlaydi. Kassa mashinasining yig‘ma hisoblagichlari har kuni va har smenada olinganda, nolga o‘tkazilmaydi. Hisoblagich ko‘rsatkichlari nolga o‘tkazilishi, yuqori tashkilot rahbarining yozma ko‘rsatmasiga binoan, uning vakili ishtirokida, yangi kassa mashinasini ishga tushirayotganda yoki uni ta’mirlash vaqtida, shuningdek, inventarizatsiya vaqtida inventarizatsiya hay’ati raisining ko‘rsatmasiga binoan amalga oshiriladi. Bunda kassa mashinasining nazorat ko‘rsatkichlarini nolga o‘tkazish haqida ikki nusxada dalolatnoma rasmiylashtiriladi. Nazorat-kassa mashinasini dorixonada ta’mirlashda yoki ta’mir- lash ustaxonasiga topshirganda, nazorat va pul hisoblagichlarining ko‘isatkichlari olingani haqida dalolatnoma tuziladi, uni ta’mirlash- dan qaytarilganda ham hisob-nazorat guruhi xodimlari ishtirokida ikki nusxada dalolatnoma tuziladi. Shu vaqtning o‘zida, kassir- operator kitobida bu haqda yozuv yoziladi. Dalolatnomaning asl nusxasi kassa hisoboti bilan hisob-kitob bo‘limiga, ikkinchi nusxasi ta’mirlash ustaxonasiga beriladi. Nazorat-kassa mashinasi bilan ustaxonaga uning pasporti ham qo‘shib topshiriladi. G‘azna bo‘yicha dorixona shoxobchasi savdosidan tushgan savdo puli g‘aznaning kirim orderi ko‘chirmasi bilan g‘aznachi tomonidan rasmiylashtiriladi, g‘aznachisi bo‘lmagan dorixonalarda esa savdo pulini qabul qilib oluvchi moddiy javobgar shaxs tomonidan rasmiylashtiriladi. G‘aznaning kirim orderi avvaldan raqamlanib qo‘yilgan bo‘lib, buxgalteriyada g‘aznaning kirim orderlarini qayd qilish dafarida ro‘yxatga olinadi, sana, g‘aznaning kirim orderi raqami, tushgan pulning nima maqsadga mo‘ljallanganligi va uning miqdori ko‘rsatilgan bo‘ladi. G‘aznaning kirim orderiga g‘aznachi, g‘aznachisiga ega bo‘l- magan dorixonalarda moddiyjavobgar shaxs hamda g‘aznachi hisobotini tekshiruvida buxgalter imzo chekadilar. G‘aznaning kirim orderi bilan taqdim etiladigan hujjatlarga muhr uriladi yoki sana ko‘rsatilgan (yil, oy va kun) «Qabul qilindi» yozuvi bosiladi. Savdodan tushgan pulni topshiruvchi shaxsga pulni qabul qilin- ganligi haqida g‘aznaning kirim orderi bilan g‘aznachi va bux- galter imzosi hamda dorixona muhri bosilgan kvitansiya beriladi. Dorixona shoxobchalarida hisobot beruvchi shaxslari va dorixonaning boshqa shaxslaridan savdodan tushgan pulni qabul qilib olishjarayonlari buxgalteriyada hisobga olinadi. Bemorlar parvarishi uchun ishlatiladigan sanitariya, gigiyena va fizioterapiya buyumlarini ijaraga berish joriy etilgan bo‘ladi. Ikki nusxada majburiyatlar rasmiylashtiriladi. Ijara mablag‘larini oluvchi shaxsdan ijara haqi olinib, g‘azna apparatining alohida schotchigiga yoki ijara punkti tashkil etilgan bo‘lim schotchigiga uriladi. Ijara mablaglarini oluvchi shaxsga g‘aznada chek beriladi, u chek majburiyatlari aks ettirilgan hujjatning bir nusxasi bilan ijara punktida qoldiriladi, ikkinchi nusxasi mablag‘lar bilan birgalikda ijarachiga beriladi. Oylik maosh, xizmat safari puli va boshqa xo‘jalik xarajatlari uchun naqd pul olishda davlat banki muassasalarida bir nusxada pul cheki to‘ldiriladi. Ushbu chekka pulni olish yuklatilgan shaxs imzo chekadi. Chek 10 kun muddat ichida yaroqlidir. Chekda hech qanday xatoliklar va to‘g‘rilashlarga yo‘l qo‘yilmaydi. Chek- larga kreditlarni taqsimlovchi shaxs imzo chekadi. Chek kitob- chalari bosh buxgalteming seyhda saqlanadi. Chek bo‘yicha olingan naqd pullar g‘aznaning kirim orderi bilan rasmiylashtiriladi. G‘aznaning kirim orderi bilan berilgan kvitansiyaga g‘aznachi imzo chekkandan so‘ng, bank tomonidan beriladigan ko‘chirmaga qo‘shib qo‘yish uchun nazorat olib borish maqsadida buxgalteriyaga topshiriladi. Hisob-kitob schotidan kassaga olingan pul ishchi-xizmat- chilarga ish haqi, mukofot to‘lash, nafaqa berish, xizmat safari xarajatlarini qoplash, dorivor o‘simlik tovarlari, dorixona idishlari, idora mollari va h.k.larni sotib olishga; dori tayyorlashjarayonida uni buzib qo‘yish, noto‘g‘ri saqlash tufayli ishchiningaybi bilan korxonaga keltirilgan zararni qoplashga olingan pullarni to‘liq xarajatlamagan hollarda hisobot beruvchi shaxslarning avans pullarini qaytarishi g‘aznaning kirimjarayonlari qatorigakiradi. Bankdan olingan mablag‘lar belgilangan maqsadlar uchun xarajatlanishi lozim. Turli tashkilotlar va shaxslardan olingan naqd pullarning hammasi kelib tushganda, g‘aznada g‘aznaning kirim orderiilan rasmiylashtiriladi. G‘aznaning kirim orderi uchunkvitansiyani g‘aznaga pul topshirayotgan shaxsning qo‘liga beriladi.Kirim-kassa jarayonlariga quyidagilar kiradi: aholidan tushgan naqd savdo puli;dorixona shoxobchalaridan tushgan savdo puli; garov summasi (hassa, kislorod yostiqchasi, qo‘ltiqtayoq); hisobotli shaxsning foydalanmagan — xarajatlanmagan bo‘nak summasini qaytarib bergani;kvitansiyalar orqali kelib tushgan summa (ko‘zoynaklar gardishini ta’mirlash, keltirilgan zararni qoplash uchun to‘langan summa); bank orqali kelib tushgan summa (xizmatchilarga maosh uchun, ta’mirlash, dorivor o‘simliklar xomashyosini, shisha idishlarni sotib olish). Kunning oxirida kassa-savdo pulini bo‘lish- dagi cheklarni hisoblash bilan aniqlangan savdo puliga taqqos- lanadi. Uning natijasi hisobotda rasmiylashtiriladi, unda yuqorida zikr qilingan ma’lumotlar qayd qilinadi. Agarda kassa cheklarni hisoblangandagiga to‘g‘ri kelmasa, unda qalbaki cheklar berilgan yoki xaridorlaming tovami olmasdan ketib qolganligi oqibati emasligi aniqlanadi. Qalbaki cheklar bilan berib yuborilgan tovar qiymati aybdordan shaxsan undiri bolinadi. Xaridorni olib ketmagan tovar qiymati ortiqcha chiqqan tovar sifatida kirim hisobida rasmiylashtiriladi. Dorixona filiallarining naqd savdo puli bosh buxgalter yoki shunga kafolatlangan shaxs imzo chekkan kassa-kirim orderi orqali qabul qilinadi. Ijaraga berilgan buyumlar harakati maxsus daftarchada hisobga olib boriladi. Daftarcha ijara punktida dorixona mudiri yoki muovinlari tomonidan olib boriladi. Ijara buyumlarini berish vaqtida majburiyat ikki nusxada rasmiylashtiriladi. Undan tushgan mablag‘ dorixona oylik hisobotida alohida ko‘rsatiladi. Vaqtincha yashab turgan kishilar ijara punktiga kassa orqali garov summasini chakana narxda o‘tkazadilar. Ijaradan tushgan savdo puli dorixonaning savdo hajmiga kiritilmaydi. Bu dorixo- naning rejalashtirmagan foyda turlaridan biridir, ular Tovar hisobotida alohida — «ijara uchun» deb ko‘rsatiladi. Chiqim-kassa jarayonlariga quyidagilar kiradi: Download 497.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling