1-mavzu. O‘zbekistonda farmatsevtika rivojlanishining qisqacha tarixi


Dorixonada «Tovar-moddiy boyliklar sarfi» tushunchasi o‘zichiga quyidagilarni oladi


Download 497.44 Kb.
bet54/66
Sana02.06.2024
Hajmi497.44 Kb.
#1834206
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   66
Bog'liq
1-mavzu. O‘zbekistonda farmatsevtika rivojlanishining qisqacha t-fayllar.org

Dorixonada «Tovar-moddiy boyliklar sarfi» tushunchasi o‘zichiga quyidagilarni oladi:



  • dorixonada tayyorlangan dori shakllaridan nazorat uchun namuna olish;



  • tovar-moddiy boyliklarning xo‘jalik ehtiyojlari uchun sarfi;



  • birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish uchun sarf;



  • tovar-moddiy boyliklarni qayta baholash natijasida g‘am- lamalar qiymatining kamayishi.



Yaroqsiz yoki muddati o‘tgan dorilarni sarfdan chiqarish va boshqalar.
Xo ‘jalik ehtiyojlari uchun ishlatiladigan tovar-moddiy boyliklarning hisobi
Xo‘jalik ehtiyojlari o‘z ichiga quyidagilarni oladi: idishlarni zararsizlantirish, jihozlar va qurilmalarni, pol va derazalarni yuvish va ishlov berish, sanitar kiyimini yuvish va boshqalar. Bu
maqsadlar uchun sovun, yuvish vositalari, kraxmal, xloramin, novshadil spirti, gorchitsa, efir, etil spirti va boshqalar ishlatiladi. Bu vositalar kerak bo‘lganda yordamchi xodimga beriladi va moddiy javobgar shaxs tomonidan «Xo‘jalik ehtiyojlar uchun sarflanadigan farmatsevtik tovarlarning hisob daftari»da qayd etiladi.
Oyning oxirida daftardagi yakuniy ma’lumotlar «Xo‘jalik ehtiyojlari uchun sarflangan tovar-moddiy boyliklarni hisobdan chiqarish haqida dalolatnoma»ga o‘tkaziladi. Dalolatnoma ikkinusxada tuzilib, birinchi nusxasi moddiyjavobgar shaxsning tovar hisoboti bilan birgalikda buxgalteriyaga beriladi, ikkinchisi esajavobgar shaxsda qoladi.
«Xo‘jalik ehtiyojlari uchun sarflanadigan tovar-moddiy boy- liklarning hisob daftari»da ishlatiladigan moddiy boyliklar har bir nomining qarshisida qayd etilgan dalolatnomaning raqami va sanasi yoziladi.
Dalolatnoma xo‘jalik ehtiyojlariga sarflangan tovar-moddiy boyliklarni chiqimlarga kiritish uchun dalil hujjat vazifasini bajaradi va moddiyjavobgar shaxsning tovar hisobotiga ilova qilinadi. Sarflangan summa dorixonaning xarajatlar hisobidan chiqariladi.
Birinchi tibbiy yordam berishda dori vositalari sarfining hisobi
Birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish — dorixonaning vazifala- ridan biridir. Birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilganligi haqida ma’lumotlar «Birinchi tibbiy yordam berishda farmatsevtik tovarlar sarfining hisob daftari»da qayd etiladi.
Oy oxirida daftardagi yozuvlar asosida «Birinchi tibbiy yordam berishda sarflangan farmatsevtik tovarlarni hisobdan chiqarish to‘g‘risida dalolatnoma» tuziladi. Dalolatnoma ikki nusxada tuziladi. Birinchi nusxasi moddiy javobgar shaxsning Tovar hisobotiga ilova qilinib, buxgalteriyaga beriladi, ikkinchisi esa, moddiy javobgar shaxsda qoladi. «Birinchi tibbiy yordam berishda tovar-moddiy boyliklar sarfining hisob daftari»da dalolatnoma raqami va uning tuzilgan sanasi qayd etiladi.
Tahlil uchun olingan dori vositalarining hisobi
Yakka tartibda tayyorlangan dorilar uchun «Dori shakllarini tanlab olish bayoni» yoki tayyor dori shakllari uchun «Tahlil uchun olingan namunalar dalolatnomasi» tuzilgan hujjatlar asosida namunalarni tanlab olinadi. Bu hujjatlarda dorining nomi yoki dori shaklining tarkibi, uni tayyorlab va tekshirib bergan shaxsning F.I.Sh., o‘rtacha namunaning miqdori, qiymati, summasi, namunani tanlab olgan farmatsevt-ekspertning va dorixona rahbarining imzosi qo‘yiladi.
Hujjatlar ikki nusxada tuziladi: bittasi — laboratoriyada, ikkinchisi esa, moddiyjavobgar shaxsda qoladi va tovar hisobotiga dori vositalari xarajatini tasdiqlovchi hujjat sifatida ilova qilinadi.

Download 497.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling