1-mavzu. O‘zbekistonda farmatsevtika rivojlanishining qisqacha tarixi


Tovar-moddiy boyliklarning tabiiy yo‘qotishlarini hisobga olish


Download 497.44 Kb.
bet55/66
Sana02.06.2024
Hajmi497.44 Kb.
#1834206
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   66
Bog'liq
1-mavzu. O‘zbekistonda farmatsevtika rivojlanishining qisqacha t-fayllar.org

Tovar-moddiy boyliklarning tabiiy yo‘qotishlarini hisobga olish
Tovar-moddiy boyliklarning yo‘qotishlarini uch guruhga bo‘lish mumkin:


  • tabiiy yo‘qotishlar: saqlash, qadoqlash, ishlab chiqarish va boshqalar bilan bog‘liq bo‘lgan yo‘qotishlar;



  • asoslangan buzilishlar;



  • asoslanmagan buzilishlar.



Tabiiy yo‘qotish dorixonalarda moddiy boyliklarni inventa- rizatsiya qilish vaqtida to‘liq tushuntirib berilgan, tabiiy kama- yishlar yo‘qotishlar qatoriga kirib, dorixona xarajatlari hisobi inventarizatsiya natijalariga asosan olib boriladi.
Boshqa asoslangan va asoslanmagan buzilishlar turlari, agarda ularda quyidagi sabablar yuz bersa, tabiiy yo‘qotish me’yorlariga kiritilmaydi:



  • noto‘g‘ri saqlanganligi;



  • yaxshi qadoqlanmaganligi;



  • noto‘g‘ri tashish;



  • tabiatdagi o‘zgarishlar;



  • saqlash muddati tugashi va boshqalar.



Bunday yo‘qotishlar «Tovar-moddiy boyliklarning buzilishi haqidagi dalolatnoma»sida rasmiylashtiriladi. Bunday dalolatnoma inventarizatsiya jarayonida, inventarizatsiya hay’ati tomonidan ikki nusxada sabablar va aybdorlarni ko‘rsatish bilan yoki buzilish dalillarini aniqlash vaqtida moddiy boyliklarning har bir guruhiuchun alohida tuziladi. Ikkala nusxa ham moddiy javobgar shaxs yoki moddiy boyliklarni yo‘qotishda sababchilar yozma tushuntirish bilan dorixona rahbariga tasdiqlash va chora ko‘rish uchun beriladi. Dalolatnoma tasdiqlangandan so‘ng, bir nusxasi buxgalteriyaga beriladi, ikkinchisi esa, moddiy javobgar shaxsda qoladi va tovar hisobotiga qo‘shib qo‘yiladi, tovar-moddiy boy- liklaming yaroqsiz holga kelib qolganlarini chiqim hisobiga kiritiladi.
Moddiyjavobgar shaxsni moddiy boyliklarning buzilishida aybsizligini isbotlaganda, yaroqsiz holga kelgan tovarlarning qiymati chiqim hisobiga qo‘shilishi mumkin. Qolgan hollarda yaroqsiz tovar-moddiy boyliklarning qiymati aybdor shaxsdan yoki moddiy javobgar shaxsdan ko‘rsatilgan tartibda undiriladi.
Dalolatnoma yuzasidan qilingan xulosadan so‘ng, yaroqsiz holga kelib qolgan tovar-moddiy boyliklarni Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan me’yoriy texnik hujjatlar asosida yo‘qotiladi.
Yaroqlilik muddati tugagan dori vositalari qiymatini hisob- dan chiqarish, dori moddalarini qo‘llash muddati tugaganligi dalilidan so‘ng, hisobdan chiqarish dalolatnomasi rasmiylashtiriladi. Yaroqlilik muddati o‘tkazib yuborilgan dori vositalari hisobi chiqim hisobiga qo‘shilishi mumkin yoki moddiyjavobgar shaxslar tomonidan to‘latiladi. Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan holatga muvofiq tarzda dori vositalarini qo‘llash muddati tugaganda yo‘qotiladi.
Dalilsiz buzilishlar qiymati (moddiy javobgar yoki boshqa shaxslar aybi yoki beparvoligi bilan) aybdor shaxslardan undi- riladi. Shunday buzilishlar turi aniqlangan zahoti, tasdiqlangan shakldagi dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi. Dorixonaning rahbari dalolatnomani tasdiqlaydi. Muddati o‘tgan, buzilgan moddiy boy- liklar qiymatini qoplashlar ham u tomonidan hal etiladi.
Hamma yuqorida ko‘rsatilgan tovar-moddiy boyliklaming chiqim jarayonlari, ularning yo‘qotishlarga tegishliligi haqida isbotlovchi hujjatlar tasdiqlangandan so‘ng, «Moddiyjavobgar shaxslarning
hisoboti», «Chiqim» bo‘limida qayd etiladi. Har bir tasdiqlovchi hujjatning nusxasi hisobotga ilova qilinadi. Bu moddiy boyliklarning chiqimlari tovarlarning ulgurji va chakana narxlardagi zaxiralar
qiymatining kamayishiga olib keladi, zaxiralarning qiymatidan hosil bo‘lgan savdo ustamasi summasi esa shu tovarlarning chakana va ulgurji narxlardagi qiymati o‘rtasidagi farqiga kamayadi.
Chiqimga tovarlarni ichidagi o‘tkazishlar (bitta bo‘limdan boshqasiga yoki uning filiallariga) ham kiradi. Bu o‘tkazishlar talabnoma yukxati yoki ichki o‘tkazishlar yukxati bilan rasmiy- lashtiriladi. Bunday holatlarda moddiy boyliklarni beradigan bo‘linma o‘zining tovar hisobotidagi «Chiqim» qismida, qabul qiluvchi bo‘linma esa tovar hisobotining «Kirim» qismida qayd etiladi.

Download 497.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling