1-mavzu. O‘zbekistonda farmatsevtika rivojlanishining qisqacha tarixi
G‘azna kitobini olib borish va g‘aznada pul saqlanishi
Download 497.44 Kb.
|
1-mavzu. O‘zbekistonda farmatsevtika rivojlanishining qisqacha t-fayllar.org
G‘azna kitobini olib borish va g‘aznada pul saqlanishi
O‘z g‘aznachisiga ega bo‘lgan har bir dorixona, dorixona tarmoqlari g‘azna kitobini to‘ldirib borishadi, u raqamlangan, tikilgan, dorixona muhri bilan muhrlangan, rahbar, markaz- lashgan buxgalteriyaning bosh buxgalteri yoki uning o‘rinbosarlari imzosi qo‘yilgan bo‘lishi zarur. Dorixona rahbarlari g‘aznadagi pulning butunligini, shuning- dek, ularning kredit muassasalaridan, yuqori turuvchi tashkilot- lardan keltirilishini, kredit muassasalariga topshirilishini ta’minlab berishlari zarur va agarda ularning ayblari bilan kerakli sharoit yaratilmagan bo‘lsa, ular uchun javobgar hisoblanadilar. G‘azna xonasi alohida bo‘lishi, uning eshigi operatsiyani amalga oshirish vaqtida ichkari tomondan berkitilishi zarur. Aloqasi yo‘q shaxslarga g‘aznaning ichiga kirish man etiladi. Dorixonada ish vaqtining oxirida qolgan pullarning barchasi va qimmatli qog‘ozlar ishning tugashi bilan qulflanadigan va g‘aznachining surg‘uchlangan muhri bilan bosib qo‘yiladigan seyflarda saqlanishi lozim. Seyfning kalitlari g‘aznachida, ikkinchi usxasi g‘aznachi tomonidan muhrlanib qo‘yilgan paketlarda, dorixona mudirida saqlanadi. G‘aznada dorixonaga tegishli bo‘lmagan naqd pullaming saqlanishi man etiladi. G‘azna xonasini ochishdan avval g‘aznachi qulf, eshik, oynalar, panjaralar, muhrlarning butligiga ishonch hosil qilishi kerak. Sanab o‘tilganlarning birontasi ma’lum o‘zga- rishga uchragan bo‘lsa, darhol dorixona mudirini xabardorqilishi zarur, u, o‘z navbatida, tegishli ichki ishlar organlariga xabar berishi lozim. Dorixonalarda oyda bir marta to‘satdan g‘aznadagi pulni va boshqa qimmatbaho buyumlarni qayta sanash bilan g‘azna taftishlari o‘tkazib turiladi. Qat’iy hisobot ostida bo‘lgan blanklar va ularning berishi hisobga oluvchi daftarda qayd qilinadi. G‘azna xonasining taftishini o‘tkazish uchun dorixona mudiri buyruq asosida hay’at tayinlaydi, ular, o‘z navbatida, tekshiruv natijalari bo‘yicha ikki nusxada dalolatnoma tuzadilar: birinchisi buxgalteriyaga, ikkinchisi g‘aznachida qoladi. G‘aznada boylik- larning yetishmovchiligi yoki ko‘payib ketganligi ma’lum bo‘lib qolsa, dalolatnomada ularning miqdori va g‘aznachining tushun- tirish xati asosida bu kamchiliklarning kelib chiqish holati tushuntiriladi. Yetishmovchiliklar g‘aznachi tomonidan o‘sha zahoti g‘aznaning kirim orderi bo‘yicha qoplanadi, ortiqchasi davlat budjetiga o‘tkazib yuboriladi. Download 497.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling