1-Mavzu. O‘zgaruvch


Download 179.66 Kb.
bet3/7
Sana14.03.2023
Hajmi179.66 Kb.
#1267666
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-Mavzu. O‘ZGARUVCHAN ISHBILARMONLIK MUHITIDA TAVAKKAL QILISH VA FOYDA OLISH

1.3. Tavakkalchilik darajasi, ularni kamaytirish yo‘llari

Tadbirkorlik faoliyatida har qanday xo‘jalik subyekti uchun bozor munosabatlariga o‘tish noaniqlik va tavakkalchilikning oshib borishi bilan bog‘liq. Korxona va alohida tadbirkorlar ichki va tashqi


20

bozorlarda mustaqil shartoma tuzish huquqini qo‘lga kiritganlaridan keyin, birinchi marta, muttasil o‘zgarib turadigan bozor konyukturasi sharoitida biznes faoliyatining muqobil yo‘nalishlarini tanlash muammosiga duch keladilar.
Tadbirkorlik muhiti korxonaning bozor iqtisodiyoti sharoitida ichki va tashqi omili ishchanlik faolligi va moliyaviy barqarorligini ta’minlovchi juda o‘zgaruvchandir. Shuning uchun ularni doimiy ravishda kuzatish va nazorat qilish kerak bo‘ladi. Bu esa xo‘jalik tavakkalchiligini boshqarish imkonini beradi va ishbilarmonlik faoliyatining samaradorligini oshiradi.
Tadbirkorlik muhitiga siyosiy vaziyat, iqtisodiy ahvol, qonun-chilik asosi, xalqning ijtimoiy-madaniy saviyasi, tarmoqlarning ilmiy – texnik darajasi; tabiiy, iqtisodiy sharoit va bozorning o‘ziga mos tarkibi, ya’ni konyukturasi ta’sir ko‘rsatadi. Agar ko‘rsatilgan ishbilarmonlik muhitining har bir elementini tahlil qilsak, u holda ularning hozirgi kichik biznesning darajasini qoniqarli deb hisoblash mumkin va u Respublikada kichik biznesning taraqqiyotini ta’minlay oladi. Ammo mulkni himoya qiluvchi va shartnomalarga to‘la amal qilishni kafolatlovchi, qonunchilik tizimining yo‘qligi, tovar harakatini qat’iy tartibga solinishi, eksport uchun maxsus ruxsatnoma (litsenziya) berish tizimining murakkabligi, eksport uchun boj to‘lovlarining mavjudligi, xullas amalda mol-mulkka davlatning yakka hokimligi kichik biznesda xo‘jalik yurituvchi subyektlarning tavakkalchiligini sezilarli darajada oshiradi.
Tadbirkorlik faoliyatidagi yutuqlar va yo‘qotishlar moddiy (material), mehnat, moliyaviy, vaqt va oqibatlar: kishilar salomatligi va hayoti, atrof= muhit, obro‘-e’tibor va boshqalarga ijobiy va salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillar oqibatlarga tayyor turish maqsadga muvofiqdir. Bu barcha xavf-xatar manbalari ular ichida eng muhimlarini to‘laroq aniqlash imkonini beradi.
Ko‘rsatilgan har bir yutuq yoki yo‘qotishlar turlicha o‘lchov birliklarga ega bo‘lgani uchun xavf-xatar va tavakkalchilikka baho berishda ularni narx shakliga keltirish kerak bo‘ladi. Ularning yuzaga kelish imkoniyati va miqdorlariga dastlabki baho berishni bir oy, yil, ya’ni tadbirkorlik ishini amalga oshirishining aniq muddatini o‘z ichiga olgan aniq muddatlarda o‘tkazish kerak.
21

Yuzaga kelish ehtimolli bo‘lgan yutuq va yo‘qotishlarning kompleks tahlilini o‘tkazishda xavf-xatar tavakkalchilik baholash uchun tavakkalchilik faoliyatining barcha manbalarini va ular ichida eng kuchlilarini aniqlash muhim ahamiyatga ega. Kutilayotgan natijalarni aniqlovchi (asosiy) va yondosh (ikkinchi darajali) turlarga bo‘lish kerak.
Yangi ko‘rilayotgan yutuq yoki yo‘qotishlar ichida yoki miqdor, yoki yuzaga kelish ehtimoli bo‘yicha boshqalarga qaraganda eng katta solishtirma og‘irlikka ega bo‘lgan bitta turdagisi ajralib chiqsa, u holda xavf-xatar darajasini miqdor bo‘yicha baholashda yutuq yoki yo‘qotishning faqat shu turini qabul qilish mumkin bo‘ladi. Umuman olganda, faqat biznes loyihalarini tuzishda bashorat qilib bo‘lmaydigan tasodifiy yutuq va yo‘qotishlarnigina hisobga olish kerak. Agar, daromad yoki zararni oldindan ko‘rish imkoni bo‘lsa, ularga ehtimollik emas, balki rejali ko‘rsatkichlar sifatida qaralishi kerak.
Xo‘jalik faoliyatining aniq yo‘nalishini tanlashda eng qulay masalalar hal qiluvchi ko‘rsatkichni ajratib olish hamda ko‘rsatkichlarni oxirgi natijaga ko‘rsatadigan ta’sirini mulohaza qilish orqali amalga oshiriladi.
Shunday qilib, ishbilarmon o‘zini xo‘jalik faoliyatini amalga oshirishda tutiladigan narx-navo va soliq to‘lovlarini o‘zgarishini o‘zining biznes rejasida hisobga olishi zarur.
Tavakkalchilik bilan bog‘liq bo‘lgan har qanday faoliyat asosiy rolni kutilayotgan yo‘qotish va foydani absalyut o‘lchami emas, bakli ularning nisbiy qiymati o‘ynaydi. Masalan, yuz milliardli fondga ega bo‘lgan korxona uchun bir necha million bilan tavakkalchilik qilish hech tashvish keltirmasligi mumkin, ammo uncha katta bo‘lmagan kapitalga ega bo‘lgan tadbirkor bir necha millionga tavakkalchilik qilish uchun jiddiy o‘ylanishi kerak bo‘ladi.
Ishbilarmonlik faoliyatida tavakkalchilik birinchi navbatda haqiqiy xo‘jalik holatining avval ko‘zda tutilganidan chetga chiqishi hisobiga yuzaga keladi. Bu esa, yo‘qotish (zarar) xavfini yuzaga keltiradi. Tadbirkor noaniqlik sharoitida o‘zining tavakkalchilikka borishga tayyorligini bildiradi, chunki ish uchun bo‘ladigan sarf-

22


xarajatlarga kuyib qolish xavfi bilan birga qo‘shimcha daromad qilish tavakkalchiliga ham mavjuddir.
Yuqori natijalarni keltiruvchi qaror va harakatlar odatda eng yuqori tavakkalchilik hisoblanadi. Shuning uchun jasurlik bilan qilinadigan tavakkalchilikning asosiy sharti muvaffaqiyat qozonishga bo‘lgan katta ishonchdir. Buning uchun iqtisodiy asos bo‘lib ishlab chiqarish va sotishning uzluksizligi, daromadli xo‘jalik yuritish, ta’minotchilar va iste’molchilar bilan aloqalarning muvofiqligi, yuqori darajadagi to‘lov qobilyati, taraqqiy topgan moliya tizimi va yuqori aniqlikdagi buxgalteriya hisobi xizmat qiladi.
Tadbirkor qaror qabul qilish jarayonida, agar qo‘lidagi kapitalni mohirlik bilan boshqara olsagina tavakkalchilikka borishi mumkin. Buning shartlari quyidagilardan iborat:
- tadbirkorlik faoliyati taraqqiyotiga tegishli masalalarni yechishda mahsulot sifati va boshqaruv tizimini talab darajasida ushlab turish uchun kerakli ishlab chiqarish resurslari va investitsiyalarning zaruriy tarkibi yuzaga keladi. Ortiqcha zaxiralar to‘planmasligi, ortiqcha xomashyo va sotilmagan mahsulot bo‘lmasligi kerak.
- yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan yo‘qotishni qoplash niyatidazaxira sug`urta fondi yaratiladi. Undan foydalanish korxonaning barqaror taraqqiy topishiga xalaqit bermasligi kerak.
- qaror qabul qilish jarayonida ekspertlarni tanlash, zaruriy axborotni to‘plash va qayta ishlash masalalarida kerakli vakolatlilikka erishilgan bo‘lishi zarur.

Download 179.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling