1-mavzu: O‘zini o‘zni anglash psixologiyasi Reja


O‘smir qizlarda o‘z-o‘zini anglashni shakllantirishning psixologik omillari


Download 153 Kb.
bet26/52
Sana12.11.2023
Hajmi153 Kb.
#1767578
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   52
Bog'liq
1-mavzu. O‘zini o‘zni anglash psixologiyasi

5.O‘smir qizlarda o‘z-o‘zini anglashni shakllantirishning psixologik omillari
Bugungi kunda dunyoda sodir bo‘layotgan ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar qar birimizdan demokratik fuqarolik jamiyatining yezgu goyalariga sodiqlik, odob-axloqlilik, o‘zi yashayotgan jamiyatda yuz berayotgan o‘zgarishlarga befarq bo‘lmaslik, Vatan timsollarini qadrlash va saqlash, Vatan ravnaqi uchun butun kuch imkoniyatlarini sarflashga va o‘z-o‘ziga «Men nima uchun yashayapman?» degan savolga «Men shu halq uchun, uning farovonligi, tinchligi, gullab-yashnashi uchun yashayapman» degan javob bilan tayyor turishi lozim.
Yoshlar ongiga mustaqillik, vatanparvarlik, sadokat, milliy g‘urur kabi tushunchalarni singdirish, ularni kuchli, buyuk davlatning farzandlari qilib tarbiyalash davr talabidir. Jamiyat, davlat va inson manfaatlariga karatilgan bu islohotlarning sama-rasi bevosita boshlanFich va umumiy bilim-lar beruvchi umumta'lim maktablarida ta'-lim olayotgan kelajagimiz bunyodkorlari bo‘lgan yoshlarning bilim darajasi, ma'-naviyati, tarbiyasiga bog’likdir. Bu o’rinda Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev-ning: «Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma'naviy salohiyatga yega bo‘lib, dunyo miqyosida o‘z tengdoshlariga hech qaysi sohada bush kelmaydigan insonlar bo‘lib kamol topishi, baxtli bo‘lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar yetamiz», degan fikrlari yosh avlod tarbiyasi davlat ahamiyatidagi masala-lardan biri yekanligini yana bir bor isbotlaydi.
Har bir yosh davrining psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda ta'lim-tarbiya berish insonda o‘z vaqtida o‘zini anglashni vujudga keltiradi. Bolada o‘zini anglash tuyg‘usi kancha yerta uyg‘onsa, shaxsiy nuqtai nazar, o‘z hukukini his yetish, o‘zining akliy va jismoniy imkoniyatlarini baholash shunchalik tez paydo bo‘ladi.
Hozirgidek inson ongi uchun kurash ketayotgan XXI asr har bir insonda, ayniksa usib kelayotgan yoshlarda yuksak ma'naviy fazilatlarni tarkib toptirish, ular ongida milliy istiklol mafkurasini shakllantirish, qadriyatlarga hurmat, Vatanga mexr-muxabbat, fidoyilik ruxida tarbiyalash yeng muhim va kechiqtirib bo‘lmas masaladir.
Inson umrini uning yosh davrlariga bo‘lib o‘rganishdan maksad - turli yoshdagi insonlarning psixik rivojlanish jarayoni, shaxsning shakllanish konuniyatlari, unga ta'sir yetuvchi omillarni tadkik qilishdan iborat. Chunki bola tug‘ilgandan voyaga yetguncha shaxs sifatida har tomonlama rivojla-nishi, undagi kobiliyat, kunikmalarning tarkib topishi, bilish jarayonlari va o‘ziga xos ruxiy xususiyatlari turli yosh davrlarida turlicha bo‘ladi.
Shu davrlar ichida o‘smirlik davri o‘zining jushkinligi, murakkabligi bilan ajralib turadi.
O‘smir qiz o‘zini anglashida mikromuhit (oila, maktab) a'zolarining ta'siri muhim-dir. Agarda ota-ona, pedagog yosh davrlari psixologiyasidan xabardor bo‘lsa va ta'lim-tarbiya jarayonida, o‘zaro munosabatlarda shu bilimlardan foydalansa, qiz bolada «Men»ning ahamiyati ortadi, u o‘zini tahlil qilishga o‘rganadi.
Oila a'zolarining kullab-kuvvatlashi, har qanday vaziyatda tushuna olish, to‘g‘ri maslahat berish mumkinligi hakidagi fikr qiz bolada o‘ziga ishonchni orttiradi, qo‘rqmasdan mustaqil faoliyat turlariga kirishishi, yukori kayfiyat bilan o‘qish va o‘zaro ijtimoiy munosabatlarga ijobiy ta'sir kursatadi.
O‘smirlar orasidagi konunbo‘zarlarning o‘z-o‘ziga baho berish muammosida yeng asosiy narsa yukorilik yoki pastlik yemas, balki ularning o‘z bahosi soqiumning bahosi bilan karama-karshiligi, tashki batoga (ota-onalar, pedagoglar, sinf) mos yemasligidir.
Bunday holatlarning oldini olish, o‘smir qizlarda o‘z-o‘zini anglashni shakllantirish uchun:
- o‘smir qizning jinsiy, jismoniy rivojlanishini doimiy nazorat qilib borish;
- o‘smir qiz bilan yaqinlarining dustona munosabatda bo‘lishi;
- o‘smir qizning bush vaqtini tug‘ri tashqil qilish;
- yuksak insoniy tuyg‘ular (muhabbat, dustlik)ni qadrlash, hurmat qilishga urgatish;
- o‘smir qizlarga alohida ye'tibor ko‘rsatish;
- uni borligicha kabul qilish;
- bola rivojlanishining har bir boskichida uning ruhiy o‘zgarishlaridan xabar-dor bo‘lish;
- o‘smir qizni jinsiy tarbiya hakida bilimlardan xabardor qilish;
- o‘smir qizlarning ideallarni mustaqil tanlashida ko‘maklashish;
- ularda tashkilotchilik, tashabbuskorlikni rivojlantirish;
- o‘smir qizni o‘z-o‘zini anglash jarayoni, rivojlanishi ota-onalarining xulq-atvoriga bog‘likligini unutmaslik;
- oila va o‘z ajdodlari, Vatani hakida ma'lumotlarga yega bo‘lish orqali o‘smir qizda milliy o‘zlik, milliy g‘ururni shakllantirish va hokazo.



Download 153 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling