1-Mavzu. Oziq-ovqat kimyosini rivojlanish tamoyillari Reja


Oziq-ovqat mahsulotlarining sinflanishi


Download 243.49 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/7
Sana24.01.2023
Hajmi243.49 Kb.
#1115832
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-Ma\'ruza. Oziq-ovqat kimyosini rivojlanish tamoyillari (1)

 
Oziq-ovqat mahsulotlarining sinflanishi 
Oziq-ovqat mahsulotlari
Ommaga 
mo‘ljallangan 
ananaviy va 
yangi turdagi 
oziq-ovqat 
mahsulotlari
Ommaga 
mo‘ljallangan 
funksional 
oziq-ovqat 
mahsulotlari
Aholini 
ma’lum 
qismiga 
mo‘ljallangan 
(maxsus 
kontingent, 
ekstremal 
sharoitda 
ishlovchi 
kontingent va 
b.) oziq-ovqat 
mahsulotlari
Bolalar va 
xomilador 
ayollar va 
yosh bolali 
ayollarga 
mo‘ljallangan 
oziq-ovqat 
mahsulotlari
Davolash 
funksiyali 
oziq-ovqat 
mahsulotlari


Funksional oziq-ovqat mahsulotlari bu insonni sog‘ligiga foyda beruvchi 
ingridient qo‘shilgan mahsulotlarga aytiladi. Bu mahsulotlar kasalliklarga 
qarshiligini kuchaytiradi, inson organizmini fiziologik jarayonlarini yaxshilaydi. 
Masalan, qondagi xolesterin miqdorini kamaytiruvchi mahsulotlar, rak kasalligini 
ba’zi ko‘rinishlarni kamaytiruvchi mahsulotlarni aytish mumkin. 
Yangi va takomillashtirilgan oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasini 
yaratishda, aholini oziqlanish tizimini o‘rganishni, qayta ishlash va oziq-ovqat 
sanoati korxonalarini holatini, demografik o‘zgarishlarni o‘rganishni talab etadi. 
Bu ishlarni rivojlantirishda va tatbiq etishda oziq-ovqat kimyosi, oziq-ovqat 
biotexnologiyasi, texnologik jihozlar, tahlil usullari va sifatni boshqarish sohasida 
erishilgan yutuqlar muhim ahamiyatga ega. 
Yuqorida qayd qilingan masalalarni hal qilish xom ashyo va tayyor mahsulot 
tarkibini o‘rganish usullarini bilishni talab etadi. 
Bu fan oziq-ovqat mahsulotlarini tarkibini tahlilida yangi tizimlarni va 
aniqlash uslublarini yaratishni ham o‘z ichiga oladi. Mahsulot tarkibidagi 
komponentlarni tuzilishi, funksiyasi va komponentlarni o‘zaro ta’sirini, zararli va 
yod moddalarni o‘rganishga qaratiladi. 
Oziq-ovqat kimyosi fundamental fanlar erishgan yutuqlarga asoslangan bo‘lib 
quyidagi yo‘nalishlarga ega. 
Oziq-ovqat kimyosini asosiy yo‘nalishlari: 
1. Xom ashyo va mahsulotlarni kimyoviy tarkibi. Xavfsizligi va 
to‘laqonligi. 
2. Texnologik jarayonda makro- va mikronutrientlarni o‘zgarishini 
umumiy konsepsiyasi. 
3. Xom ashyo va mahsulot tarkibidagi komponentlarni ajratish
fraksiyalash va modifikatsiyalashni nazariy asoslari. 
4. Ozuqa qo‘shimchalarni olish va qo‘llash texnologiyasini ilmiy 
asoslari. 
5. Oziq-ovqat mahsulotlari, qo‘shimchalari va komponentlarini 
tadqiqoti va tahlil uslublari. 

Download 243.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling