1-Mavzu: Paxta va to‘qimachilik sanoatida texnosferik omillar fani, uning mohiyati va vazifalari Reja: 1
metr – 3-sinf korxonalari uchun (paxta zavodlari; yigiruv-to„quv fabrikalari, poyafzal ishlab chiqarish korxonalari va sh.k.). 100 metr
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
Texnosfera omillari fanidan 1-8 mavzular
300 metr – 3-sinf korxonalari uchun (paxta zavodlari; yigiruv-to„quv
fabrikalari, poyafzal ishlab chiqarish korxonalari va sh.k.). 100 metr - 4-sinf korxonalari uchun (ip yigiruv va to„quv fabrikalari; paypoq ishlab chiqarish fabrikalari va sh.k.). 50 metr - 5-sinf korxonalari uchun (tikuv va poyafzalga mexanik ishlov berish, gilam to„qish korxonalari va sh.k.). Ip yigiruv va to„quv fabrikalari pardozlash hamda bo„yash fabrikalari bilan birga qurilgan bo„lsa, 4-sinf, ya‟ni sanitariya-himoya zonalari 100 metr, bu fabrikalar bilan birga qurilgan bo„lmasa, 5-sinf ya‟ni, sanitariya himoya-zonalari 50 metr olinadi. Sanitariya-muxofaza zonasi yoki uning biror bir qismidan korxonaning zahira hududi sifatida qaralishiga va sanoat maydonchasini kengaytirish uchun foydalanishga yo„l qo„yilmaydi. Sanitariya-muxofaza zonasida jamoaviy yoki yakka tartibda dacha va bog„dorchilik uchastkalarini joylashtirish ta‟qiqlanadi. Sanitariya-muxofaza zonasi hududida aholi yashash uylari, ta‟lim muassasalari, umumiy foydalanishdagi davolash-profilaktika va dam olish maskanlarini joylashtirilishi mumkin emas. Sanitariya-muxofaza zonasida faqat korxonada avariya yuz berganda shoshilinch zarur bo„lishi mumkin bo„lgan xodimlar uchun yashash joylari, shuningdek, korxonaga qarashli bo„lgan avtomobillarni to„xtab turish joylari, o„t o„chirish stansiyalari, oshxonalar va omborlarni joylashtirish mumkin. Sanitariya-muxofaza zonasini obodonlashtirish ishlari korxona qurilishi loyihasi bilan bir vaqtda ishlab chiqiladigan loyihaga muvofiq amalga oshirilishi kerak. Sanitariya-muxofaza zonasi hududida daraxt va butalardan iborat yashil maydon tashkil etilishi kerak. Sanoat korxonalari va turar-joy binolarini qurish uchun joylar hududning aeroiqlim xususiyatlari va relefini hisobga olgan holda tanlanishi kerak. Sanoat ob‟ekti tekis, turar-joy maydonidan baland joyda joylashishi lozim, aks holda chiqindi gazlarni atmosferaga chiqarib tashlaydigan quvurlarning samaradorligi deyarli nolga teng bo„ladi va tura-joy maydoni tutun-gazlar ichida qoladi. Korxonadagi har bir ishchiga normal sharoit yaratilishi uchun kamida 4,5 m 2 ishlab chiqarish maydoni va 15 m 3 bino hajmi to„g„ri kelishi kerak. Korxona bosh rejasi uning geografik joylashgan o„rni, shamolning yil davomida asosiy yo„nalishini hisobga olgan holda, chang ajratib chiqaruvchi, yuqori harorat, bug„, har xil zaharli gazlar, shovqin va boshqa zararli chiqindilarning aholi yashaydigan obektlarga iloji boricha zararsiz qilib loyihalanadi. Korxona hududida obektlarni joylashtirishda shu geografik aholi punkti uchun shamol yo„nalishini hisobga olinishi zarur. Bunda shamol chang, shovqin, bug„, gazlar va zararli moddalar ajralib chiqadigan sex va fabrikalardan odamlar yashaydigan tomonga qarab esishiga yo„l qo„ymaslik kerak. SHu bilan birga xavfning asosiy yo„nalishi o„t chiqish xavfi kuchli bo„lgan obektlardan boshqa binolarga qaragan bo„lmasligi lozim. Download 1.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling