1-Mavzu: Paxta va to‘qimachilik sanoatida texnosferik omillar fani, uning mohiyati va vazifalari Reja: 1


-mavzu: Paxta va to‘qimachilik korxonalari hududlarining sanitariya


Download 1.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/52
Sana19.06.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1620047
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   52
Bog'liq
Texnosfera omillari fanidan 1-8 mavzular

7-mavzu: Paxta va to‘qimachilik korxonalari hududlarining sanitariya 
obodonchiligi 
Reja: 
1. Paxta va to„qimachilik korxonalari bosh rejasida texnologik jarayonning 
uzluksizligi va izchilligining ahamiyati. 
2. Bosh reja bo„yicha qurilgan korxonalarda qulay ish sharoitlari yaratish, 
sexlarda, korxona hududida va uning atrofidagi turar-joy hududlarida me‟yoriy 
sanitariya-gigiena sharoitlari mavjud bo„lishini ta‟minlash. 
3. Korxonalar maydonini sanitariya jihatidan obodonlashtirish.
Korxona hovlisini obodonlashtirish, u yerda daraxt, gul va butalar ekish, 
maysazorlar tashkil etish – yong„inning, shovqinning va changli havoning tarqalib 
ketmasligi uchun himoya tasmalari hosil qilish uchun xizmat qiladi. Bino ichidagi 
ishchilarni yo„ldan o„tayotgan transport shovqinlaridan, quyosh radiatsiyasidan 
saqlaydi. Mehnat sharoitlarini yaxshilaydi va ochiq havoda dam olish joylari 
tashkil qilish imkononi beradi. 
Odatda korxona oldi maydonlariga magistral yo„llar chetlari, qurilishdan 
bo„sh barcha joylar, ayniqsa maishiy binolar atrofi, oshxona, tibbiy yordam punkti, 
dam olish joylari, suv olish nasos stansiyalari, suv havzalari, toza havo olish joylari 
kiradi. 
Daraxt va butalarni transport vositalarining harakatiga, muxandislik 
tarmoqlarining o„tkazilishiga va yo„llarni yoritish uchun o„rnatiladigan 
simyog„chlarga xalaqit bermasligini hisobga olish kerak. Ular yo„l harakatiga 
xalaqit bermasligi, yo„l belgilari yaqqol ko„rinib turadigan qilib o„tqazilishi kerak. 
Mashina yo„llari, piyodalar yo„laklari, yuk tushirish va ortish maydonlari hamda 
korxona hovlisidagi ish joylari yoritilishi kerak.
To„g„ri tashkil qilingan bosh reja (bosh tarx) bo„yicha qurilgan korxonalarda 
qulay ish sharoitlari, sexlarda, korxona hududida va uning atrofidagi turar-joy 
hududlarida normal sanitariya-gigiena sharoitlari mavjud bo„lishi ta‟minlanishi 
kerak. SHuning uchun paxta tozalash, engil sanoat va to„qimachilik korxonalaiini 
loyihalash paytida ularni turar-joy hududlaridan sanitariya-himoya zonalari bilan 
ajratiladi. 
Bu korxonalarning bosh rejalarini loyihalashtirishda qurilish me‟yorlari va 
qoidalari QM va Q-II-89-90 hamda sanitariya me‟yorlari SM 245-71 asos sifatiida 
olinadi. 
Ularda korxonalardan ajralib chiqadigan zararli moddalar yaqin atrofdagi 
turar-joylarda yashovchi kishilar sog„ligiga zarar yetkazmaslik uchun quyidagi 
sanitariya-himoya zonalari qabul qilingan: 


1000 metr - 1-sinf korxonalari uchun (kapralaktam, nitron tolasi ishlab 
chiqaruvchi korxonalar, paxta chigitini simob-organik moddalar bilan qayta 
ishlovchi korxonalar va sh.k.). 
500 metr - 2-sinf korxonalari uchun (paxta tolasini dastlabki ishlash 
korxonalari; kapron, lavsan, xlorin va boshqa kimyoviy tolalar, sun‟iy charm ishlab 
chiqaruvchi korxonalar va sh.k.). 

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling