1-Mavzu: Paxta va to‘qimachilik sanoatida texnosferik omillar fani, uning mohiyati va vazifalari Reja: 1


Tabiiy atrof-muhitning inson organizmiga ta’sir qilishi xususiyatlari


Download 1.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/52
Sana19.06.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1620047
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   52
Bog'liq
Texnosfera omillari fanidan 1-8 mavzular

Tabiiy atrof-muhitning inson organizmiga ta’sir qilishi xususiyatlari. 
Tabiatdagi salbiy o„zgarishlar majmui birinchi galda insonlar salomatligiga 
katta ziyon yetkazmoqda. Aholining umumiy kasallanish darajasi to„xtovsiz o„sib 
bormoqda, nafas yo„llari, oshqozon-ichak, onkologik, allergik, yurak, qon-tomir va 
asab kasalliklari ko„payib, yangi noma‟lum kasalliklar paydo bo„lmoqda. Dunyoni 
larzaga solib turgan SPID kasalligi borgan sari ko„proq kishilarni o„z domiga 
tortmoqda. 


Bir kishi sutkada o„rtacha 25 kg havo bilan nafas oladi. Natijada havo 
tarkibidagi zararli chang, qurum va zaharli gazlar kishi organizmda to„planaveradi. 
Bu esa asta-sekin kishi organizmning zaiflanishiga olib keladi va oqibatda inson 
organizmi turli infeksiyalarga etarli darajada qarshilik ko„rsata olmaydigan bo„lib 
qoladi, oqibatda har xil kasalliklarni chunonchi astma, ko„z kasalliklari, jigar 
sirrozi, qon bosimi, rak kabi kasalliklarning ko„payishiga sabab bo„ladi hamda 
nafas olish yo„llarini, yurak-qon tomiri sistemasini shikastlaydi. 
Atmosferaning (changlar, qurumlar, tutunlar va boshqa qattiq zarrachalar 
hamda zaharli gazlar bilan) ifloslanishi sayyoramiz suv resurslariga ham salbiy 
ta‟sir etadi. Tabiatda suv aylanmasi (bug„-yog„in-suv) doimiy bo„lib, daryolar
ko„llar, er osti suvlarni to„yintirib turadi.
Shundan ko„rinib turibdiki, atmosferada qancha chang bo„lsa, ularning bir 
qismi yog„inlar bilan er osti va usti suvlariga kelib qo„shilib, ularni ifloslaydi. 
O„rta Osiyoda atmosferaning ifloslanishi natijasida ularning bir qismi yog„inlar 
orqali daryo suvlariga qo„shilib minerallashishning ortishiga, qattiqlik darajasining 
me‟yordan 1,5-2 marta ko„payishiga ma‟lum darajada sababchi bo„lmoqda. 
Atrofimizni o„rab olgan havo qatlami (atmosfera) tabiiy muhitning eng 
muhim elementlaridan biri bo„lib, tirik organizmning yashashi uchun ham zarurdir. 
Chunki organizm, xususan inson ancha vaqggacha suvsiz va ovqat emasdan 
yashashi mumkin, lekin havosiz 5 minutdan ortiq yashashi mumkin emas. 
Atmosferaning ifloslanishi deganda, insonning xo„jalik faoliyati tufayli 
atmosferaga chiqarilayotgan har xil zaharli gazlar va radioaktiv moddalar, chang, 
qurum va tutunlar tushiniladi. 
Atmosfera tarkibi tirik odamning xo„jalik faoliyati ta‟sirida vujudga kelgan 
har xil qatgiq zarrachalar bilai ham ifloslanib bormoqda. Shu sababli hozir 
tarkibida chang zarrachalari bo„lmagan havoni topish qiyin. 
Maxsus tekshirishlar shuni ko„rsatadiki, shahar ustidagi havodan 1sm3 olib 
analiz qilinganda, unda 100 ming dona chang zarrachalari borligi aniqlandi. 
Dengiz ustidagi 1 sm3 havodan esa 100 dona chang zarralari topilgan. Shundan 
ko„rinib turibdiki, havoning ifloslanishi sanoatlashgan rayonlar va shaharlar ustida 
kuchli, aksincha qishloqlarda va okean ustida nnisbatan kam. 
Toza havo deganda, kishi va boshqa organizm hayotiga, uning yashash 
sharoitiga salbiy ta‟sir etuvchi zaharli gaz va chang miqdorining belgilangan 
me‟yorlardan oshib ketmagan holati tushiniladi. Shu sababli toza havo deb har xil 
zararli moddalar konsentratsiyasi mavjud bo„lgan, lekin inson salomatligiga, uning 
ish qobiliyatiga, o„simlik va hayvonlarning normal yashashiga putur 
etkazmaydigan darajada bo„lgan havo konsentratsiyasi tushiniladi. 


Zaharli moddalarni kishi salomatligi uchun oxirigi zararsiz bo„lgan 
konsentratsiya chegarasi har bir davlatda turlichadir. Jumladan: oltingugurt 
gazining YQBKasi FRGda har 1 m
3
havoda - 0,75 mg; AQSH - 4,4 mg va hokazo. 
 

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling