1-Mavzu: Paxta va to‘qimachilik sanoatida texnosferik omillar fani, uning mohiyati va vazifalari Reja: 1


-mavzu: Mashina va apparatlarning xavfsiz ishlashini


Download 1.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/52
Sana19.06.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1620047
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   52
Bog'liq
Texnosfera omillari fanidan 1-8 mavzular

8-mavzu: Mashina va apparatlarning xavfsiz ishlashini
ta’minlash 
Reja:
1. Paxta va to„qimachilik sanoatida texnologik jarayonlarning jadallashishi
mashina qismlarining ish tezliklari, mashina va dastgohlarning ish 
unumdorligini oshishi, ularning xavfsizligini ham taqazo qilishi. 
2. Mashina va dastgohlarning xavfsizligini ta‟minlashni ularni loyihalash 
jarayonidan boshlab amalga oshirilishi. 
3. Birorta yangi mashina yoki dastgoh xavfsizligi ta‟minlanmagan bo„lsa, 
foydalanishga ruxsat berilmasligi. 
 
Mehnat sharoitlarini yaxshilash, xavfsiz texnologik jarayonlarni, xavfsiz 
mashina va uskunalarni yaratish, paxta, to„qimachilik va yengil sanoat 
korxonalarini loyihalash davridayoq hisobga olinishi kerak. Loyihalash davrida 
yo„l qo„yilgan xatolarni ekspluatatsiya qilish davrida tuzatib bo„lmaydi. 
Paxta, to„qimachilik va yengil sanoati korxonalarida ishlatiladigan mashina 
va dastgohlarga qo„yiladigan asosiy talablar ularning ishchilar uchun xavfsizligi
pishiq va mustahkamligi hamda ishlatishning osonligi bilan belgilanadi. Ularning 
xavfsizligi standartlar tizimlari bilan belgilanadi. 
Mashina va dastgohlar xavfsizligini ta‟minlash uchun loyihalash jarayonida 
uning qanday ish bajarishini hisobga olgan holda, ish bajaruvchi qismlarini 
joylashtirishning ixcham usullarini topish, unga shakl berish va muxofaza qilish 
qurilmalarini joylashtirish bilan birga olib borish zarur. Dastgohga o„rnatilgan 
muxofaza vositalari uning asosiy qismi bilan uygunlashib ketishi kerak. Shuni 
hisobga olish kerakki, muxofaza vositalari iloji boricha ko„proq masalalarni 
yechishga xizmat qilsin. 
Masalan, mashina yoki dastgohga o„rnatilgan xavfsizlikni ta‟minlash 
qopqoqlari faqatgina xavfli joylar to„sig„i bo„lib qolmasdan, balki shovqinni 
kamaytiruvchi vosita bo„lib ham xizmat qilsin. Bunga misol tariqasida asboblarni 


charxlash qurilmasini ko„rsatish mumkin. Bunda charxning xavfsizligini 
ta‟minlovchi qurilma bir vaqtning o„zida shamol yordamida charx qirindilarini 
chiqarib yuborishga mo„ljallangan mahalliy shamollatish vazifasini ham bajaradi. 
Xavflilik darajasi yuqori bo„lgan jihozlar, masalan, bosim ostida 
ishlatiladigan 
qozonlar, 
kompressorlar, 
nasoslar 
va 
boshqalardan 
foydalanayotganda sanoatda xavfsizlikni ta‟minlash nazoratining maxsus
 
talablarini
 
bajarish shart.
 
Ma‟lumki, sanoat korxonalaridagi mashina va dastgohlar elektr tokining 
asosiy iste‟molchilari hisoblanadi. Bu esa, ularning elektr toki ta‟sirini yo„qotuvchi 
elektr xavfsizligi masalalarini ham nazarda tutish kerakligini taqozo qiladi.
Shuningdek, sex uchastkalarida o„rnatilgan dastgohlar elektromagnit 
to„lqinlari, radioaktiv moddalar ta‟sirida bo„lishi mumkin, albatta, bulardan 
saqlanish chora-tadbirlari ko„rilishi o„z-o„zidan ma‟lum. Bu zararli va xavfli 
holatlarda havo muhitini zararlantiruvchi va ifloslovchi bug„lar, changlar va 
gazlarni hisobga olish kerak bo‟ladi. 
Mashina va dastgohlarning xavfsizligi ularga ishlatiladigan materiallarning 
mustahkamligiga ko„p jihatdan bog„liq bo„ladi. Shuning uchun ham bunday 
dastgohlarni tayyorlashda ularning ishchi organlariga ishlatiladigan material 
mustahkamligiga alohida ahamiyat beriladi. 
Chunki, dastgohlarning mustahkamligi ularni tashkil qilgan qismlar 
mustahkamligiga bog„liq bo„ladi. Masalan, har qanday mexanizmning 
mustahkamligini uning biriktiruvchi qismlarining mustahkamligisiz tasavvur qilib 
bo„lmaydi (masalan, gayka, bolt va boshqalar).
Bundan 
tashqari, 
dastgohlarning 
tashqi 
tomonidan 
zararlanib, 
mustahkamligini yo„qotib qo„yishi mumkin bo„lgan omillarni hisobga olish kerak 
(masalan, o„z vaqtida moylash, bo„yoq ko„chib ketishi natijasida zanglash va h.k.). 
Mashina va dastgohlarning puxta ishlashini ta‟minlashdagi asosiy 
omillaridan biri ularning holatini nazorat qiluvchi asbob-uskunalar, avtomatik 
boshqarish va muvofiqlashtirish qurilmalari bilan jihozlashdir. Ba‟zi bir hollarda 
avtomatik boshqarish tizimi ishlamay qolishi mumkin. Unda umuman texnologik 
jarayonni boshqarish ishlayotgan ishchi zimmasiga tushadi va uning xavfsizligi 
to„liq, boshqaruvchi kishi mahoratiga bog„liq bo„ladi. 
Shuning uchun ham sanoat jihozlarini loyihalashda, bu jihozlarni 
boshqarishi kerak bo„lgan operator imkoniyatlarini, uning ruhiy va fiziologik 
jihatlarini hisobga olish kerak. 
Albatta, bir necha o„nlab shkala, signal va boshqa belgilarni yuboruvchi 
nazorat-o„lchov qurilmalari holatini hisobga olish va kerakli ko„rsatmalar bilan 
ta‟minlab, texnologik jarayonni to„xtovsiz davom ettirish ishchidan katta mahorat 
talab qilishi bilan birga, uni kuchli toliqishga va ma‟naviy charchashga olib keladi. 


Shuning uchun ham mashina va dastgohlarning boshqarish organlari aniq, 
ko„rinadigan va yengil boshqariladigan va farqlash oson qilib joylashtirilishiga 
katta e‟tibor beriladi. Ularni dastgohning o„ziga yoki bo„lmasa, dastgohdan bir 
muncha olislikda joylashtirilgan boshqarish markaziga joylashtiriladi. 
Sanoat korxonalariga o„rnatiladigan jihozlar tartib bilan joylashtirilishi, 
ko„zdan kechirish uchun qulay, moylash, qismlarga ajratib ta‟mirlash, sozlash, bir 
joydan ikkinchi joyga ko„chirish va boshqarish oson bo„lishi kerak. 
Paxta va to„qimachilik sanoati korxonalarida ishchilarning charchashiga 
faqatgina jismoniy va asabiy holatigina ta‟sir qilib qolmasdan, balki ma‟naviy 
charchash ham qo„shilib ketishi mumkin. Shuning uchun sexlarda o„rnatilgan 
mashina-dastgohlarni har xil ranglarga bo„yash, korxona devorlarini dastgohlar 
ranglari bilan mutanosib bo„yashga erishish katta ahamiyatga ega ekanligi 
e‟tiborga olingan. Texnik estetika va ishlab chiqarish madaniyati tadbirlarini ilmiy 
asosda yaratish xavfsiz mehnat sharoitlarini tashkil qilishda muhim ahamiyat kasb 
etadi. 
Mashina va dastgohlarning inson hayoti va sog„igiga xavf tug„diradigan 
holatlarni vujudga keltiradigan joylari xavfli zona deb ataladi. Xavfli zona asosan 
mashina va dastgohlarning ochiq holdagi aylanadigan va harakatlanadigan 
qismlarida mujassamlanadi. 
Bu - aylanayotgan qirquvchi asbob yoki detal, qayishli, zanjirli va tishli 
uzatmalar, harakatlanuvchi dastgohlarning ishchi stollari, konveyerlari, yuklarni 
bir joydan ikkinchi joyga ko„chirib yuradigan ko„tarish mashinalari va boshq

Aylanuvchi qismlar bilan ishchilarning kiyimidan yoki sochidan ilintirib olishi 
mumkin bo„lgan mexanizmlar ayniqsa xavfli hisoblanadi. Shuningdek, mashina va 
dastgohlarda ishlaganda elektr tokidan zararlanish, issiqlik, elektromagnit, 
ionlashgan nurlar, shovqin, titrash, ultratovush, zaharli gaz va bug„lar ta‟siriga 
tushib qolish ham xavfli zonalar qatoriga kiradi. 
Stanoklarda ishlayotganda qirqimlarning uchib ketishi, ishlatilayotgan 
asbobning sinib otilib ketishi, detall yaxshi siqib ushlanmaganligi natijasida otilib 
ketib ishchilarni jarohatlashi ham xavfli zonaga kiritiladi. Xavfli zonalar doimiy, 
harakatlanuvchan va vaqti-vaqti bilan paydo bo„ladigan turlarga bo‟linadi. 
Qayishli, zanjirli va tishli uzatmalar, dastgohlarning qirqish zonalari va 
harakatlanuvchi valiklar doimiy xavfli zonaga kiradi. Harakatlanuvchan xavfli 
zonaga potok liniyalari, konveyerlar, qirqish joyi o„zgarib turadigan agregat 
dastgohlari va boshqalar kiradi. 
Vaqti-vaqti bilan paydo bo„ladigan xavfli zonalarga yuk ko„tarish kranlari, 
kranbalkalar, tal va telferlar kiradi. Chunki bu qurilmalar sex buylab ish joylarini 
doimiy o„zgartirib turadi va qaerda ish bajarayotgan bo„lsa, o„sha yerda xavfli zona 
vujudga keladi. 


Har qanday texnologik jarayonni boshqarish uchun o„rnatiladigan dastgoh va 
qurilmalarning 
hammasining 
xavfli 
zonalari, 
unga 
kishilarning 
tushib 
qolmasliklarini ta‟minlaydigan vositalar bilan ta‟minlanishi kerak. 
Bunday vositalarning ba‟zilari xavfli zona xavfini butunlay yo„qotadi, 
ba‟zilari esa, xavf darajasini birmuncha kamaytiradi. Bunday vositalar umuman 
muxofaza qilish sharoitiga ko„ra, ikki guruhga bo„lib qaraladi. Bulardan biri sexda 
hamma ishlovchilarni muxofaza qilish imkoniyatini yaratadigan kollektiv 
muxofaza aslahalari va ikkinchisi ayrim ishlayotgan ishchini muxofazalash 
imkoniyatini beradigan shaxsiy muxofaza aslahalari hisoblanadi. 
Jamoa muxofaza aslahalari o„zining ishlatiladigan joylariga qarab 
qo„yidagicha bo„linishi mumkin: ish joylari va sanoat korxonalari havo muhitini 
mo„„tadillashtirish, sanoat korxonalari xonalarini va ish joylarini yoritishni 
normallashtirish, ishchilarni ionlanuvchi infraqizil va ultrabinafsha nurlardan
shuningdek elektromagnit, magnit va elektr maydonlaridan, shovqin, titrash, 
ultratovush to„lqinlaridan, elektr ta‟siridan, elektrostatik zaryadlardan, korxonada 
o„rnatilgan jihozlar, materiallar, tayyor maxsulotlar, xom-ashyolarning o„ta issiq va 
o„ta sovuq ta‟siridan va nihoyat mexanik, kimyoviy va biologik omillarning 
ta‟siridan muxofaza qiluvchi vositalar. Yana chang va zaharli moddalarga qarshi 
o„rnatilgan vositalarni ham shular jumlasiga kiritish mumkin. 
Shaxsiy muxofaza aslahalari o„z navbatida muxofazalash sharoitiga qarab, 
muxofaza bosh kiyimlari, nafas olish organlarini muxofazalovchi qurilmalar, 
maxsus kiyimlar, maxsus oyoq kiyimlari, qo„lni, yuzni, ko„zni, quloqni muxofaza 
qiluvchi vositalar, yiqilib (balandlikda ishlayotganlar uchun) tushmaslikni 
ta‟minlovchi va terini zararlanishdan saqlaydigan vositalarga bo„linadi. 
Paxta va to„qimachilik sanoatida qo„llaniladigan barcha muxofaza 
vositalarini: to„siq vositalari, muxofazalash qurilmalari, chegaralovchi va signal 
vositalari, blokirovka tizimlari va shuningdek mashina va mexanizmlarni 
masofadan turib boshqarish vositalariga bo„lish mumkin. Bu vositalar o„z 
navbatida bir necha mayda sinflarga bo„linadi. Shuning uchun bularning har birini 
alohida ko„rib o„tish maqsadga muvofiqdir. 

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling