1-Mavzu: Paxta va to‘qimachilik sanoatida texnosferik omillar fani, uning mohiyati va vazifalari Reja: 1
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
Texnosfera omillari fanidan 1-8 mavzular
Muxofazalovchi to‘siq vositalari. To„siq vositalari ishchilarning mashina
xavfli zonasiga tushib qolishiga xalal beradigan qilib o„rnatiladi. Ularning tuzilishi har xil bo„lishi mumkin. Asosan mashina va dastgohlarning aylanuvchi va harakatlanuvchi zonalarini, elektr toki urishi xavfi bo„lgan (masalan, elektr taqsimlash shkaflari) va har xil nurlanishlar bo„lishi mumkin bo„lgan (issiqlik nurlari, elektromagnit va ionlanuvchi nurlar) xonalar, shuningdek havo muhitiga zaharli moddalar chiqarayotgan joylar ham to„siq, vositalari bilan ta‟minlanadi. To„siq vositalarining turlari va shakli uning ishlatiladigan joyi va shakliga qarab, xilma-xil hamda texnologik jarayon omillariga bog„liq bo„ladi. Masalan, to„qimachilik sanoati korxonalariga o„rnatilgan dastgohlarning qobiqlari, birinchidan, uning kuch uzatgichlarini ixchamlashtirib tartibga solib tursa, ikkinchidan, bu uzatgichlarni moylab turish imkoniyatini beradi va uchinchidan, bu uzatgichlar harakati natijasida hosil bo„ladigan tovushni kamaytirish imkoniyatini yaratadi. To„siq qurilmalari asosan uch qismga bo„lib o„rganiladi: muqim, harakatlanuvchi va ko„chma vositalar. Muqim o„rnatilgan to„siq qurilmalari doimiy harakat manbai bo„lgan tishli g„ildiraklar, qayishsimon uzatmalar, zanjirli uzatmalarga qopkoqlar bilan berkitiladi. Bunday to„siq vositalarini o„rnatganda ularni ochib ta‟mirlash, shuningdek ba‟zi bir favqulodda hollarda (masalan, ponasimon qayish chiqib ketganda yoki uzilib ketganda), ochib, ma‟lum ish bajargandan keyin yopib qo„yish imkoniyatini beradigan bo„lishi shart. Muqim o„rnatilgan to„siq vositalarini doimiy elektr payvandlash joylarini, elektr xavfi bo„lgan maydon va xonalarni to„sishda ham o„rnatilishi mumkin. Ko„chma to„siq vositalari ma‟lum bir ishni bajarishda vaqtincha o„rnatib qo„yiladi. Masalan, dastgohlarni ta‟mirlash ishlarida, elektr tarmoqlarini uzib qo„yib bajarilayotgan ishlar vaqtida to„satdan elektr tarmog„ini ulab yuborishning oldini oladigan ogohlantiruvchi yozuvlar ko„chma to„siq vositalari hisoblanadi. To„siklar plastmassa, yog„och, metalldan tayyorlanadi. Agar ish bajarilayotgan zonani kuzatib turish lozim bo„lsa, to„siq vositalarini ko„rinadigan materiallardan, masalan, organik oyna, tripleks va boshqalardan tayyorlash mumkin. Download 1.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling