1-Mavzu: Paxta va to‘qimachilik sanoatida texnosferik omillar fani, uning mohiyati va vazifalari Reja: 1


Download 1.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/52
Sana19.06.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1620047
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   52
Bog'liq
Texnosfera omillari fanidan 1-8 mavzular

Saqlovchi muxofaza vositalari. Saqlovchi muxofaza qurilmalari asosan 
mashina va dastgohlarda zo„riqish vujudga kelganda yoki ishlayotgan ishchi hayoti 
va sog„ligiga putur yetkazadigan vaziyat vujudga kelganda mashina va dastgohlar 
harakatini to„xtatib qo„yishga xizmat qiladigan qurilmadir. Zo„riqish hodisasi 
ishlayotgan dastgohga lozim bo„lganidan ko„proq kuch bilan ta‟sir qilinganda 
vujudga keladi. 
Bunday hollarda dastgohga o„rnatilgan saqlovchi qurilma elektr motoriga 
kelayotgan elektr tokini uzib qo„yadi. Shu bilan ishchiga va dastgohga 
yetkaziladigan zararning oldi olinadi. 
Xuddi shunday vazifani bajaruvchi vosita sifatida bosim ostida ishlatiladigan 
idishlarga o„rnatilgan saqlovchi klapanlarni misol sifatida ko„rsatish mumkin. 
Ko„pgina sanoat korxonalarida har xil zararli moddalar ajralib
 
chiqishi 
natijasida kasb kasalliklari kelib chiqadi. Ularning havo muhitida ko„payib 
ketishidan saqlovchi qurilmalar ham mavjud. Bunday qurilmalar havo tarkibidagi 
zararli moddalar ichida eng zararlisining yul qo„yilishi mumkin bo„lgan darajadan
 
oshib ketmasligini nazorat qilib turadi. 


Bunday qurilmaga o„rnatilgan gaz aniqlagich avtomatik ravishda gaz
 
miqdorini aniqlab, uning miqdori chegara belgidan oshib
 
ketsa, xonaga o„rnatilgan 
shamollatish qurilmasini ishga
 
tushiradi va buning natijasida xonadagi zararli 
modda
 
miqdori mo„„tadillashtiriladi. Bunday qurilmadan
 
sexlardagi havo tarkibida 
portlashga va yong„inga xavfli
 
bo„lgan moddalar miqdori ortib ketgan vaqtda ham 
qo„llaniladi.

Bundan tashqari, saqdovchi qurilmalarning yorug„likka va issiqlikka 
asoslangan turlari ham bor. Ma‟lumki, sanoat korxonalarida havo muhitidagi 
zararli moddalar miqdorini aniqlashda indikator (ma‟lum moddalarning boshqa 
moddalar ta‟sirida o„z rangini o„zgartirishi) usulidan foydalaniladi. Masalan, 
rangsiz suyuqlik youg„lik nurini yaxshi o„tkazadi. Agar rangsiz suyuqlik solingan 
shisha idish orqali fotoplastinkaga yorug„lik tushirilsa, unda ma‟lum miqdorda 
elektr yurituvchi kuch hosil qilinadi. Agar bu rangsiz suyuqlik indikator vazifasini 
bajarsa va bu suyuqlik orqali korxona xonalaridagi havo sinovi o„tkazib turilsa, 
havo tarkibi toza bo„lganda suyuqlikda hech qanday o„zgarish bo„lmaydi. 
Agar havo tarkibida zararli moddalar zichligi osha borsa, shishadagi 
suyuqlik rangi o„zgara boshlaydi va bu bilan u orqali o„tayotgan yorug„lik 
xiralashadi, fotoplastinkada esa, hosil bo„layotgan elektr yurituvchi kuch kamaya 
boshlaydi va nihoyat xavfli vaziyat vujudga kelishi bilan suyuqlik rangi butunlay 
o„zgaradi, elektr yurituvchi kuch juda kuchsizlanib, avtomatik ravishda 
shamollatish qurilmasini ishga tushirib yuboradi. 

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling