1-Mavzu: Paxta va to‘qimachilik sanoatida texnosferik omillar fani, uning mohiyati va vazifalari Reja: 1


Download 1.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/52
Sana19.06.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1620047
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   52
Bog'liq
Texnosfera omillari fanidan 1-8 mavzular

ekologik muammolar kelib chiqmoqda
. 
Bunga sabab sanoat va ilmiy-texnika taraqqiyoti – tabiatga qarama-qarshi 
ravishda rivojlanmoqda. Sanoat, ilmiy-texnika taraqqiyotining qonuniyatlari tabiat, 
biosferaning mavjudlik va rivojlanish qonuniyatlariga zid kelmoqda. 


Bu ziddiyat bugun yoki kecha paydo bo„lib qolgan emas. Bu ziddiyatning
ildizi, sanoat endi vujudga kelgan davrlardayoq paydo bo„lgan. Ammo, u 
zamonlarda ushbu tafovut unchalik sezilmagan. Oradan yillar, asrlar o„tgan sari bu 
ziddiyat kuchaygandan - kuchayib, hozirgi tahlikali vaziyatga kelib qoldi.
Lekin tabiatga ziyoni etmasin deb sanoat, fan-texnika taraqqiyotini to„xtatib 
bo„lmaydi. Chunki insoniyat sanoat, fan-texnika yutuqlari asosida yashashga 
o„rgandi. Ular insoniyat turmush tarzini ancha qulaylashtirdi, osonlashtirdi, 
zamonaviylashtirdi. Endi, insoniyat o„ziga yaratilgan ana shu shart-sharoitlardan 
voz kecha olmaydi, chunki, hozirgi davlatlarning mavjud bo„lish shartlari butkul 
sanoat va fan-texnika taraqqiyotiga bog„liqdir.
Mamlakatlarning iqtisodiy ko„rsatkichlari, ijtimoiy-siyosiy ahvoli, harbiy-
mudofa salohiyati, aholining maishiy turmush tarzi, madaniy-ma‟rifiy hayot 
darajasi va boshqa sohalardagi jarayonlar bevosita sanoat va ilmiy-texnika 
taraqqiyoti bilan belgilanadi.
Sanoat va fan-texnikadan voz kechish – hozirgi sivilizatsiyadan 
voz kechishdir. Hozirda yashab turgan hayot tarzimizni, barcha qulayliklar va 
imkoniyatni o„rta asrlardagi qoloq turmushga almashtirish demakdir. 
Yuqoridagi mulohazalardan ko„rinib turganidek, sanoat va ilmiy-texnika 
taraqqiyotini to„xtatib bo„lmaydi, u rivojlanishda davom etishga majbur. Bu yo„l 
ham insoniyatni qoniqtirmaydi. Chunki, unda tabiat, biosfera zararlanishi ham 
davom etaveradi. Sanoat va ilmiy-texnika taraqqiyotining hozirgi ko„rinishi tiriklik 
maskani bo„lgan yer sayyorasini yashash uchun nobop, yaroqsiz qilib bormoqda.
Sanoat 
va 
ilmiy-texnika 
taraqqiyotini 
to„xtatilib qo„yilishi yoki 
shu alfozda davom etishi ham mumkin emas. Insoniyat hozir shunday bir 
ahvolga tushib qolganki, xalq maqolida aytilganidek, ko„rpa bilan oyog„ingni 
yopay desang boshing yopilmay qoladi, ko„rpani boshingga tortsang, oyog„ing 
ochilib qoladi.
Bu holatdan chiqib ketish uchun birinchi navbatda sanoat va ilmiy-texnika 
taraqqiyoti qonunlarini tabiat va biosferaning mavjudlik va rivojlanish 
qonuniyatlariga zid keladigan jihatlarini qayta ko„rib chiqish lozim. Negaki, 
tabiatni insoniyat yaratmagan, u va uning mavjudlik va rivojlanish qonuniyatlari 
insoniyatdan oldin, unga bog„liq bo„lmagan holda vujudga kelgan. Demak, 
insoniyat tabiatning mavjudlik va rivojlanish qonuniyatlarini o„zgartira olmaydi. 
Ammo, sanoat va ilmiy-texnika taraqqiyoti – insoniyat aql-tafakkurining, 
uning aqliy va jismoniy faoliyatining mahsulidir. Shunday ekan, sanoat va ilmiy-
texnika taraqqiyoti qonuniyatlarini o„zgartirish, uni insoniyatga maqbul tomonga 
yo„naltirish mumkin. Xususan, sanoat va ilmiy-texnika taraqqiyotini tabiat va 
biosferaning mavjudlik va rivojlanish qonuniyatlariga moslashtirish imkoniyatlari 


bor. Insoniyat bu yo„lda allaqachon izlanishlarni boshlab yuborgan va ma‟lum bir 
natijalarni qo„lga kiritib bormoqda. 
Poezd lokomotivlarini dizel yoqilg„isidan elektr energiyasi asosida 
harakatlanishga o„tishi va benzin, dizel va propan, metan kabi gaz yoqilg„ilarida 
harakatlanadigan 
ichki 
yonuv 
dvigatellarga 
ega 
avtomobillar 
o„rnini 
elektromobillar egallayotganligi bunga misol bo„ladi. Ma‟lumki, elektromobillar 
elektr energiyasi, hattoki quyosh energiyasi yordamida harakatga keladi va atrof-
muhitga hech qanday zarar keltirmaydi.
Endigi vazifa, atrof-muhitni o„ta darajada ifloslantirayotgan turli sanoat 
korxonalari, zavod, fabrikalar muammosi. Agarda olimlarimiz, bu borada bosh 
qotirishib, teplovozlar o„rniga elekrichkalar, avtomobillar o„rniga elektromobillar 
yaratishgandek, kashfiyotlar qilishsa bu muammo ham o„z echimini topardi.
Kelajakda esa, sanoatning boshqa, hamma sohalarini ana shu yo„sinda, 
muqobil, atrof-muhit uchun zararsiz energiya manbalariga o„tkazilishi maqsadga 
muvofiqdir. Yoki bo„lmasa sanoatning barcha sohalarida ishlash prinsipini tubdan 
o„zgartirib, shunday yuksak texnologiyalar yaratish lozimki, ularning atrof-
muhitga halokatli ta‟siri bo„lmasin.
Albatta, yangicha ish uslubini yaratish, ekologik xavfsiz texnologiyalarni 
kashf etish o„z-o„zidan amalga oshib qolmaydi. Buning uchun, rahbarlar, olimlar, 
konstruktorlar, ilmiy tadqiqotchilar va o„sha soha mutaxassislardan o„zlarining 
izlanuvchanlik, yaratuvchanlik, ijodkorlik, novatorlik, tashabbuskorlik kabi 
xislatlarini namoyon etishlari talab etiladi.
Umuman olganda bu masala, faqat yuqorida sanab o„tilgan ijtimoiy 
qatlamlargagina emas, balki jamiyatda yashovchi barcha toifa va tabaqaga mansub 
kishilarga daxldordir. 
Xulosa qilib aytadigan bo„lsak, sanoat, ilmiy-texnika taraqqiyoti hozirgi 
ko„rinishining ba‟zi bir jihatlari tabiat, biosfera va insoniyat kelajagi uchun 
nomaqbuldir. Insoniyatning oldida qisqa fursatlarda hal etilishi shart bo„lgan vazifa 
– sanoat va texnika taraqqiyoti qonuniyatlarini tabiat va biosfera qonuniyatlariga 
moslashtirish va uyg„unlashtirishdan iboratdir. Insoniyat sanoat va texnika 
taraqqiyotini shunday yo„llarini kashf etishi kerakki, bu yo„llar insoniyatni zavoli 
uchun emas, aksincha istiqboli uchun xizmat qilishi zarur. 



Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling