1-mavzu. Pedagogik tadqiqotlarning mazmuni va mohiyati. Boshlang‘ich ta’lim metodologiyasi o‘quv fani sifatida. Reja


Download 0.89 Mb.
bet13/42
Sana20.12.2022
Hajmi0.89 Mb.
#1039203
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   42
Bog'liq
Boshlang\'ich ta\'lim metodologiyasi

Metod va metodologiya
Olimlar va tadqiqotchilar o‘z ilmiy ijodida juda ko‘p il­miy tadqiqot metodlaridan foydalanadi. Metod bu bilimga erishish usuli, olimning ma’lum tarzda tartibga solingan, ongli va izchil faoliyatidir. Grekchadan so‘zma so‘z tarjimada «me­tod» biror narsaga olib boradigan aniq bir yo‘lni anglatadi. Metod bi­lish usuli sifatida o‘rganilayotgan obyektning jihatlari va xossalarini laboratoriyada, ilmiy tadqiqot moslamasida, sinov stendida, shuningdek, tadqiqotchining miyasida aks ettirish usulidir. Ilmiy bilishning metodologiyasi ilmiy bilishning zarur sharti sifatida ilmiy asoslangan me todlardan tadqiqotchilik faoliyatida ongli ravishda foydalanishga xizmat qiladi.
Metodologiya bu fanda foydalaniladigan bilish vositala ri, usullarining majmui, shuningdek, fanning ijodiy bilish va amaliy o‘zgartirish faoliyatini tashkil etish vositalari, shart sharoitlari va prinsiplarini o‘rganuvchi ilmiy falsafiy bilim sohasidir. Ilmiy bilish obyektiv voqelik olamini me­xaniqa, fizika, astronomiya, kimyo, biologiya, ijtimoiy bilish qonunlari ko‘rinishida ijodiy yaratadi.
Boshlang’ich ta’lim metodologiyasi fanining metodologikmantig‘i yangi bilim olish shartlari vausullarinio‘rganadi. Fan metodologiyasi (epistemologiyasi) bu yangi bilim tuzshp prinsiplari va bunday bilimni olish usul larining falsafiy analizi, ilmiy bilishning umumiy va max sus metodlari tizimidir. Fan metodologiyasi ilmiy ijod uchun, yangi h.aqkoniy bilimni ongli raviiqsa va izchil olish uchun zarur bo‘lgan ilmiy bilish apparati, mexanizmining asoslarini ish lab chiqishni o‘z oldiga maqsad qilib ko‘yadi. Fan metodologiyasi va epistemologiyasi u yoki bu jamiyatdagi dunyoqarash, fanning gnoseologik, etik, hatto estetik qoidalari va an’analari asosiga quriladi.
Hozirgi zamon fan metodologiyasiva epistemologiyasi ilmiy bilishning tabiatini, uning genezisini, tarixini va hozirgi holatini, ilmiy bilishning h.aqqoniyligi asoslari va mezonla rini o‘rganadi. Uchinchi to‘lkin sivshshzatsiyasi hozirgi zamon po stmodernistik falsafasining har bir yo‘nalishi uz epistemolo giyasiga ega, ammo hozirgi zamon ssientistik yo’nalishlari (neo­pozitivizm, germenevtika, tankidiy ratsionalizm, neorealizm, fan falsafasi)da epistemologik tadkikrtlarning ahamiyati an tissientistik yo‘nalishlar (ekzistensializm, falsafiy antro­pologiya va boshqalar)dagidan ancha kattadir.
Fan metodologiyasi va epistemologiyasiilmiy bilish va il­miy ijodni, ya’ni ilmiy tadqiqot faoliyatini o‘rganadi. Har qanday ilmiy yutuq yoki kashfiyot nafaqat muayyan predmet mazmuniga, balki metodologik jihatga ham egadir, zero, u fanda ilgari olingan axborotni tanqidiy qayta ko‘rish, fanning tushunchalar apparati va tadqiqot negizini muttasil yangilash (yangi metodlar, usullar va yondashuvlar bu yangi apparatura, yangi institutlar va laboratoriyalar demak) bilan bog‘liqdir. Shun day qilib, fanning o‘ziga nisbatan metodologiya va epistemolo­giya fanning o‘zini o‘zi bilish va o‘zini o‘zi anglash shakllaridan biridir. Ilmiy ijod metodologiyasi olim shaxsining yangi bi­lim olish va uni amalda qo‘llash sohasidagi ijodiy salohiyatini ochib beradi va analizdan o‘tkazadi.
Subyektning obyektga faol munosabati sifatidagi bilish­ning eng umumiy jihatlarini analizdan o‘tkazuvchi gnoseologiyadan farkli o‘laroq, metodologiya bilishning bu jihatlari va tomonlari bilish bilan bog‘liq muayyan vaziyatlarda va bi­lishning sohalarida, ma’lum ijtimoiy iqtisodiy, texnikaviy texnologik va tarixiy sharoitlarda qanday o‘z ifodasini to pishiga e’tiborni qaratadi. Hozirgi zamon fan metodologiyasi ilmiy faoliyatning ma’nosini, uning ijod, amaliyot, ijtimoiy borliqning ma’naviyat sohasi, kengroq aytganda, butun madaniyat bilan aloqasini aniqlaydi. Shundan so‘ng metodolo­giya ilmiy tadqiqotlarni takomillashtirish, ratsionalizatsiya qilish, maqbullashtirish va samaradorligini oshirish muammolarini o‘rganadi.
Ilmiy tadqiqot bosqichlarini tavsiflash va analizdan o‘tkazish, hozirgi zamon kompyuterlashtirilgan fanining tilini analizdan o‘tkazish, ilmiy tadqiqotning alohida tartibi va usullarini qo‘llash mumkin bo‘lgan sohalarni aniqlash ham ilmiy bilish metodologiyasining vakolatlari jumlasi ga kiradi. Fan bu o‘sib boruvchi bilim tizimi bo‘lib, quyidagi komponentlarni o’z ichiga oladi: ilmiy faktlar, maxsus ilmiy tushunchalar, atamalar va sxemalar, g‘oyalar, gipotezalar va nazariyalar, shuningdek, fan qonunlari va ilmiy bi­lish metodlari.
Ilmiy bilish metodlari bu obyektni o‘rganishning asos langan izchil usullari va qoidalaridir. Muayyan fanlarning umumilmiy, xususiy va maxsus metodlari tafovut etiladi. Tabiiyki, fan epistemologiyasida ularning dastlabki ikkitasi bevosita qiziqish uyg‘otadi.
Kuzatish bu bilishning shunday bir metodiki, bunda subyekt (tadqiqotchi) obyektning tuzilishi va rivojlanishiga aralash maydi. U tadqiqot obyekti mavjud bo‘lgan sharoitlarni o‘zgar tirmaydi, chunki unga hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi. Asbob lar, ilmiy moslamalar va mexanizmlar olimlarga ularning kuzatishlarida yordam beradi hamda ehtimol to’tilgan kuzatish lar doirasini kengaytiradi, masalan, infraqizil teleskoplar varadioteleskoplar yordamida astrofizik olimlar yo’lduzli os monni nafaqat ko‘rinadigan holatda, balki elektromagnit to‘lqinlar doirasining infraqxzil va radiochastotali sohala- rida ham ko‘rishga muvaffaq. bo‘ldilar.
Kuzatishning ilmiy bilish metodi sifatida afzalligi shundaki, u o‘rganilayotgan hodisaning ancha obyektiv manzarasini berishi mumkin. Ilmiy kuzatish bu chinakam ijod, haqiqiy mahorat va san’atdir, zotan, kuzatish obyekti o‘zining barcha xossalari va sirlarini kuzatuvchiga oshkor etishga intilmaydi. Shuning uchun ham olim kuzatish jarayonida yangi, kiziqarli va hali bilinmagan narsani ko‘rish uchun o‘z aql idroki, xotira si, intuitsiyasi va sezgisining bor ijodiy imkoniyatlarini safarbar etadi. Har bir fanda obyekt haqida imkon qadar ko‘proq haqqqoniy ma’lumotlar va faktlar to‘plash uchun o‘z kuzatish metodlari ishlab chiqiladi. Kuzatish jarayonida olimning faoliyati ikki yoqlama xususiyat kasb etadi: u obyektga nisbatan pas­siv, kuzatish jarayonini tashkil etish, buning uchun muvofiq shart sharoitlar yaratishga nisbatan esa faol, ijodiy bo‘ladi.
Eksperiment va tajriba— obyektni va uning xulq atvorini kuzatishni zarur komponent sifatida o‘z ichiga oluvchi, ammo obyektning belgilari, tuzilishi va funksiyalarini o‘rganish maqsadida unga faol ta’sir ko‘rsatishni nazarda tutuvchi ilmiy bilish metodlari. Tajriba va eksperimentlar jarayonida olim­lar eksperimental moslamalarda ilmiy tadqiqot maqsadlari ni amalga oshirish uchun zarur shart sharoitlarni ongli ravish da yaratadi, modellashtiradi, o‘rganilayotgan hodisaning oqimi ni o‘zgartiradi va mazkur tajriba uchun zarur yo‘nalishga buradi. Eksperiment jarayonida obyektning mavjudlik shart sharoitlari faol o‘zgarib boradi.
Eksperiment tadqiqotchiga bilish uchun kuzatishga qaragan da kengroq imkoniyatlar ochadi. Olimlar eksperiment o‘tkazib, obyektga dadil va ijodiy yondashib, tajriba obyektini teran tushunib еtadi, uning xossalarini va obyekt mavjud bo‘lgan muhitni o‘zgartiradi.
Kuzatishlar, tajribalar va eksperimentlar jarayonida olin gan obyekthaqida ma’lumotlar puxta qayta ishlanadi va saralab olinadi, shundan so‘ng olingan ma’lumotlarni tavsiflash bosqichi boshlanadi. Olingan empirik axborotni tavsiflash bu ilmiy ijodning o‘ta mas’uliyatli va qiziqarli bosqichidir. Xo‘sh, obyektning xossalarini qanday tavsiflash, tavsiflashga qanday yondashish kerak, tavsiflashda tadqiqotchi qaysi mezon larga tayanadi? Bu yеrda olimning ijodiy faolligi, fikrlash uslubi, yuksak darajadagi ilmiy mahorati va umumiy madaniya ti, uning xolisligi va obyektivligi katta rol o‘ynaydi.
Tavsiflash turlari xilma xildir. Har bir fan uz tavsif­lash turlariga ega bo‘lib, bunda o‘z tushunchalar apparati va metodologiyasiga tayanadi. Jumladan, tavsiflashning quyidagi turlarini ajratish mumkin: tartibsiz va izchil; to‘liq va noto‘ liq; sifati va soniga qarab tavsiflash; tuzilishiga qarab tav­siflash; funksional, genetik tavsiflash va h.k.
Tavsiflash tavsiflanuvchi xossalarni tizimga solish va turkumlashni nazarda tutadi. Bunda obyektning o‘rganilgan xos­salarini qabul qilingan tadqiqot dasturi va tamoyillariga muvofiq tartibga solish va dastlabki anglab еtish amalga oshiriladi. Bundan empirik darajada olingan ilmiy ma’lumot­larni yaxshiroq. va teranroq tushunib еtish maqsadi ko‘zlanadi. Tizimga solish deganda, masalan, botaniqada o‘simliklarning xossalarini, kimyoda kimyoviy elementlarning xossalarini (D.I. Mendeleevning kimyoviy elementlar sistemasi), mikro olam kvant fizikasida elementar zarralarning xossalarini tartibga solish tushuniladi.
Shundan so‘ng obyektning tavsiflangan xossalari va belgi­lari turkumlanadi. Mazkur xossalar va belgilar tanlangan yondashuvga muvofiq guruxlarga, turkumlarga ajratiladi. Tur kumlash tavsiflash u suli sifatida voqelik xaqida oddiy ti­zimga solishga qaraganda ko‘proq bilim beradi.
Tushuntirishilmiy bilish va ijodning tavsiflashga qaraganda yuqori bosqichidir: tavsiflash obyektqanday, qanday tuzilishga ega va qay tarzda mavjud degan savollarga javob bersa, tushuntirish obyektga yanada chuqurroq kirib boradi va obyekt nega shunday, u yoki bu hodisaning sababi nimada, degan savollarni qo‘yadi. Ijodiy fikrlaydigan tadqiqotchi odatda obyektni tavsiflash bilan cheklanmaydi, balki ilmiy tadqiqot obyektini tushuntirish va tushunishga yanada chuqurroq ki­rib boradi.Deduksiya ilgari olingan bilimdayashirin axborot resurslarini aniqlash imkonini beradi. Masalan, astronom V. Gershel I. Nyutonning butun olam tortishish qonunidan deduktiv aqliy xulosalar chiqarish orqali Neptun sayyorasi mavjudligi va uning joylashgan o‘rnini bashorat qilgan.Deduksiya yordamida xuddi shu qonundan Yer va Oy gravitatsiya maydonlarining o‘zaro ta’siri natijasi sifatidadengiz suvining bostirib kelishiva kaytishi nazariyasi olingan. Ilmiy ijodda deduksiyadan foydalanish darajasi u yoki bu muayyan fanning rivojlanganligi, еtukligi ko‘rsatkichi bo‘lib xizmat qiladi: fan gipotezalar, nazariyalar, ilmiy qonunlar va tizimlar, ta’riflar, turkumlashlar shaklida haqqoniy bilim­ning еtarli darajada katta yig’indisiga ega bo‘lgan taqdirdagi na deduksiyadan keng foydalanish mumkin.
Sintez bu predmetning bilingan tomonlari, belgilari, xossalari va hokazolarni fikran birlashtirish, obyektning tuzilishini uning barcha aloqalari, munosabatdari, rivojlanishi va faoliyati ga bog‘lab tushunib еtishdir.
Ilmiy bilishda analiz nima va qanday maqsadda analizdan o‘tkazilayotganiga qarab har xil shakllarda kechadi. ("Analizning quyidagi asosiy shakllari tafovut etiladi:

  • yaxlit predmetni qismlarga ajratish, qismlarning tuzili shi, funksiyalari va aloqalarini o‘rganish;

  • predmetning belgilari, xossalarini ajratish, ular o‘rta sidagi munosabatlarni o‘rganish;

  • predmetlarning to‘plamlarini kichik to‘plamlarga va gu ruhlarga ajratish, to‘plamning har bir elementi o‘rnini hamda kichik to‘plamlar va guruhlar o‘rtasidagi munosabatlarni aniqlash.

Analizsiz sintez, sintezsiz esa analiz bo‘lmaydi. Sintez analiz natijalarini umumlashtiradi? Olimning chinakam ijodiy qobiliyati va mahorati analiz jarayonida olingan il­miy axborotdan bilimlarni o‘ziga xos tarzda, teran va yangicha sintez qila olishida ko‘rinadiG Bilishda analiz va sintez subyektni o‘rganilayotgan obyektning mohiyatiga yaqinlashtiradi, uning mavjudligi qonuniyatlarini aniqlaydi, obyektdagi zaruriylik va tasodifiylikni, individuallik va umu miylikni ajratadi, obyektni uning rang barang ichki va tashqi aloqalarida, murakkab, dialektik jihatdan ziddiyatli birlik sifatida ko‘rib chiqadiL
Induksiya va deduksiya bir tomondan hamda analiz va sintez ikkinchi tomondan ilmiy bilishda to‘g‘ri umumlashtirish va xulosalar chiqarshn, o‘rganilayotgan obyektlarni u yoki bu mezonlar va belgilarga qarab taqqoslash, obyekt haqidagi bilimlarni turkumlash, tizimga solish, tartibga keltirish va anglab еtish imkonini beradi.
Bundan tashqari, (ilmiy bilish/va ijodning doazkur metodlari yuksak darajada abstraktlashtirish imkonini beradi, falsafiy va umumilmiy tushunchalarni shakllantirishga ko‘maklashadi.
Abstraktlashtirish deganda bilish obyektini teran va izchil o‘rganish uchun uni fikran ajratish tushuniladi. Iqtisod nazariyasining tovar, bozor, qiymat, ishlab chiqarish usuli, ishlab chiqaruvchi kuchlar, ishlab chiqarish munosabatlari, raqobat, daromad singaritushunchalari abstraktlash tirishning mahsuli va ko‘rinishlaridir. Abstraktlashtirish tabiiy, texnikaviy, ijtimoiy va gumanitar fanlarning boshqa sohalariga ham xosdir. Mantiq va matematika eng «abst­rakt» fanlar jumlasiga kiradi.
Formal mantiq fikrlashning sof shakllarini o‘rganadi. Bunda u mazkur fikrlash shakllarida aksetuvchi real aloqalar va tuzilmalarga e’tibor bermaydi. Matematika esa predmetlarning moddiy mavjudligidan ajratib olingan miqdoriy mu nosabatlari va tizimdagi aloqalarini o‘rganadi.
Ilmiy ijodda analogiya deb ataluvchi nazariy metod kattarol o‘ynaydi. Analogiya taqqoslash va modellashtirish bi lan uzviy bog‘liq. U yoki bu jarayon, yoki hodisani o‘rganishda uning boshqa fan sohasidagi analogi, ya’ni o‘xshashini topish evristik jihatdan muhim va unumlidir. Masalan, E.Rezerford Quyosh sistemasining tuzilishi bilan og‘ir, musbat zaryadli yadro va uning atrofida aylanuvchi еngil, manfiy zaryadli elektronlardan tashkil topgan atom tuzilishi o‘rta sidagi analogiya metodiga tayanib, metall folgada alfa zarralarning tarqalishi haqidagi o‘z kashfiyotini yaratdi, bu kashfiyot esa, o‘z navbatida, kvant fizikasining jadal rivojlanishigaturtki berdi.
O‘rganilayotgan obyektning u yoki bu tomonlari bilan uning modeli o‘rtasida analogiyalarning mavjudligi bilishning turlaridan biri modellashtirishning rivojlanishiga olib keladi.
Modellashtirish bu bilish obyektining har xil modella rini yaratish va undan ilmiy ijodda foydalanish imkonini beruvchi ilmiy metoddir. Masalan, radiotexnikada real matema­tik mayatnik va uning uyg‘un mexaniq tebranishlari oddiy tebranma konturning modeli va analogidir.
Modellashtirish metodida obyekto‘rniga uning modeli o’rganiladi. Hozirgi zamon iqtisod nazariyasida bozorning rivojlanishi, talab va taklif, tovarning ishlab chiqaruvchidan iste’molchiga tomon harakatlanishi va hokazolarning sifat jihatidan har xil modellaridan foydalaniladi.



Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling