1-mavzu. Pedagogik tadqiqotlarning mazmuni va mohiyati. Boshlang‘ich ta’lim metodologiyasi o‘quv fani sifatida. Reja


Boshlang’ich ta’lim metodologiyasi fanining ilmiy tadqiqot tizimida fakt ilmiy tadqiqotning zarur elementi sifatida


Download 0.89 Mb.
bet15/42
Sana20.12.2022
Hajmi0.89 Mb.
#1039203
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   42
Bog'liq
Boshlang\'ich ta\'lim metodologiyasi

Boshlang’ich ta’lim metodologiyasi fanining ilmiy tadqiqot tizimida fakt ilmiy tadqiqotning zarur elementi sifatida.
Ilmiy faktlarni olish va topish maxsus tashkil etilgan ilmiy tadqiqot faoliyati, ilmiy bilishning har xil metodlaridan ongli va ijodiy foydalanishning natijasidir. Bu jarayon rivojlanayotgan, o‘sib borayotgan ilmiy bilim tizimi bilan belgilangan bo‘lib, ilmiy ijod tuzilishida muhim o‘rin egallaydi.
Epistemologik nuktai nazardan fakt deganda fanda real mavjud deb qayd etilgan obyektiv voqelikning bir parchasi tushuniladi. Bilinmagan voqelikfakt bo‘lolmaydi, chunki u haqida biror gal aytish mumkin emas. Ilmiy ijodda, ilmiy tadqiqotlarni analizdan o‘tkazish va prognoz qilishda qo‘l ostimizdagi faktlardan kelib chiqishimiz zarur.
Boshlang’ich ta’lim metodologiyasi fanida faktlarni shunchaki stixiyali ravishda to‘plamaydi, ularni rejali va ongli ravishda, izchil topadi. Shunday qilib, fan faktlarining majmui— bu xaos, bilimlar va axborotlarning betartib uyumi emas, balki ichki mantiqka ega bo‘lgan qat’iy tizimdir. U o‘zini yaratgan va undan ilmiy faoliyatida foydalanadigan odamlar uchun teran ev­ristik ma’noga ega.
Faktlarni topishga kirishishdan oldin olim o‘z niyatini: qaysi fan sohasidan qanday faktlarni, qaysi usullarda, qanday shartlarda, nima maqsadda o‘rganmoqchi ekanligini aniqlab oladi.
Boshqacha aytganda, ilmiy fakt unga ma’no va muayyanlik baxsh etuvchi ma’lum fan tizimi bilan belgilanadi. O‘ziga kerakli faktlar yo‘kligi ayon bo‘lgan hodisalarni olim ilmiy izlanishdoirasidan oldindan chiqaradi.Boshlang’ich ta’lim metodologiyasi fanininida qiziqarli va muhim faktlarning yangi manbalarini topish, kashf etish olim ijodiy ta fakkurining yorqin ko‘rinishi bo‘lib, ilmiy kashfiyot uning cho‘qqisini tashkil etadi.
Odatda(olim ilmiy faktlarni biron bir ishchi gipoteza yoki aniqlangan ilmiy nazariya asosida to‘plab boradi. Olingan fak­tlar yo mazkur nazariya haqidagi bilimlarimizni chqurlashtiradi, yo uning zaif jihatlarini ko‘rsatib beradi, ba’zan esa uni to‘liq inkor etadi. So‘nggi holat ilmiy ijodda juda mu him, chunki u fanning rivojlanishiga turtki beradi: nazariyaga zid bo‘lgan faktlar ilmiy ijodning eng inqilobiy elemen­ta, ilmiy tafakkurni kuchaytirish vositasi, ilmiy bilimni o‘stiruvchi kuchdir.
Yuqorida aytilganlar ilmiy fakt ilmiy ijodning muhim tarkibiy elementi sifatida kuzatilayotgan hodisalarning ma’ lum jihdtlarining ifodasi ekanligini yеtarli darajada ko‘rsatadi. Modomiki, zamon va makondagi bir tuzilma yoki hodisa turli ilmiy konsepsiyalar doirasida har xil talkin qilinar ekan, biz bu yеrda fanning turli faktlari haqida gap ketyapti deb aytishimiz mumkin.
Fakt murakkab tabiatga ega ekanligini e’tiborga olib, mazkur tabiatga mos keluvchi nazariyaning haqqoniyligi va ziddiyatsizligi ilmiy faktlarning haqqoniyligining zarur shartidir deb xulosa chiqarish mumkin. Tegshli faktlarning talqini asosida yotuvchi gipotezalar va nazariyalarning soxtaligi isbotlangan taqdirda, ilmiy faktlar xato deb hisoblanadi. K. Popper buni fan episgemologiyasidagi falsifikatsiya prinsipi deb atagan. Masalan, I. Kant Yevklid geometriyasining haqqoniyligini matematikada rad etib bo‘lmaydigan fakt deb idrok etgan, ammo N. Lobachevskiy, A. Baoli, L. Eyler, B. Riman va hozirgi zamon noevklid geometriyasining boshka bunyodkorlari uz ishlari bilan bunday qarash noto‘g‘ri ekanligini, amalda geometriyalar juda ko‘pligini isbotlab berdi.
Ilmiy nazariyalarning rivojlanishini analizdan o‘tkazish da “ilmiy fakt”tushunchasining metodologik ahamiyati to‘la namoyon bo‘ladi. Bu еrda fakt ilmiy nazariyaning haqkoniyligi va to‘liqligini, uning hodisalarni tushuntirish va bashoratlash qobiliyatini baholash mezoni bo‘lib xizmat qiladi. Naza­riy tafakkurning taraqqiyoti mukammal ilmiy nazariyalar o‘rni ga yanada mukammal, teran va to‘liq nazariyalar kelishi bilan belgilanadi. Tabiiyki, obyektiv voqelikka mos keluvchi fakt­larni ko‘proq “aks ettirish”ga qodir bo‘lgan nazariyani eng yaxshi nazariya deb aytish mumkin. Shunday qilib, ilmiy bilimning o‘sishi, ilmiy nazariyalar va paradigmalarning almashishi biz ning borliq qonunlari haqidagi amaliy bilimlarimizning uzluksiz o‘sishi demakdir.
Ilmiy muammoni qo‘yish, uning yеchimini topish, ilgari surilgan qoidalarni tekshirish uchun obyektiv haqiqiyligi aniqlangan bilim zarur. Bu haqqoniy ilmiy bilim ilmiy ijodda tayaniladigan fakt hisoblanadi. Hozirgi zamon fanida ilmiy kuzatishlar, eksperimentlar va tajribalarning natijalari ham, haqqoniyligi amaliyotda isbotlangan naza­riy qonunlar ham faktlar deb e’tirof etiladi. Bilimning haqqonishgagi, to‘g‘riligi uning faktga aylanishining zarur shartidir, shuning uchun ham faktlarni ular ma’qulmi, no ma’qulmi, tadqiqot uchun qulaymi, noqulaymi, qat’i nazar, qabul qilish kerak.
Faktning qolgan barcha belgilari, masalan, uning bir va riantliligi, ya’ni o‘zi tarkibida bo‘lgan tizimdan ma’lum da rajada erkinligi uning haqqoniyligi mahsulidir. Fakt — bu obyektiv haqdoniy deb isbotlangan va qaysi bilim tizimiga kiritilishidan qati nazar, shunday bo‘lib qoladigan hodisadir. Gipotezalar, farazlar, tahminlar amaliyot sinoviga dosh berolmay parchalanib ketishi mumkin, ammo ularga asos bo‘lgan faktlar qoladi va bir bilim tizimidan boshqasiga o‘tadi. Fakt ilmiy bilim elementi sifatida obyektiv olamning yanada aniq, muvofiq obrazlarini shakllantirishga yordam beradi. Ch. Dar­vin ilmiy ijod jarayonida faktlar katta rol o‘ynashini ko‘rsatib:”Fan faktlarni guruhlash va buning asosida ularning umumiy qonunlari yoki xulosalarini chiqarishdan iborat”, deb qayd etgan edi.

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling