1-mavzu. Pedagogik tadqiqotlarning mazmuni va mohiyati. Boshlang‘ich ta’lim metodologiyasi o‘quv fani sifatida. Reja


Download 0.89 Mb.
bet16/42
Sana20.12.2022
Hajmi0.89 Mb.
#1039203
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   42
Bog'liq
Boshlang\'ich ta\'lim metodologiyasi

MAVZUGA DOIR SAVOLLAR
1. Boshlang’ich ta’lim metodologiyasi fanida ilmiy bilishning yana qanday shakllari va metodlarini bilasiz?
2. Ilmiy bilishning umum falsafiy va xususiy metodlari va shakllarining farqi nimada?
3. Fakt nima va ilmiy bilishda u qandayrol o‘ynaydi?
4. Faktning qaysi turlarini bilasiz?
5. Fakt ilmiy ijodni asoslash mezoni bo‘lib xizmat qiladimi? Nima uchun?
6. Ijodiy tadqiqotda ilmiy faktning gnoseologikmohiyati nimada?
6-7-MAVZU. ILMIY-PEDAGOGIK TADQIQOTLARNING NAZARIY ASOSLARI


Reja:

  1. Induksiya va deduksiya bilish metodlari sifatida.

  2. Nazariya va amaliyot o’rtasidagi bog’liqlikning turlari.

  3. Nazariyaning vujudga kelishi shakllanishi va taraqqiyot bosqichlari.

  4. Nazariya va paradigma.



Tayanch iboralar va atamalar: tahlil(analiz), sintez,
induksiya, deduksiya, abstraksiya, formallash, o’xshashlik,
biologiya, iqtisod, fizika, informatika, matematik formula, xususiy fikr, yuriknoma,
nazariya, qonun, qoida, aloqadorlik, xususiy tasdiq, umumiy tasdiq,
omil, universallik, borliqnio’rganish, muhit dunyo.



  1. Induksiya va deduksiya bilish metodlari sifatida.

Induksiya - bu xususiy tadqiqlardan umumiy tadqiqlarga o’tish
haqidagi tadqiqot usulidir; Deduksiya - bu umumiy tadqiqdan xususiy tadqiqlarga o’tish uslubidir;Abstraksiya - ilmiy abstraksiyalash usuli - bu usul
qaralayotgan hodisaning ba’zan jiddiy bo’lmagan tomonini xususiydan
uzoqlashishda, ya’ni e’tiborni umumiyga jalb qilishda qo’llaniladi;
Formallash - bu hodisa yoki jarayonlarni matematik belgilar va
qonunlar asosida formulalarda ifodalashdan iboratdir;
Deduksiya – oldindan mavjud bo’lgan bir umumiy haqiqat, umumiy prinsipning o’ziga xos tartibli fikrlash va mantiq qoidalariga asoslangan holda, maydaroq, yakka holatlarga tadbiq qilinishiga aytiladi. Deduksiyada umumiy bir gipoteza hayotdagi mavjud yakka holatlar orqali tekshirib chiqiladi. Bu umumiy prinsip oldindan mavjud, va holatlarni faqatgina bu prinsipni tekshirish, tatbiq qilish uchungina o’rganiladi. Bu yerda birlamchi o’rinda mantiq turadi; tajriba esa ikkilamchi hisoblanadi.
Deduksiya (lot. deductio — xulosa chiqarish) — mantsh qoidalariga koʻra xulosa chiqarish. Dastlab formal man-tikda umumiylikdan xususiylik, ayrimlik tomon muhokama yuritish D. deb atalgan. Mas, "Barcha metallar elektr utkazuvchandir (umumiy) va "Mis — metall" degan ikki hukm (asos)dan deduktiv yul b-n "Mis elektr utkazuvchandir" degan xususiy yangi hukm (xulosa) chiqariladi. Induksiyanmng karama-qarshisi. Mantiqqa oid adabiyotlarda "D." atamasini birinchi bor rimlik mantikshunos faylasuf Boetsiy (480— 524) ishlatganligini taʼkidlaydilar. Biroq, bu taʼlimot sillogizm shaklida birinchi bor Aristotelning "Birinchi analitika" asarida tahlil qilingan. Keyinchalik D. tushunchasini R. Dekart, G. Leybnits kabi faylasuflar rivojlantirdilar. Oʻrta asr arab falsafasida Kindiy, Roziy, Gʻazoliy, Ibn Rushd tomonidan D.ga alohida eʼtibor berilgan. Unga yangi bilim berish vositasi deb qaraganlar. Forobiy, Ibn Sino Aristotelning deduktiv mantigʻiga yangilik kiritib mantiqning sillogizm shaklinigina emas, balki shartli, ayiruvchi kabi shakllarini ishlab chikdilar. Xulosa chiqarishning yangi (yuqoridagi) usullarini yaratdilar.
Hoz. zamon fanida "D." termini keng maʼnoda qoʻllanilib, muayyan hukmdan mantiq qonunlari asosida xulosa chiqarish tushuniladi. Agar asos qilib olingan xukm qaqiqiy va D. qonunlariga rioya qilingan boʻlsa, undan chiqariladigan xulosa ham haqiqiy boʻladi. D.— isbotnnnt asosiy vositasidir. Shuning uchun fandagi nazariyalar deduktiv metod natijasida yaratiladi. Odatda, deduktiv metod maʼlum sohada faktik materiallar toʻplangandan soʻng , ularni chuqur oʻrganish, tizimga solish va b. maqsadlarda qoʻllaniladi. D. psixologiya va bilish nazariyasitsa ham amal qiladi. D. psi-xologiyada shaxsning individual tafakkuri jarayonini oʻrgansa, bilish nazariyasida ilmiy bilish metodi sifatida namoyon boʻladi. Deduktiv metod turli shakllarda, xususan aksiomatik metod, shuningdek, gipotetik — deduktiv metod shaklida uchraydi. Mavjud faktik materiallardan deduktiv yoʻl b-n nazariya yaratishda asos boʻladigan fikrlar majmuasi (aksioma va b.) tanlab olinib, mantiq qo-nunlari asosida ulardan boshqa bilimlar hosil qilinadi. [1]
Induksiya – ma’lum miqdorda yakka holdagi fakt, hodisa va jarayonlarni kuzatish orqali, shu kuzatishlarga tayangan holda ishlab chiqarilgan umumiy xulosa chiqarish. Bu usul bo’yicha, oldin ko’p miqdordagi obyekt yoki jarayonlar yaxshilab kuzatiladi, o’rganib chiqiladi, keyin ushbu kuzatishlardan yagona, umumiy xulosa chiqariladi. Induksiyada mantiq asosiy o’ringa ega emas, tajriba birlamchi ro’lga ega. Faktlardan qoidaga qarab, yakka holdagi ko’plab o’rnaklardan yagona umumiy xulosaga qarab boriladi. Xususiy holatlar, fikrlardan umumiy bir xulosa ishlab chiqiladi.
Induksiya (lot.inductio — toʻgʻrilash, tartibga keltirish) (mantiqda) — ayrim fikrlardan umumiy xulosalar chiqarishda va mantiqiy tadqiqotlarga qoʻllaniladigan muhokama usuli. Xususiylikni oʻrganib, umumiylik bilib olinadi. Umumiylik predmet va hodisalar b-n uzviy aloqada boʻladi. Umumiylikning eng muhim tomonlaridan biri induktiv xulosa chi-karishdir. I. ni oʻrganish fanda kadimdan, hind, yunon mantiqshunosligida, Lao-szi maktabida boshlangan. I. masalalari Aristotel, Abu Ali ibn Sino asarlarida uchraydi. 17— 18-asr larda empirik tabiatshunoslik yuzaga kelgach, olimlar bu masalaga alohida eʼtibor berdilar. I. ni rivojlantirishga F. Bekon, G. Galiley, I. Nyuton, J. Mill kabi olimlar katta hissa qoʻshdilar. I. bilimlarning tashkil topishida, qonuniyatlarni ochishda, tushunchalarni maydonga chiqarish jarayonida, gipotezani olgʻa surishda fan uchun muhim aqamiyatga ega.
I. toʻliq, toʻliq boʻlmagan va ilmiy xulosa chiqarishga boʻlinadi. Toʻliq induktiv xulosa chiqarish biror narsani sinchiklab oʻrganish va tahlil qilish asosida amalga oshiriladi. Toʻliq I. doimo toʻliq boʻlmagan I. b-n bogʻliq. Toʻliq boʻlmagan I. da aniq faktlar asosida noaniq faktlar keltirib chiqariladi va natijada ong boyitiladi. I. ning oliy shakli ilmiy I. dir. Ilmiy I. asosida narsalarning sababiy bogʻlanishini tekshirish uslubi yotadi. Mas, oʻsimliklarning ayrim koʻrinishlarini oʻrganish asosida biz suv ular uchun asosiy hayot manbai, degan xulosaga ke-lamiz, chunki hamma oʻsimliklarga namlik kerak.
Har qanday induktiv xulosa chiqarish asosini borliq, narsa tashkil qiladi. Bu uslub dunyoni ilmiy bilishda muhim rol oʻynaydi. Shuning uchun obʼyektiv haqiqatni bilishda I. doim deduksiya b-n mustahkam aloqada boʻladi



Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling