1-mavzu. Pedagogik tadqiqotlarning mazmuni va mohiyati. Boshlang‘ich ta’lim metodologiyasi o‘quv fani sifatida. Reja
Download 0.89 Mb.
|
Boshlang\'ich ta\'lim metodologiyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Ilmiy dalilning mantiqiy-gnoseologik mohiyati.
MAVZUGA DOIR SAVOLLAR
1. Ijodning qaysi shakllarini bilasiz? 2. Ilmiy metod deganda nimani tushunasiz? 3. Bilimning empirik va nazariy darajalarining birligi va farqi nimada? 4-MAVZU. BILISH JARAYONLARI. Reja. Ilmiy dalilllar ilmiy bilimlarning tarkibiy qismi sifatida. Ilmiy dalillarning o‘ziga xos xususiyatlari. 2. Ilmiy dalilning mantiqiy-gnoseologik mohiyati. Fanning har qaysi sohasida ilmiy bilish va ijodning maqsadi haqiqatning tagiga yеtish, ilmiy tadqiqot obyektining mohiyati, sifati va xossalari haqida haqqoniy va sifatli axborot olishdan iborat. Boshlang’ich ta’lim metodologiyasi fanining oldida to’rgan ilmiy ijod metodologiyasi yangi, haqqoniy (ya’ni to‘g‘ri, mantiqan ziddiyatsiz) ilmiy bilim olishning shart sharoitlari va usullarini ko‘rib chiqadi. Fan metodologiyasi va epistemologiyasining maqsadi fanda ilmiy ijod, bilishning falsafiy mantiqiy apparatini ishlab chiqishdan iborat. Murakkab, dialektik jihatdan ziddiyatli, ammo juda qiziqarli, ba’zan hatto dramatik va fojiali ilmiy ijod jarayoni yagona, alohida va umumiy, sabab va oqibat, mohiyat va hodisa, zaruriyat va tasodif, qism va butun, ichki va tashqi va hokazolarni tadqiq qilishni uz ichiga oladi. Obyekt, hodisa, jarayonni teran, har tomonlama, obyektiv, ijodiy va qiziqish bilan o‘rganishgina olimlarga ilmiy haqiqatni kashf etish, olingan ilmiy bilimdan insonning amaliy extiyojlari uchun foydalanish imkonini beradi. Faktlarfanda bilim negizini tashkil etadi. Ilmiy faktlarda o‘rganilayotgan hodisa haqida ma’lumotlar uz ifodasi ni topadi. Ilmiy faktlar ilmiy bilimlar, ilmiy farazlar, qonunlar va qoidalarni shakllantirish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Ilmiy bilishda faktlar ichki va tashqi aloqalar hamda qonuniyatlarni aniqlaydi, ilmiy bilimning o‘sishiga kumaklashadi. Ilmiy ijod uzluksiz jarayon bo‘lib, faktlarni topish, olish va anglab еtish uning zarur elementidir. So‘nggi yillarda ilmiy ijodning turli sohalarida, masalan, eksperimental fizikada eksperimental moslamada “faktlar yoki hodisalar”ning tayyorlanishi, ilmiy fakt ilmiy tadvdiqot mahsuli bo‘lgani holda, imkon qadar ko‘proq ma’noli axborotga ega bo‘lishi, olimlarning ijodiy izlanishlarida yo‘lchi yo’lduz bo‘lib xizmat qilishi uchun maxsusshart sharoitlar yaratish haqida ko‘p gapirilmoqda. “Fakt”atamasi lotincha “faktum”so‘zidan kelib chikkan bo‘lib, “amalga oshirilgan”, “sodir etilgan”degan ma’noni bildiradi. Binobarin,(ilmiy bilishda fakt deganda real amalga oshgan, o‘zining mavjud borlig‘ini ro‘yobga chiqargan ayrim hodisani nazarda tutish o‘rinli bo‘ladi. Avvalambor, empirik, tajriba o‘tkazish yo‘li bilan, ya’ni kuzatish va uning natijalarini tavsiflash orqali olingan qoidalar ilmiy fakt hisoblanadi. Ilmiy bilim, ilmiy ijod real faktlar ga asoslanadi, bunda faktlarning o‘zi to‘g‘ri va tulikbo‘lishi kerak. Ilmiy fakt bu obyektiv xakkoniy deb isbotlangan va qaysi bilim tizimiga kiritilganidan kat’i nazar, o‘zining bu mazmunini yo‘qotmaydigan faktdir. Binobarin, bir variantlilik va obyektivlikilmiy faktning muhim xos sasidir/ Faktlar to‘plash ilmiy izlanishning muhimqismidir, ammo faktlar olinishi bilan ilmiy bilishning ijodiy, evristik qismi faqat boshlanadi. Yangi faktlarni fan binosi gamuvofiq ravishda kiritish, insonni qiziktirgan hodisa yoki jarayonni to‘g‘ri tushunish va tushuntirish zarur. Faktlar ilmiy farazlar, tahminlar, gipotezalar tuzishga faol yor dam beradi. Fakt xakdsa epistemologik tushuncha sifatida gapirganda, mazkur tushuncha (“ilmiy fakt”) bilish faoliyatining o‘zida bilish obyektining u yoki bu xossalari xaqida haqqoniy axborotni mujassamlatptirgan va barcha odamlar tomonidan bir xil tu shunilishi mumkin bo‘lgan ayrim obyektiv natijasini ifoda etishini qayd etib o‘tish kerak. Boshlang’ich ta’lim metodologiyasi fanining ilmiy bilish tizimida faktlar quyidagi funksiyalarni bajaradi:tavsiflash;tushuntirish;asoslash;tushunish;bashorat qilish. Ilmiy faktlar ilmiy bilish obyektini to‘g‘ri va obyektiv tavsiflaydi(Fakt ko‘rinishida olingan bilim va faktlarni tavsiflash asosida fan ilgari unga ma’lum bo‘lmagan, olingan faktlar natijasida ilmiy bilim arsenalidan urin olgan yangi bilimni tushuntirish va asoslashga o‘tadi. Ilmiy faktlarni tushuntirish, asoslash, talk.in qilish asosida mazkur faktlarni tushunish, anglab еtish sodir bo‘ladi. Bu yеrda Gegel o‘zining “Mantiq fani” asarida qayd etgan quyidagi so‘zlarni keltirish o‘rinli bo‘ladi: “U yoki bu predmetni anglab еtish faqat shundan iboratki, Men bu pred metni o‘ziniki qilib oladi, u predmetning mohiyatiga kirib boradi va unga o’z shaklini, ya’ni barchaga baravar taalluqlilik shaklini beradi”. Gegelning fikrini hozirgi zamon nemis faylasufi, falsafa va psixologiyaning asoschilaridan biri V. Diltey ham takrorlaydi. Bilishda tushunish deganda u obyektni «sezish asosida yalpi anglab еtish va uni qayta tuzshgoshi tushunadi. Ilmiy fakt obyektni “sezish”, uning asl mohiyatini tushunib еtishga ko‘maklashadi. Faktlar olim narsalarni ma’lum nuqtai na zardan, ijodiy ko‘rishiga yordam beradi. Ilmiy faktlarni analizdan o‘tkazish, ularni talqin qilishga o‘zigaxos yondashuvni tanlay olishda olimning ijodiy salohiyati namoyon bo‘ladi. Mana shunday ijodiy faollikda olimning miyasida atoqli fizik N. Bor qayd etgan “telbanamo g‘oyalar” tug‘iladi. Aynan mana shunday g‘oyalar ko‘pincha ilmiy kashfiyotlar ga olib keladi. Ilmiy faktlarni qayta ishlash bilan bog‘ liq epistemologik vaziyat mazkur faktlarni tushunish va ta lqin qilishni zarur komponent sifatida uz ichiga oladiki, bu teran ilmiy abstraksiyalar, umumlashtirishlar va pro gnozlarga yo‘l ochadi. Ilmiy faktning evristik qudrati uning ilmiy bilishda gi prognostik rolida uz ifodasini topadi: fanda bashorat, ilmiy faraz va intuitsiya faktlarga tayanadi. Masalan, qushlar va hasharotlar, ya’ni havodan og‘ir obyektlar fazo muhitida uchishga qodirligi buyuk mexaniq N.E. Jukovskiy tomonidan hozirgi zamon aerodinamikasining negizini tashkil etuvchi ko‘tarma kuch nazariyasining yaratilishiga olib keldi. Barcha eng yangi aviatsiya va kosmonavtika vositalari — raketalar, samolyotlar, vertolyotlar, dirijabllarni loyihalash Jukovskiy kashf etgan aerodinamika asosida amalga oshiriladi. Jamiyatning iqtisodiy tizimi, xo‘jalik yuritish mexanizmi, shu jumladan marketing — ayirboshlash asosida odam larning talab va extiyojlarini kondirishga yo‘naltirilgan inson faoliyati turining rivojlanishi faktlarini o‘rganish ko‘p sonli iqtisod nazariyalarining (F. Kottler, A. Marshall, D. Keyns, U. Maslou va boshkalar) negizini tashkil etadi. Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling