5. Ezoterik paradigma. Bu bizning sayyoramizdagi eng qadimiy ta’limiy paradigmalardan biri. Mazkur so‘zning yunonchadan so‘zma-so‘z tarjimasi “sirli”, “yashirin” ma’nolarini bildiradi. Uning mohiyatini abadiy va o‘zgarmas Haqiqatga munosabat tashkil etadi. Ushbu paradigma tarafdorlarining fikricha, haqiqatni shunchaki bilish mumkin emas, unga vijdon pokligi orqali erishish mumkin. Pedagogik faoliyatning oliy maqsadi o‘quvchining tabiiiy kuch va imkoniyatlarini yuqori darajadagi ongga ega bo‘lish, Kosmos bilan muloqot uchun sarf etish va rivojlantirishda namoyon bo‘ladi. Shuning uchun o‘qituvchining muhim muhofaza qiluvchi funksiyasi ta’lim oluvchilarning axloqiy, jismoniy, psixik tayyorgarligini amalga oshirish va mavjud kuchlarini rivojlantirishdir.
MAVZUGA OID NAZORAT SAVOLLARI
Induksiya va deduksiya bilish metodlari sifatida izohlang.
Nazariya va amaliyot o’rtasidagi bog’liqlikning turlarini sanang.
Nazariyaning vujudga kelishi shakllanishi va taraqqiyot bosqichlarini sanang.
Nazariya va paradigma tushunchalarini izohlang.
6-7-MAVZU. ILMIY-PEDAGOGIK TADQIQOTLARNING NAZARIY ASOSLARI
Reja:
Induksiya va deduksiya bilish metodlari sifatida.
Nazariya va amaliyot o’rtasidagi bog’liqlikning turlari.
Nazariyaning vujudga kelishi shakllanishi va taraqqiyot bosqichlari.
Nazariya va paradigma.
Tayanch iboralar va atamalar: tahlil(analiz), sintez,
induksiya, deduksiya, abstraksiya, formallash, o’xshashlik,
biologiya, iqtisod, fizika, informatika, matematik formula, xususiy fikr, yuriknoma,
nazariya, qonun, qoida, aloqadorlik, xususiy tasdiq, umumiy tasdiq,
omil, universallik, borliqnio’rganish, muhit dunyo.
Do'stlaringiz bilan baham: |