2-Mavzu: VII asrdan XIV asrning birinchi yarmigacha O’rta Osiyoda tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar
Reja:
Islom dinining tarqalishi va uning ta’lim-tarbiyaga ta’siri.
Musulmon maktablari va unda ta’lim-tarbiya mazmuni.
Qur’oni Karim – axloqiy-falsafiy ta’limotlar manbai.
Hadis ilmining paydo bo’lishi. Muhaddislar (Imom Ismoil al-Buxoriy, Imom Iso at-Termiziy va boshqalar)ning hadis ilmi rivojiga qo’shgan hissasi.
Mustaqil o’qish uchun adabiyotlar:
1. Ҳошимов К., Нишонова С., Иномова М., Ҳасанов Р. Педагогика тарихи. – Т.: Ўқитувчи, 1996.
2. Ҳасанбоев Ж., Ҳасанбоева О., Ҳомидов Ҳ. Педагогика тарихи. – Т.: Ўқитувчи, 1997.
3. Ҳошимов К., Сафо Очил. Ўзбек педагогикаси антологияси. – Т.: Ўқитувчи, 2010.
4. Долимов У. Миллий уйғониш педагогикаси. – Т.: NOSHIR, 2012.
5. Атаева Н., Расулова Ф., Ҳасанов С. Умумий педагогика (Педагогика тарихи). – Т.: “Fan va texnoligiya”, 2011.
6. Карим Т. Миллий тафаккур тараққиётидан (“Авесто” замонларидан то XXI аср бошларигача). – Т.: “Чўлпон” нашриёти, 2003.
7. Ҳадис. IV. Ал-жомеъ ас-саҳиҳ (Ишонарли тўплам) /Арабчадан А.Абдуллоҳ тарж. – Т.: Қомуслар Бош таҳририяти, 1992.
8. Олтин силсила: Сахиҳул Бухорий. – Т.: Hilol-Nashr, 2012.
Qur’oni Karim va hadislarga doir erkin yozish topshirig’i
Topshiriq: “Qur’oni Karim va hadislar haqida nimalarni bilasiz?” mavzusida besh daqiqa mobaynida o’z fikrlaringizni daftarga yozing. O’ylagan fikrlaringizni hech qanday to’xtovsiz bayon eting.
Erkin yozish ustida ishlashga doir ko’rsatma:
1. Talabalardan besh daqiqa mobaynida berilgan mavzu bo’yicha o’z fikrlarini yozish so’raladi.
2. Besh daqiqa tugagach, vaqt tuganganligi ma’lum qilinadi. Biroq bir minut sukut saqlab turiladi. Chunki odatda eng yaxshi fikrlar inson tang holatda qolgan vaziyatda tug’iladi.
3. Talabalardan ayrimlarining fikrlari tinglanadi. Uch-to’rt talaba o’z yozganlarini o’qib bergach, o’qituvchi qolgan talabalardan aytilganlariga o’xshamaydigan fikr kimda bo’lsa bildirishlarini so’raydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |