1-mavzu. Psixolgiya fanining dolzarb vazifalari, predmeti ва методлари dars rejasi


His-tuyg’u yoki hissiyot xotirasi


Download 1.08 Mb.
bet60/147
Sana24.12.2022
Hajmi1.08 Mb.
#1058679
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   147
Bog'liq
Psixologiya

His-tuyg’u yoki hissiyot xotirasi. Bu xotira his-tuyg’ular, ruhiy kechinmalar, hissiyotlar, ehtiyojlarimiz va qiziqishlarimiz qanday qondirilayotganligidan, atrofimizdagi narsa va hodisalarning xususiyatiga nisbatan munosabatimiz qay tarzda amalga oshirilayotganligidan doimo xabar berib turish imkoniyatiga ega. Shuning uchun har bir kishining hayoti va faoliyatida hissiy xotira turi juda katta ahamiyat kasb etadi.
Voqelikdagi narsa va hodisalardan, o’z-o’zimizga bo’lgan munosabatlarimizdan kelib chiqadigan yoqimli hamda yoqimsiz kechinmalarni esda qoldirish, esda saqlash, esga tushirishdan iborat xotira turi hissiy xotira turi deb ataladi. Boshimizdan kechirgan va xotiramizda saqlanib qolgan hissiyotlar harakatga undovchi va o’tmishda salbiy kechinmalarga ega bo’lgan harakatlardan saqlanib qoluvchi signal tarzida namoyon bo’ladi.
Hissiy xotira o’zining vujudga kelish xususiyati, tezligi, dinamikasi, davomiyligi bilan xotiraning boshqa turlaridan ma'lum ma'noda ajralib turadi. har bir odamga o’z turmush tajribasidan ma'lumki, ko’pincha, qachonlardir o’qigan kitoblar, tomosha qilgan kinofilmlar faqat "taassurotlar", bog’lanishlar zanjirini yechishning dastlabki tuguni sifatida namoyon bo’ladi. Shuning uchun hissiy xotira ijtimoiy ahamiyat kasb etib, umumiylik alohida olingan odamlar kayfiyatlari bir-birlariga o’xshashligi, iliq ruhiy muhitni vujudga keltirish yoki noxush kechinmalar to’lqinini barpo etish ehtimoli to’g’risida mulohaza yuritilayotgan alomati ostida ijtimoiy guruhiy, jamoaviy, barqaror va beqaror kayfiyatni vujudga keltiradi.
Obrazli xotira - tasavvurlar va turmush manzaralari, shuning bilan birga, tovushlar, ta'mlar, ranglar shakllar, bilan bog’liq bo’lgan xotira turidir. Obraz xotirasi deb yaqqol mazmunni, binobarin, narsa, hodisalarning aniq obrazlarini, ularning xususiyatlari va bog’lanishlarini esda qoldirish, ongda mustahkamlash hamda zaruriyat tug’ilganida esga tushirishdan iborat xotira turiga aytiladi.
So’z-mantiq xotirasi mazmunini fikr va mulohazalar, aniq hukm hamda xulosa chiqarishlar tashkil etadi. Insonda fikr va mulohaza turli xil shakllar yordamida ifodalanganligi tufayli ularni ifodalash faqat o’zlashtirilayotgan materiallarning asosiy ma'nosini izohlash, talqin qilib berish yoki ularni so’zma-so’z ifodalanishini aynan aytib berishga qaratilgan bo’lishi mumkin. Agar ma'lumot, axborot, xabar, material ma'no jihatidan qayta ishlanmasa, u holda materialni so’zma-so’z o’zlashtirish, mantiqiy o’rganish bo’lmasdan, balki aksincha mexanik esda olib qolishga aylanib qoladi.
So’z-mantiq xotirasining vujudga kelishida birinchi signal bilan bir qatorda ikkinchi signallar tizimi asosiy hisoblanadi. Chunki so’z mantiq xotirasi faqat insongagina xos bo’lgan xotiraning maxsus turi hisoblanib, bu xotira turi o’zining sodda shakllari bilan hayvonlarga ham taalluqli bo’lgan harakat, his-tuyg’u va obrazli xotiralardan sifat, ham miqdor jihatdan keskin farq qiladi. Ana shu boisdan so’z-mantiq xotirasi bir tomondan xotiraning boshqa turlari taraqqiyotiga asoslanadi, ikkinchidan ularga nisbatan yetakchilik qiladi. Shu bilan birga, boshqa turlarning rivojlanishi so’z mantiq xotirasining takomillashuviga uzviy bog’liqdir. So’z-mantiq xotirasining o’sishi qolgan xotira turlarining barqarorlashuvini belgilaydi.
Xotira turlariga nisbatan boshqacha tarzda yondashish hollari ham uchraydi. Shu bois xotira faoliyatini amalga oshirayotgan faollik xususiyatlari bilan uzviy bog’liq ravishda turlarga ajratiladi. Masalan, faoliyat maqsadiga ko’ra xotira ixtiyorsiz va ixtiyoriy turlarga bo’linadi.

Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling