1-Mavzu: psixologiya fan sifatida. (2 soat) Reja


Psixologiyaning falsafa fani tarkibida rivojlanishi


Download 288.47 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/18
Sana31.01.2024
Hajmi288.47 Kb.
#1817761
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
12645 1 8C369010F633443A384A783F962A386B3981C312

Psixologiyaning falsafa fani tarkibida rivojlanishi 
Xronologiya 
Bosqichning mazmuni 
Yakuniy natijasi 
Er.av. V-VI 
asrlar 
Psixika haqidagi dastlabki ilmiy 
fikrlarning paydo bo‘lishi va 
rivojlanishi 
Ruh haqidagi fanning paydo bo‘lishi va 
unda 2 yunalish: 
m
aterialistik va idealistik 
yo‘nalishlarning paydo bo‘lishi. Psixik 
jarayonlar
:
 sezgi idrok, xotira, tafakkur, 
affekt, iroda haqidagi ilk empirik 
bilimlarning paydo bo‘lishi. Tana va ruh 
munosabatiga har xil yondashish 
 
V-VIII asr 
Ruh haqidagi fanning falsafiy 
ta’limoti doirasida tibbiy bilimlar 
asosida rivojlanishi 
Tomistik psixologiyaning paydo bo‘lishi 
 
XV-XVI asr 
Ruh haqida fanning anatomik-
fiziologik bilimlar asosida 
rivojlanishining davom ettirish 
Tadqiqot ob’ekti sifatida ruhni inkor etish, 
«Psixologiya» terminining kiritilishi 
Psixologiyaning mustaqil fan sifatida rivojlanishi 
Xronologiya 
Bosqichning mazmuni 
Yakuniy natijasi 
 
XIX asr boshidan 
XIX asrning 
60-yillarigacha 
Psixologiya mustaqil fan 
ekanligini ta’kidlovchi ilk 
bilimlarning paydo 
bo‘lishi 
Asab tizimi va sezgi organi faoliyatini 
eksperimental metod bilan o‘rganila 
boshlashi psixofizika va 
psixogeometriyaning paydo bo‘lishi, sezish 
va idrok etish nazariyalarining kashf etilishi 
XIX asrning 
60-yillaridan XIX 
asrning oxirigacha 
Psixologiyaning bevosita 
mustaqil fan sifatida 
rivojlanishi 
Eksperemental metodlar psixologiyadan 
mustaqil o‘rin egallashi psixologiyada 
amaliy-empirk tadqiqotlarni paydo bo‘lishi 
fanda yangi tarmoqlarni vujudga kelishi 
20 asrning 
10-30-yillari 
Psixologiyada ochiq krizis 
(inqiroz) 
Chet el psixologiya maktablari
b
ixeviorizm 
30-50-yillar 
Inqirozning tugallanishi 
Yangi tarmoqlar: genetik psixologiya, shaxs 
psixologiyasining paydo bo‘lishi, yangi 
maktablar, neobixeviorizm, neofreydizmning 
vujudga kelishi 
60-yillar 
Yangi nazariy va amaliy 
qidirish 
Yangi yo‘nalish: gumanistik psixologiya, 
logopediya, kognitiv psixologiyaning paydo 
bo‘lishi, psixologiya predmetini tahlil 
qilinishi, ongsizlik masalasiga katta e’tibor, 
sotsial psixologiya masalalarini 
chuqurlashtirish
Umuman, psixologiya faning rivojlanishida juda ko‘plab olimlarning tadqiqot ishlari muhim 
ahamiyat kasb etadi.
Tarixiy tadqiqotlardagi eng muhim tamoyil − tarixiylik tamoyilidir. Bu tamoyil 
tadqiqotchidan o‘rganilayotgan hodisaning shu davrning hamma o‘ziga xosliklari, ijtimoiy-
madaniy aloqalari, uning butun konkret mazmuni bilan birga o‘rganib, o‘rganiladigan hodisaning 
qaytarilmasligi va noyobligini ko‘rsata olishni talab qiladi. 


Tarixiylik tamoyilining tuzilishi prezentizm va antikvarizmda namoyon bo‘ladi. Prezentizm 
− tarixiy tadqiqotni o‘rganilayotgan davrdan faqatgina hozirgi zamon tasavvurlariga mos bo‘lgan 
ko‘rinishlarinigina ajratib olib o‘rganish bilan cheklanishdir. Antikvarizm − aksincha
,
tarixiy 
o‘tmishni hozirgi zamon talablariga bog‘liq bo‘lmagan, qotib qolgan hodisa sifatida o‘rganadi. 
O‘tmish hodisalarni tasvirlashdagi har qanday bir yoqlamalik, sxematizm tarixiylik tamoyilidan 
chekinishdir. Shu bilan tarixiy tadqiqotlar o‘rganilayotgan hodisalarning umumiy qonuniyatlarini 
topishni talab qiladi. Bu talabni bajarishni asosan mantiqiylik va tarixiylikning birligiga tayanish 
ta’minlaydi. Bu tamoyilga ko‘ra
,
tarixchi o‘tmish hodisasini shunchaki tasvirlab qo‘ymay, balki 
uni nazariy jihatdan tasavvur eta olishi kerak, ya’ni bu hodisalarda qandaydir doimiylikni topa 
olishi kerak. Tarixiy psixologik g‘oyalarni ijtimoiy, siyosiy yo‘nalishni g‘oyaviy mohiyatini 
aniqlashni talab qiladi. Bunday yondashish ilmiy konsepsiyalarning jamiyatdagi ijtimoiy rolidan 
ajratib o‘rganuvchi ob’ektivizm va sub’ektivizmdan farq qiladi.
Tarixiy psixologik tadqiqotlarda M.G. Yaroshevskiy ta’kidlaganidek, determinizm − 
sababiylik tamoyili katta ahamiyatga ega. Uning fikricha, tarixda determinizmning ko‘plab turlari 
paydo bo‘lgan. Mexanikadan oldin, mexanik, biodeterminizm, psixodeterminizm, 
sotsiodeterminizm. Bularning har biri psixik hodisalar o‘z-o‘zidan paydo bo‘ladi, deb talqin 
qiluvchi indeterminizmga qarshi turadi (Yaroshevskiy M.G. - 1980). 

Download 288.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling