1-Mavzu: psixologiya fan sifatida. (2 soat) Reja


Psixologik tizimlar supernazariya sifatida


Download 288.47 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/18
Sana31.01.2024
Hajmi288.47 Kb.
#1817761
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
12645 1 8C369010F633443A384A783F962A386B3981C312

Psixologik tizimlar supernazariya sifatida. Psixologiyani rivojlantirishda olimlar alohida 
bir xususiyatni aniqlab, uning faktini va xarakteristikasini tasvirlash bilan birga tizimlar 
to‘g‘risidagi tushunchani kiritish kerak, deb hisoblashdi. Psixologik tizimlar “supernazariya” deb 
nomlanadi. Ularning paydo bo‘lishini bir qator mualliflar psixologiyaning g‘oyaviy yetilmaganligi 
bilan bog‘laydilar.
Paradigmal yondashish. Kun Tomas “Ilmiy revolyusiyalar strukturasi” kitobida 
ko‘pchilikni o‘ziga jalb qilgan ilmiy g‘oyalarni tabiiy harakati tizimini ko‘rsatdi, unda harakat bir 
necha davrga bo‘lingan. Boshlang‘ich davrda ba’zi omillar chegarasi, muammosi usulida umumiy 
kelgani yo‘q. Ammo fan ong yuqori yetilish darajasiga borganda paradigma paydo bo‘ladi, bu 
paradigmani aktual ilmiy amaliyotini umumqabul qilgan namunasi deb taniladi. Paradigma
,
Kun 
Tomasning aytishicha, yetarli kuchga ega, shuning uchun uzoq vaqt olimlarning aqlini asir qiladi, 
olimlarning alternativ yo‘nalishlarini axtarishda adashtiradi. Pedagogika o‘zga qonunlarni, 
g‘oyaviy xulosalarni va ularning yangi masalalarini kiritadi. Ma’lum muddat shu fan bo‘yicha 
ishlamayotganlar ushbu paradigmaga amal qilib keldilar. To‘g‘ri kelmaydigan fikrlarni e’tirof 
etadilar yoki shu qonunga moslashtiradilar.
Klassik bixeviorizm (psixologiya predmetini stimullarga harakat reaksiyasi deb hisoblovchi) 
“proksimal stimullar − proksimal reaksiyalar” bog‘lanish bilan chegaralanadi (a-A). Freydizm 
organizmni uzoq o‘tmishga bog‘liqligi bilan chegaralanadi (S-0). Funksionalizm muhit 
ob’ektlarini ular bilan operatsiya qilish munosabatini nazarga oladi (v-A). Bu sxemani e’tiborga 
olib Brunevik har bir sanalgan nazariya butun jarayonni bir fragmenti deb hisoblaydi, ammo 
psixologiya tarixini anglash uchun Brunevik sxemasi talabga javob bermaydi: genetik sababi va 
nazariyalar buzilishini tushuntirib bermaydi. 
“Sistematologiya” daniyalik olim K. Madsen fanni o‘zini ilmiy analiz qilish kerakligini 
gapirib, psixologik nazariyalarini solishtirib o‘rganish kerakligini, uni “Sistematologiya” qilishni 
taklif qiladi. Nazariya deb, u shved faylasufi G.Gernebodan so‘ng “ilmiy matn” yoki fikrlash 
(yozma, og‘zaki), metonazariya deb - shu matnni nazariy analizini tushunamiz deydi. Matnni 
yaratganda bir necha darajani taklif qiladi: 
a) diskriptiv (tasvirlovchi); 
b) gipotetik (tushuntiruvchi);
v) metastrata, bunda matnning muallifi bilim, haqiqat, metod, model to‘g‘risida o‘z fikrini 
bildiradi. 
“Sistematologiya” asosiga Madsen “fikrlash ekanomikasini” qo‘ydi. Bu adashtiruvchi 
ishonch, chunki ko‘z bilan ko‘rilgan haqiqatni bildiradi, haqiqat ilmiy bilimning mazmunini 
tashkil qiladi, deb adashtiradi. Materialistik dialektika pozisiyasidan psixologik o‘rganishni ilmiy 
kategorial analiz qilish imkoniyati paydo bo‘ladi. Kategoriyalar − fikrni eng umumiy buzilmas, 
o‘zaro bog‘langan ish tashkilotchilari hisoblanadi. Ular haqiqatni faol tasvirlanishidir. Falsafiy 
kategoriyalar ilmi (forma va mazmun, son, sifat va boshqalar) grammatik kategoriyalarga o‘xshab 
uzoq tarixga ega. 

Download 288.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling