1-mavzu. Psixologiya fanining tarixi, predmeti va yo`nalishlari


Download 1.52 Mb.
bet7/101
Sana04.02.2023
Hajmi1.52 Mb.
#1165047
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   101
Bog'liq
psixalogiya maruzalar to\'plami

Tibbiyot psixologiyasi asoslarini tadqiq etgan klinisist psixologlar (V.M.Bexterov, S.P.Botkin, S.S.Korsakov, A.R.Luriya, V.N.Myasishchev va boshqalar) tadqiqotlarining kishi xulq-atvorida psixikaning qanday rol o`ynashini aniqlashdagi o`rni kattadir. Psixologiya va tibbiyotning tutashgan joyida bo`lgan tibbiyot psixologiyasi psixologiya fanining yutuqlarini kasalliklarning oldini olish bilan bog`liq masalalarni o`rganishda qo`llab kelayotir. Kasallikning zo`rayishi bir tomondan psixik omillarga (tushkunlikka berilish vasvasaga tushush, hadiksirash va shu kabilarga) bog`liq bo`lsa, ikkinchidan dardning o`zi ham, jumladan terapevtik muolajaning samaradorligini pasaytirib yuborishi mumkin bo`lgan alohida psixik holatlarni keltirib chiqaradiki, bu hol vrach va psixologning kuch-g`ayratlari birlashtirilishini zarurat qilib qo`yadi.
Yuqoridagilardan shuni xulosa qilish mumkinki, psixologiya tibbiyot, tabiatshunoslik fanlari bilan chambarchas bog`liq bo`lib, ular bir-birini nazariy va amaliy bilimlar bilan boyitib boradi.
Umumiy psixologiyani bu sohalar bilan bir qatorda qo`yish noto`g`ri chunki, umumiy psixologiya inson ruhiyatining umumiy qonunlarini turlarini metodologik va nazariy tamoyillari asosida o`rganish bilan shug`ullanadi.
Albatta, bugungi kunda psixologiya fani ko`plab fanlar bilan uzviy bog`liqdir. Buni psixofizika, psixofiziologiya, psixolingivistika, matematik psixologiya va hokazolar misolida ko`rish mumkin. Akademik B.M.Kedrovning klassifikasiyasi bo`yicha barcha fanlar 3 guruhga bo`linadi: gumanitar, falsafiy va tabiiy fanlar. Psixologiya faniga to`xtaladigan bo`lsak: B.M.Kedrov fikricha, bu katta uch guruhdan fanlar tizimida psixologiya mustaqil fan sifatida namoyon bo`ladi, hamda u inson psixik faoliyatini tabiiy- tarixiy va ijtimoiy tomonini o`rganadi.

    1. Psixologiya fanining taraqqiyoti tarixi. Psixologiya fanining yirik ilmiy yo`nalishlari va maktablari. Psixologiya predmetmi to`liq bayon etish psixologiya fanining o`zini ko`rib chiqishni taqazo etadi.

«Psixologiya» so`zi birinchi marta 1590 yilda nemis teolog olim R. Goklenius tomonidan qo`llanilgan edi. XVIII asrda esa nemis olimi X Volf birinchi marta ilmiy atamalar qatoriga «psixologiya» atamasini kiritdi. U dastlabki yirik ilmiy-psixologik asarlar: «Empirik psixologiya» (1732) va «Ratsional psixologiya» (1734) ni yaratdi.
Psixologiya - ham qadimiy, ham ma`hun darajada yangi fan. Qadimiy fan sifatida u ikki ming yil awal paydo bo`lgan.
Psixika haqidagi dastlabki ilmiy tasawurlar qadimgi dunyo (Hindiston, Xitoy, Misr, Bobil, Yunoniston) da falsafa bag`rida paydo bo`lgan va jamiyatdagi amaliyot, davolanish va tarbiya ehtiyojlaridan kelib chiqqan edi.
XIX asrning 70-80-yillarida psixologiya mustaqil fan sifatida ajralib chiqdi. Ilmiy psixologiyaning, xususan, eksperimental psixologiyaning asoschisi sifatida 1879 yilda Leyptsig shahrida dunyoda birinchi bo`lib eksperimental psixologik laboratoriyani ochgan nemis tadqiqotchisi V. Vundt tan olingan. Bunga mos ravishda ushbu yil psixologiyaning fan sifatida yuzaga kelgan sanasi bo`lib hisoblanadi. Dastlab eksperimental psixologiyaning asosiy mavzulari sifatida sezgilar va ta`sirlanish vaqti (F. Donders), keyinchalik esa -assotsiatsiyalar (G. Ebbingauz), diqqat (Dj. Kettel), bissiy holat (U. Djeyms, T.A. Ribo), ong va iroda (Vyurtsburgskaya shkola, A. Bine) xizmat qildi.
XX asrning birmchi yarmida amaliy psixologiyaning ko`plab maxsus bo`limlari yuzaga keldi - bu mehnat psixologiyasi, pedagogik psixologiya, tibbiyot psixologiyasi va boshqalar, shu bilan bir qatorda ilmiy psixologiyaning ko`plab maxsus sohalari - psixofiziologiya, oila, yosh, differentsial psixologiya va boshqalar ajralib chiqdi. Ilmiy amaliy psixologiya turli yo`nalishlar bo`yicha rivojlanib bordi, inqiroz ma`lum darajada bartaraf etilgan bo`lsada, ko`plab masalalar hal etilmagan edi.
XX asrning ikkinchi yarmida ilmiy-texnik inqilob psixologiyaga katta ta`sir ko`rsatdi. Fanda matematika, kibemetika, informatika nazariyalari metodlari, shuningdek, elektron-hisoblash texnikasi kengroq qo`llanila boshladi. Psixologiya tibbiyot va biologiya sohalaridagi eng so`nggi yutuqlardan faol tarzda foydafana boshladi.
Shunday qilib, psixologiya rivojlanish yo`lida uzoq tarixiy yo`lni bosib o`tgan holds, o`rganish predmeti va fan sifatidagi nomlanishini o`zgartirib bordi. L.D. Stolyarenko psixologiyaning fan sifatidagi rivojlanishini to`rt bosqichga ajratadi.

Download 1.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling