1-mavzu. Psixologiya fanining tarixi, predmeti va yo`nalishlari
Download 1.52 Mb.
|
psixalogiya maruzalar to\'plami
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uchinchi bosqich.
- O.Kyulpe
- X.Erenfels
- V.Kyoler M.Vertgaymer, K.Dunkerlarning
- Dj.Uotson
Birinchi bosqich. Psixologiya - ruh haqidagi fan (Arastu). Psixologiyaning bunday ta`rifi ikki ming awal keltirilgan edi. Ruhning mavjudligi bilan inson hayotidagi barcha noma`lum hodi salami tushuntirib berishga urinar edilar.
Ikkinchi bosqich. Psixologiya - ong haqidagi fan (R. Dekart, B. Spinoza, D. Lokk, G. Leybnits, D.Gartli). XVII asrda tabiiy fanlar rivoji bilan yuzaga keldi. Fikrlasb, sezish, xohishga bo`lgan layoqat ong deb ataldi. O`rganishning asosiy metodi bo`lib, insonning o`zini kuzatishi va voqelikni bayon etishi hisoblanar edi. Uchinchi bosqich. Psixologiya xulq-atvor haqidagi fan sifatida XX asrda paydo bo`ldi (D- Uotson, E. Torndayk). Psixologiyaning vazifalari - tajribalar qo`yish va bevosita ko`rish mumkin bo`lganlami, aynan, insonning xulq-atvori, harakatlari, ta`sirlanishga javoblarini kuzatish (harakatdami keltirib chiqaruvchi motivlar hisobga olinmas edi). To`rtinchi bosqich. Psixologiya ob`ektiv qonuniyatlami, psixikaning faoliyat va ifodalanish mexanizmlari, shuningdek, faktlami o`rganuvchi fan sifatida. Ilmiy yo`nalishlar va maktablar. Psixologiya fani taraqqiyotida nemis psixologiya maktabi muhim o`rinlardan birini egallaydi va asrimizning boshlarida Germaniyada Vyursburg psixologiya maktabi deb nomlangan yangi yo`nalishga ega bo`lgan psixologik oqim paydo bo`ldi. Mazkur yo`nalishning yirik vakillari sifatida O.Kyulpe (1862-1915), K. Byuller (1879-1922), A.Messer (1837-1937), Ax Narsis (1871-1946) va boshqalarni sanab o`tish lozim. Ular tomonidan olib borilgan eksperimental tadqiqotlar tafakkur muammosining rivojiga ma`lum darajada hissa qo`sha oldi. Vyursburg psixologiya maktabi vakillari tafakkurni hissiy bosqichda turgan psixik jarayonlarga, ya`ni sezgi va tasavvurlarga ajratib o`rganishda rasional bosqichdagi murakkab jihatlardan mexanik ravishda vujudga keladi, deb tushuntirish mumkin emasligini eksperimental yo`l bilan isbotlashga harakat qildilar. Olib borilgan tadqiqotlarni o`zlarining ustilarida o`tkazib, natijalarni ob`ektiv bo`lishiga kamroq e`tibor berganlar. Vyursburg psixologiya maktabining namoyondalari tafakkur bu ichki harakat, aktidir deb qaray boshlaydilar. O`z-o`zini kuzatish metodidan foydalanib, ish tutishda ular mana bunday ifodaning ma`nosini tushuntirib berishlari lozim, tafakkur haddan tashqari mashaqqatliki, shunga qaramay ko`pchilik shunchaki hukm chiqarishni ma`qul ko`radilar. N.Ax tomonidan sun`iy tushunchalarning shakllanishi bo`yicha dastlabki metodika yaratildi. Mazkur nazariya vakillari tafakkurni munosabatlarning aks etishi bilan bog`lab, tafakkurni munosabatlarning birlamchi qarab chiqish, yoinki birlamchi ma`lumot berish manbai sifatida talqin qiladilar. Tafakkur taraqqiyoti masalasini ko`tarib chiqib, o`sishning fikrlarni faollashtirish orqali amaliy faoliyatdan tafakkurni mutlaqo ajratib qo`ydilar. Tafakkurni tadqiq qilishning asosiy metodi - bu o`z-o`zini kuzatish ekanligini tan oladi, xolos. Mazkur muammo gnoselogik nuqtai-nazardan olib qaralganda ushbu pozisiya idealizm izmiga kirib borayotganligini anglab olish unchalik qiyin emas. Vyursburg maktabi namoyondalari tafakkurni alohida mustaqil bilish faoliyati sifatida aniq ko`rsata bildi. Biroq tafakkurni amaliyotda nutqdan va hissiy obrazlardan qat`iy ajratib tashladilar. Vyursburg psixologiya maktabi namoyondalaridan biri O.Zels tafakkurni intellektual operasiyalar harakati sifatida qabul qilgan. U o`z oldiga fikr yuritish faoliyatining u yoki bu jihatlari qay yo`sinda shakllanishini kuzatish, intellektual faoliyat bosqichlarini ko`rsatish aqliy faoliyatning produktiv va reproduktiv ko`rinishidagi ziddiyatlarni bartaraf qilish vazifasini qo`ydi. O.Zels masala yechish jarayonini o`rganishda umumiylikka ega bo`lgan masalani vujudga keltirish bosqichlariga alohida e`tibor berib, elementlar bilan predmetlar munosabatini ajratib ko`rsatadi. Buning natijasida muammo kompleksi namoyon bo`ladi. Kompleks o`z ichiga ushbu jihatlarni qamrab olishi nazarda tutilgan: a) ma`lumning tavsifnomasini bo`laklarga ajratish; b) qidiriluvchi noma`lumning o`rnini aniqlash; v) noma`lum qidiriluvchi bilan ma`lum o`rtasidagi munosabatlarni ajratib ko`rsatish. Germaniyada psixologiyaning geshtaltpsixologiya yo`nalishi vujudga keldi. Uning, ko`zga ko`ringan namoyondalari qatoriga X.Erenfels (1859-1932), V.Keler (1887-1967), K.Kofka (1886-1941) va boshqalar kiradi. Geshtaltchilar fikriga qaraganda, har bir psixik hodisaning mazmuni uning tarkibiga kiruvchi qism va elementlarni birgalikda aks ettirishdan ko`lam jihatidan keng, mazmun jihatidan rang-barangdir. Geshtaltchilarning aksiomatik xarakterga ega bo`lgan ushbu tezislari mazkur ta`limot g`oyasini ochib berishga xizmat qiladi, alohida olingan qism va elementlarning yig`indisi yaxlit tuzilish mazmunini belgilab bera olmaydi, aksincha yaxlit tuzilma qism va elementlarning xususiyatlari va xossalarini belgilab berishga qurbi yetadi. Geshtaltpsixologiyaning markaziy nazariyasi har qanday psixologik jarayonlarning bosh mohiyati ularning sezgilarga o`xshash alohida elemetlari emas, balki konfigurasiya shakl yoki geshtaltchilarning yaxlit yaratishidan iborat. Geshtaltpsixologiyada tafakkur muammosining tadqiqoti keng qamrovli tarzda olib boriladi. Jumladan, V.Kelyor antropoidlarning intellektual harakatlarini eksperimental o`rganish natijasida yuqori darajada taraqqiy qilgan maymunlarning aqliy harakatida inson harakatiga xos o`xshashlik borligi to`g`risida xulosa chiqaradi. V.Kyolrening fikricha, topshiriqni yechish mexanizmi quyidagilardan iborat: organizmning optik maydonidagi vaziyatlarning muhim elementlari bir butunlikni, ya`ni vaziyat elementlariga, geshtalt ichiga kirib, geshtaltda qaysi joyni egallashga bog`liq ravishda yangi ahamiyat kasb etadi. Vaziyatning muhim elementlaridan namoyon bo`luvchi geshtaltchilar muammosi vaziyatda organizmda ba`zi bir zo`riqishlar ta`sirida vujudga keladi, topshiriqni yechish muammoli vaziyatning qismlari yangi geshtaltda yangi munosabatda idrok qilina boshlaganida tugallanadi. Masalani yechish aniq qadamlarni yuzaga keltiruvchi geshtalt sifatida maydonga chiqadi. Geshtaltchilar tafakkur psixologiyasining qator muammolarini ko`tarib chiqadilar, chunonchi ijodiy tafakkurning o`ziga xosligi, tafakkur jarayonida yangilikning vujudga kelishi, bilimlar bilan tafakkur nisbati, topshiriqni bajarish jarayonida asta-sekin va birdaniga yechish yo`lini qo`llash kabilar. Tafakkurni psixologik o`rganishda funksional rivojlanish g`oyasini amaliyotga tadbiq qilish ham ma`lum darajada geshtaltpsixologiya namoyondalarining xizmati hisoblanadi. Shunga qaramasdan V.Kyoler M.Vertgaymer, K.Dunkerlarning eksperimental tadqiq otlari tafakkurning asosiy mexanizmlaridan biri bo`lgan predmetlarni yangi aloqalar va munosabatlarga fikran jihatini ochishni aniqladilar. Ammo ular ham mazkur muammoli vaziyatda individning amaliy va nazariy aqliy faoliyatlari rolini mutlaqo tan oladilar. Amerika psixologiyasida vujudga kelgan bixeviorizm yoki xulq psixologiyasi oqimi o`tgan asrning oxirlaridan boshlab hukm surib kelmoqda. Bixeviorizm oqimining asoschilari amerikalik psixologlar Dj.Uotson (1878-1958) va E.Torndayk. (1871-1949) lardir. Keyinchalik bular qatoriga K.Levin (1890-1957) A.Vays (1974-1931) va boshqalar kelib qo`shiladilar. Ma`lum davrgacha mazkur oqim psixologiya olamida dominantlik rolini o`ynaydi. hozirgi davrda bu oqim bir necha mustaqil psixologik maktablarga ajralib ketgan. Lekin ularning mohiyatida bixeviorizm nafasi urib turadi. hammasi uchun umumiy formula S-R, ya`ni stimul-reaksiya xizmat qilib kelmoqda. Download 1.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling