II- davr Psixologiyaning mustaqil fan bo‘lib rivojlanishi
Xronologiya
|
Bosqichning mazmuni
|
Natija
|
XIX asr boshidan XIX asrning 60‑yillarigacha
|
Psixologiya mustaqil fan ekanligini ta’kidlovchi ilk bilimlarning paydo bo‘lishi.
|
Nerv sistemasi va sezgi organi faoliyatini eksperemental metod bilan o‘rganila boshlashi psixofizika va psixogeomet-riyaning paydo bo‘lishi, sezish va idrok etish teoriyalarining kashf etilishi
|
XIX asrning 60‑yillaridan XIX asrning oxirigacha
|
Psixologiyaning bevosita mustaqil fan sifatida rivojlanishi
|
Eksperemental metodlar psixologiyadan mustaqil o‘rin egallashi psixologiyada amaliy tadqiqotlarni paydo bo‘lishi fanda yangi tarmoqlarni vujudga kelishi
|
20 asrning 10‑30‑yillari
|
Psixologiyada ochiq krizis /inqiroz/
|
Chet el psixologiya maktablari
|
20 asrning 30‑50‑yillari
|
Inqirozning tugallanishi
|
Yangi tarmoqlar: genetik psixologiya, shaxs psixologiyasining paydo bo‘lishi, yangi maktablar, neobixeviorizm, neofreydizmning vujudga kelishi
|
20 asrning 60‑yillari
|
Yangi nazariy va аmaliy yo‘nalishlarni qidirish
|
Yangi yo‘nalish: gumanistik psixologiya, logopediya, kognitiv psixologiyaning paydo bo‘lishi, psixologiya predmetini tahlil qilinshi, ongsizlik masalasiga katta e’tibor, sotsial psixologiya masalalarini chuqurlashtirish
| Psixologiya tarixi fanining yirik ilmiy yo‘nalishlari va maktablari - Psixologiya termini XVI-asrda paydo bo‘lib, XVIII-asr o‘rtalaridan keng ishlatila boshlandi. XIX-asrdan psixologiya mustaqil fan sifatida shakllandi. Biroq insoniyat psixikasini (ruxiyatini) o‘rganishga juda qadim davrlardanoq xarakat qilingan.
- XX asr boshlarida bixeviorizm, freydizm yo‘nalishlari vujudga kelgan edi. Bixeviorizm yo‘nalishi hayvonlarda o‘tkazilgan kuzatishlar natijasiga asoslangan bo‘lib, uning namoyondalari E.Torndayk va Dj.Uotsonlar hisoblanadi. “Bixeviorizm” ingliz tilida “hulq-atvor” degan ma’noni bildiradi. Bu oqim psixika va ongni inkor qilib, hulq bilan tashqi muhit o‘rtasidagi munosabatlarni, qonuniyatlarni tekshirishni taklif qiladi. Ularning fikricha, psixologiyaning vazifasi stimulga (qo‘zg‘atuvchi), ya’ni sezgi a’zolariga ta’sir qilayotgan qo‘zg‘atuvchiga o‘q otish, unga qanday javob reaksiyasi bo‘lishini, yoki bunday reaksiyani qanday stimul tug‘dirishini oldindan aytib bera olishdan iborat. Bixevioristlarning formulasi «S-R» dir.
Do'stlaringiz bilan baham: |