1 mavzu: Psixologiyaning predmeti


Download 0.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/99
Sana18.11.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1786120
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   99
Bog'liq
1 mavzu Psixologiyaning predmeti

5. Jamoadagi moslik 
Shaxs boshqa kishilar bilan munosabatga kirishar ekan, u o`zining fe`l - atvori va xatti -harakatlarini 
boshqalarning xatti - harakatlari bilan uyg`unlashtirib olib borishi, ya`ni har bir shaxs jamoa a`zolari bilan 
sig`ishishi kerak. Buning uchun shaxs boshqa a`zolarni chug`ur o`rganishi lozim. Jamoadagi shaxslararo 
munosabatlarni, ya`ni shaxslarning bir - birlariga yordam berishlarini, do`stlashishi, janjallashishi, 
yarashishlarini o`rganib chiqish kerak bo`ladi. Jamoadagi munosabatlarni o`rganish rahbarlik qilish 
imkoniyatini tug`diradi. Shaxs jamoada boshqalarga mos keladigan bo`lsa, uning xulq - atvori va 


harakatlari boshqalarda ijobiy reaktsiya tug`diradi. Psixologik jihatdan sig`ishmaydigan bo`lsa, uning fe`l 
- atvori, harakatlari boshqalarda salbiy reaktsiya tug`diradi. Psixologik jihatdan sig`ishmaydigan kishilar 
jamoada uzoq vaqt qololmaydilar. Shaxsning jamoa bilan moslasha olmasligiga bir necha sabablar 
bo`lishi mumkin. Masalan: yagona bir maqsadning bo`lmasligi, shaxsda salbiy xislatlarning bo`lishi, 
takabburlik, ezmalik, o`zini tuta olmaslik kabilar. Guruh ongi bilan guruhiy moslik bir - biri bilan bog`liq 
tushunchalardir. Jamoa va guruhiy moslik fiziologik , psixologik bo`lishi mumkin. Masalan, jismoniy 
jihatdan zaif bo`lgan yigit bilan sog`lom, kuchli yigitga bir xil ish topshirilsa ularda fiziologik nomoslik 
kuzatiladi. YOshi turli xil o`quvchilarda bir xil masala echish topshirilsa psixologik jihatdan nomoslikni 
keltirib chiqaradi. 
Jamoa va guruhdagi moslik shaxslarning bir qator xususiyatlariga bog`liq. Bunday xususiyatlar 
jismoniy, ya`ni bo`yning balandligi, muskul kuchiga bog`liq. SHuningdek, idrok, diqqat, tafakkur, iroda 
xususiyatlariga ham bog`liq bo`ladi. Masalan, guruh a`zolaridan biriga yoqadigan musiqa boshqasiga 
yoqmasligi mumkin. Oilada er va xotinning xarakteri mos bo`lishi kerak. 
Psixologik moslik deganda guruh a`zolari sifatlari va qarashlarining aynanligi emas, balki ular ayrim 
sifatlarining mos kelishi, qolganlarining tafovut qilishi nazarda tutiladi. Bundan tashqari fanda 
psixofiziologiya va ijtimoiy psixologik moslik ham farqlanadi. Birinchi holatda faoliyat jarayonida 
odamlarning bir xil va mos tarzda harakat qila olishlari, ish ritmi va tezligidagi uyg`unliklar nazarda 
tutilsa, ikkinchisidan ijtimoiy xulqdagi moslik - ustanovkalar birligi, ehtiyoj va qiziqishlar, yo`nalishlar 
birligi nazarda tug`iladi. Birinchi xil moslik sanoat korxonalari xodimlarida samarali bo`lsa, oliygoh 
o`qituvchilari, ijodiy kasb egalarida ijtimoiy psixologik moslikning ahamiyati katta. 

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling