6. Guruh va jamoadagi ruxiy muhit
Ijtimoiy psixologik muhit deganda, o`sha guruhning a`zolari fikrlari, hissiyotlari, dunyoqarashi,
ustanovkalar va o`zaro munosabatlaridan iborat bo`lgan emotsional - intellektual holatni tushunamiz. Bu
o`rindagi asosiy omil a`zolarning o`zaro munosabatlaridir. Ma`lumki, o`zaro munosabatlar ish yuzasidan,
faoliyat maqsadlari va mazmuni bilan hamda bevosita bir - birlarini yoktirish – yoqtirmaslikka asoslangan
insoniy emotsional hissiyotlar ko`rinishida bo`lishi mumkin. Professional faoliyatni bajarish jarayonida
birinchi tipli munosabatlar ustun bo`lib, ikkinchilarining xarakterlari birinchisidan kelib chiqadi. Do`stlar
to`plangan davradagi muhit esa bevosita simpatiyalarga tayanadi. Jamiyatdagi barcha nizolar,
muammolarning echish usullaridan biri insonlar o`rtasidagi munosabatlarni o`rganish va shunga ko`ra
jamiyatdagi o`zgarishlarni amalga oshirishdir.
Mavzu yuzasidan test savollari:
1. Liderning obro`si nimalarga bog`liq?
a) lider boshqalarning o`rniga “o`zini qo`yib ko`rsa”;
b) unga nisbatan bo`lgan xodimlarning, hamkasblarning munosabatlariga (hurmat qilishlari, sevishlari);
v) ikkalasi ham to`g`ri.
2. Konformlilik nima?
a) moslashish; b) uddaburonlik; v) kelishuvchanlik.
Mavzu yuzasidan nazorat savollari:
1. Sнartli guruh a`zosi bir paytda boshqa guruh a`zosi bo`lishi mumkinmi?
2. Guruh turlarini sanang.
3. Jamoa eng uyushgan guruh bo`lsa, uyushgan banda ham jamoa bo`lishi mumkinmi?
4. Lider rahbar bo`lishi yoki rahbar bir paytning o`zida lider bo`lishi mumkinmi?
5. Norasmiy lider rasmiy liderdan qanday farq qiladi?
Muammoli vaziyat:
1. Rahbarni hurmat qilish kerak, shundagina jamoada ruxiy muhit yaxshi bo`ladi, birgalikdagi faoliyat
samarali bo`ladi.
2. Rahbar qo`l ostidagi xodimlarining mavqeidan foydalansagina jamoa a`zolarining birgalikdagi ish
faoliyatlari samarali bo`lib, ruxiy muhit yaxshilanadi. YUqoridagi holatlardan qaysi biri sizningcha
to`g`ri?
Do'stlaringiz bilan baham: |