1-mavzu. Pul mablag‘lari va hisob-kitoblar hisobi Mavzu rejasi


 Bankdagi boshqa maxsus schyotlar va ulardagi mablag‘lardan foydalanish


Download 0.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/11
Sana09.09.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1674933
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
6. Bankdagi boshqa maxsus schyotlar va ulardagi mablag‘lardan foydalanish 
O‘zbekiston Respublikasi hududi va chet mamlakatlardagi akkreditivlar, chek 
daftarchalari, boshqa to‘lov hujjatlaridagi (veksellardan tashqari) pul mablag‘larining 
mavjudligi va harakati to‘g‘risida, shuningdek, maqsadli moliyalashtirish (tushumlar) pul 
mablag‘larining alohida saqlanadigan qismining harakati to‘g‘risidagi axborotlarni 
umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi: 
5510-“Akkreditivlar”; 
5520-“Chek daftarchalari”; 
5530-“Boshqa maxsus schyotlar”. 
5510-“Akkreditivlar” schyotida akkreditivdagi pul mablag‘lari hisobga olinadi. 
Akkreditivga pul mablag‘larini o‘tkazish 5510-“Akkreditivlar” schyotining debetida va 
5110-“Hisob-kitob schyoti”, 5210-“Mamlakat ichidagi valyuta schyotlari”, 5220-“Chet 
eldagi valyuta schyotlari” va boshqa schyotlarning kreditida aks ettiriladi. 
5510-“Akkreditivlar” schyoti bo‘yicha akkreditivga hisobga olingan pul mablag‘lari 
ularning ishlatilishi bo‘yicha (bank ko‘chirmalariga asosan), 6010-“Mol yetkazib 
beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar”ning debetiga hisobdan chiqariladi. 
Akkreditivdagi ishlatilmagan mablag‘lar, bank tomonidan ular qaysi schyotdan o‘tkazilgan 
bo‘lsa, shu schyotlarga qayta tiklanganda 5510-“Akkreditivlar” schyotining krediti, 5110-
“Hisob-kitob schyoti”, 5210-“Mamlakat ichidagi valyuta schyotlari”, 5220-“Chet eldagi 
valyuta schyotlari” va boshqa schyotlar bilan bog‘langan holda aks ettiriladi. 
5510-“Akkreditivlar” schyoti bo‘yicha analitik hisob korxona tomonidan qo‘yilgan 
har bir akkreditiv bo‘yicha alohida yuritiladi. 
5520-“Chek daftarchalari” schyotida chek daftarchalaridagi pul mablag‘larining 
harakati hisobga olinadi. Chek daftarchalarini berishda pul mablag‘larini deponentlash 
5520 “Chek daftarchalari” schyotining debeti va 5110-“Hisob-kitob schyoti”, 5210-
“Mamlakat ichida valyuta schyotlari”, 5220-“Chet eldagi valyuta schyotlari”, 6810-“Qisqa 
muddatli bank kreditlari” va boshqa schyotlarning kreditida aks ettiriladi. Korxona 
tomonidan berilgan cheklarning to‘lovi doirasidagi summa 5520-“Chek daftarchalari” 
schyotining kreditidan xarajat va qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar bilan bog‘langan 
holda hisobdan chiqariladi. Chek bilan berilgan, lekin bank tomonidan to‘lanmagan 
(to‘lovga taqdim etilmagan) summa 5520-“Chek daftarchalari” schyotida qoladi va ushbu 
5520-“Chek daftarchalari” schyotining qoldig‘i bank ko‘chirmalari bilan mos kelishi 
lozim. Bankka qaytarilgan cheklarning (foydalanilmay qolgan) summasi 5520-“Chek 
daftarchalari” schyotining kreditida 5110-“Hisob-kitob schyoti”, 5210-“Mamlakat ichida 
valyuta schyotlari”, 5220-“Chet eldagi valyuta schyotlari” va boshqa schyotlar bilan 
bog‘langan holda aks ettiriladi. 
Kreditor korxonalar bilan hisob-kitob qilish uchun korxona xodimlariga 
hisobdorlikka berilgan chek daftarchalaridagi mablag‘larning harakati ustidan nazorat 
tezkor ravishda yuritiladi. 
5520-“Chek daftarchalari” schyoti bo‘yicha analitik hisob har bir olingan chek 
daftarchalari bo‘yicha yuritiladi. 
5530-“Boshqa maxsus schyotlar”da bankda maxsus saqlanadigan maqsadli 
moliyalashtiriladigan (tushumlar) mablag‘lar, shu jumladan ijtimoiy muassasalar
ob’ektlar (bolalar bog‘chasi va boshqalar)ni saqlash uchun ota-onalardan, o‘zga 
foydalanuvchilar va boshqa manbalardan kelib tushgan pul mablag‘lari; korxonaning 


talabiga ko‘ra alohida schyotda yig‘iladigan va sarflanadigan kapital qo‘yilmalarni 
moliyalashtirish mablag‘lari; davlat idoralarining subsidiyalari va shu kabilarning harakati 
hisobga olinadi. 
Korxonaning ajratilgan bo‘linmalarga bankda joriy xarajatlarni (mehnat haqi, alohida 
xo‘jalik xarajatlari, xizmat safarlari va shu kabilar) amalga oshirish uchun ochilgan joriy 
schyotlarda ushbu ko‘rsatilgan mablag‘larning harakati alohida schyotda aks ettiriladi. 
5530-“Boshqa maxsus schyotlar” bo‘yicha analitik hisobni tashkil etish O‘zbekiston 
Respublikasi hududi va chet eldagi boshqa maxsus schyotlardagi pul mablag‘larining 
naqdligi va harakati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatini ta’minlashi lozim. 

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling